1
2
MUNDARIJA
KIRISH
3
I BOB.
ADABIY MA’LUMOTLARGA KO’RA
MUAMMONING O’RGANILISH XOLATI
5
1.1.
Dastlabki o’rgatish bosqichida harakatli o’yinlarni o’tkazish
uslubiyati
6
1.2.
Harakatli o’yinlarning jismoniy sifatlarning rivojlanishiga
ta’siri.
18
1.3
Basketbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini
rivojlantirishda harakatli o‘yinlarining o‘rni
22
1.4
13-14 yosh basketbolchilarning chidamliligini rivojlantirish 26
1.5
Harakatli o’yinlarning jismoniy sifatlarning rivojlanishiga
ta’siri.
34
II BOB
TADQIQOTNING VAZIFALARI USLUBLARI VA
TASHKIL ETILISHI
51
2.1.
Tadqiqotning vazifasi
51
2.2.
Tadqiqotning uslublari
51
2.2.1.
Uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlar tahlili va
ularni umumlashtirish.
51
2.2.2
Pedagogik kuzatuv
51
2.2.3.
Pedagogik testlash.
52
2.2.4.
Pedagogik tajriba va nazorat.
52
2.2.5.
Matematik statistika uslublari.
52
2.3.
Tadqiqotning o’tkazilishi
52
III BOB TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING
MUHOKAMASI
54
3.1.
13-14 yoshdagi basketbolchilarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishda
xarakatli
va
estafetali
o’yinlarining
tajribasini o’rganish natijalari
54
3.2.
13-14 yoshdagi basketbolchilarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishda xarakatli va estafetali o’yinlarining
samaradorligi sifatini darajasi
57
XULOSALAR
59
ADABIYOTLAR RO’YXATI
60
3
KIRISH
Mamlakatimiz spоrtini rivоjlantirish sоhasida tubdan o’zgarishlar amalga
оshirilmоqda. Davlatimiz jismоniy tarbiya va spоrtning kеlajak avlоdni sоg’lоm qilib
tarbiyalashdagi o’rnini hisоbga оlib spоrt ishlarini yanada takоmillashtirish, uning zamоn
talablari darajasida o’quv va mоddiy-tехnik bazasini yaratish хamda aхоlining spоrtga
bo’lgan qiziqishini оshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib
hayotga tadbiq etilmоqda.
Chunki spоrt millatning o’zligini anglashda uning aniq maqsadlari sari
jipslashuvida va birlashuvida, o’zidagi bоr salоhiyatini hamda millat sifatidagi qudrati
jahоn uzra namоyon bo’lib muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan оlib
qaraganda mamlakat spоrtini rivоjlantirish dоlzarb va nihоyatda muhim masaladir.
Zеrо, jismоnan baquvvat sоg’lоm va yoshlari ko’p bo’lgan millat qudratli bo’ladi,
uning davlati har tоmоnlama mustahkam bo’lib, buyuk taraqqiyot sari rivоjlanib
bоradi(1).
Mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoevning
Jismoniy tarbiya va ommabiy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risuda”gi qarorida mamlakatda aholsining, ayniqsa yosh avlodning jisminiy tarbiya
va ommaviy sport bilan shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar
yaratiganligi, iqdidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyolash, o’quvchi va
talabalar o’rasida tobora ommalashib borayotgan ”Umid niholari”, ”Barkamol mavlod”,
“Universiada” sport musobaqalari yishlarni ommaviysport tarziga oshno qilishning
samarali vositasiga aylangani takidlangan.(2.). “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
qonunda jismoniy tarbiya madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy
rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol
toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan
yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan
iborat bo‘lib, jismoniy tarbiyalash yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama etuk
hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga,
4
insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport
sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon ekanligi ko‘rsatilgan.(1,2)
Vatan va jamiyat sog’lom insonlarning ongli faoliyati natijasida ravnaq topadi.
Ayniqsa vatan taraqqiyotining kelajagi yosh avlod zimmasiga tushadi.O’zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, kelajak avlod xaqida
qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab kamol toptirishga etishtirish bizning
milliy xususiyatimizdir. (9)
Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning rang-barang yo’l yo’riqlari,
usullari mavjud bo’lib, uning omillari xam ko’p. Ayniqsa bolalarning bo’sh vaqtlarini
to’g’ri tashkil qilish, badan tarbiya, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullantirish, turli
tuman xarakatli o’yinlarni o’rgatish bilan ularnig jismoniy rivojlantirish muxumdir. Bola
tarbiyasining u tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.
Prezidentimiz shu muammoni davr talabi asosida hal qilishga e’tibor berib,
o’quvchilarnig bo’sh vaqtlarini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va
jismoniy tarbiya, turizm sportning boshqa milliy turlarini va shakllarini tiklash hamda
amaliyotga joriy etishdan iboratdir. Zero xarakatli o’yinlar, sport turlari bilan bir qatorda
sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lidagi muxum va zaruriy vazifalardan biridir (1,2,3,4,5.)
Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda o’z
xalqining, yoshlarining jismoniy va ma’naviy kamoloti bilan o’lchanadi. Hozirda
davlatlar o’rtasidagi o’zaro musobaqa, kuch-qudratini namoyon etish bellashuvi, asosan
ikki yo’nalishda- sport va jismoniy tarbiya hamda aql-zakovat, ya’ni intelektual faoliyat
sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy ta’bir bilan aytganda, xalqning jismoniy-
intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, bu borada tegishli zaxiralarni shakllantirish
XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda. (7,8)
YOsh sportchilarni ayniqsa viloyatda oxirgi o‘rinlarda kelayotgan basketbolchilarning
jismoniy sifatlari kasb maxoratining oshishi texnik-taktik tayyorgarliklari va basketbol
sport turiga bo‘lgan qiziqishni orttirish xam mavzu bugungi kunda dolzarbdir.
Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog’lom naslni, nafaqat jismoniy
baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog’lom, iymon - e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati
5
yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Sport yosh avlod ma’naviy
kamolotining garovidir. U yoshlar qalbida Vatanga, xalqqa muhabbatni kuchaytiradi.
O’zaro mehr – oqibat, do’stlik va hamjihatlik singari insoniy fazilatlarni yuksaltiradi.
Buyuk millatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qutqara oladi (7,8)
Bu haqiqatni chuqur va har tomonlama idrok etib, mamlakatimiz Prezidenti Islom
Abdug’anievich Karimov mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdan boshlab
yurtimizda sog’lom va barkamol avlod tarbiyasini davlat siyosatining eng muhim va
ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylantirish, bu borada o’ziga xos milliy tizim yaratish
chora tadbirlarini ko’rdi. Ana shu maqsadda istiqlolning dastlabki yilidayoq “Sog’lom
avlod uchun” xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi, onalar va bolalar salomatligini
mustahkamlash, sog’lom bola, sog’lom nasl uchun kurash yo’lida salmoqli qadamlar
qo’yildi. Birinchi davlat mukofotining “Sog’lom avlod uchun” ordeni deb atalgani bu
boradagi intilishlar qanchalik qat’iy va uzoq maqsadlarni ko’zlaganidan dalolat edi.
Muhimi shundaki, davlatimiz rahbari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish nafaqat bolalar va o’smirlarni, balki butun xalqni ommaviy sport
harakatiga jalb qila oladigan o’ziga xos samarali tizimni shakllantirish, sog’lom va
barkamol avlodni voyaga etkazish ishlarining uzviy va ajralmas qismi deb bildi, bu
sohadagi tadbirlarni o’zaro uyg’un va mushtarak tarzda tashkil etish taklifini
berdi.(19,24)
Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining turli
qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u xozirdanoq yaxshi
natijalar berayotgani nafaqat o’zimizning, balki xorijiy mutaxassislar tomonidan ham tan
olinib, e’tirof etilayotgani mazkur sohadagi ishlarning naqadar puxta o’ylab, uzoqni
ko’zlab amalga oshirilganini ko’rsatadi. Ta’kidlash joizki, bunday olijanob ishlar o’tish
davrining nihoyatda murakkab bosqichida amalga oshirila boshlangani bilan yanada
ahamiyatlidir(2,3,5,7,9).
Ana shu ezgu ishlar hozirgi kunda ham izchillik va qat’iyat bilan davom ettirilib,
xalqimiz, avvalo, yoshlarimiz o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga
mustahkam zamin bo’lmoqda, mamlakatimizda jismoniy-intelektual resurslarning
6
ro’yobga chiqishini ta’minlamoqda. Buning zamirida yurtboshimizning “Buyuk davlatni
faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi” degan g’oyalari mujassam. Soddaroq
qilib aytganda, yurtimizda sog’lom avlodni voyaga etkazish vazifasiga qudratli davlatni
shakllantirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish jarayoninig
muhim sharti sifatida qaralmoqda. (26,29)
Bugungi kunda poytaxtimizda, viloyat va tuman markazlarida sportning, ayniqsa,
yoshlar orasida ommaviylashib borishini ta’minlovchi birlamchi omil-munosib shart-
sharoitlar yaratildi. Zamonaviy sport inshoatlari, va majmualarning barpo etilishi
o’quvchi - yoshlarni ommaviy sport musobaqalari bilan to’la qamrab oladigan “Umid
nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” o’yinlaridan iborat uch bosqichli milliy
tizimning shakllanishiga asos bo’ldi. Natijada sport, jismoniy tarbiya yoshlar dunyo
qarashiga ijobiy ta’sir etib, jismoniy-intelektual resurslar rivojining yangi bosqichga
ko’tarilishini ta’minlamoqda.(6).
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar asosida amalga
oshirildi:
Dastlabki o‘rgatish bosqichida shug‘ullanuvchi 13-14 yoshli basketbolchilar jismoniy
sifatlarining rivojlanish darajasini o‘rganish;
- harakatli va estafetali o‘yinlaridan foydalanish orqali 13-14 yoshli o‘quvchilarning
jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar
chiqarish;
- umumta’lim maktablari, BO’SM, kollej va sport majmualarda basketbol sport turi
mashg‘ulotlarida harakatli va estafetali o‘yinlaridan foydalanish, o‘quvchilar, yosh
sportchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo‘llarini
aniqlashdan iborat.
Tadqiqot obekti Urganch shaxar 29 sonli umumtalim maktabida 13-14 yoshli
basketbolchilarining pedagogik kuzatuvlar o’quv mashg’ulotlari jarayonida olib
borildi.
Tadqiqot predmeti. Tadqiqotimz predmeti turli tadqiqot usullari yordamida
aniqlanadigan sifatlar ko’rsatkichidir. 13-14 yoshli basketbolchilarni mashg‘ulotlarda
7
maxsus mashqlardan foydalanish orqali amalga oshirishda harakatli o‘yinlarni qo‘llash,
ularni o‘quvchilarda jismoniy sifatlar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
sharoitidagi faoliyati.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 13-14 yosh basketbolchilar bilan o‘tkaziladigan umumiy
jismoniy tayyorgarlik uchun vosita, uslublar tayyorlandi va nisbati aniqlandi. Umumiy
jismoniy tayyorgarlik mashqlari basketbolchining tehnik-taktik ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga yordam beradi.
Tadqiqotning nazariy axamiyati. 3 oy muddat davomida basketbol bilan
muntazam shug‘ullangan 13-14 yoshdagi basketbolchilarning jismoniy va funksional
ko‘rsatkichlari harakatli va estafetali o‘yinlari orqali yuqori darajada shakllanishi
ehtimol qilinadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. 13-14 yoshli basketbolchilar bilan basketbol
bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan o‘rtacha shiddatda bajarilgan
umumiy va maxsus jismoniy mashqlar, harakatli va estafetali o‘yinlari, tadqiqot
natijalari hamda ilmiy xulosalar.
Muammoning o’rganilganlik darajasi: 13-14 yoshli basketbolchilarining jismoniy
sifatlarini rivojlantirish usullarining nazariyasi va amaliyoti muammolariga bag’ishlan
gan bir qator ilmiy tadqiqotlar bajarilgan bo’lib, olimlarimiz jismoniy tarbiya va sport
darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish va ularning jismoniy sifatlarini oshirishning
uslubiyati masalalari yoritib berilgan. Bundan tashqari, Z.Azizova 2010 M.A.Qurbanova,
M.U.Qosimova, va boshqalarning ilmiy ishlarida bir qator muammolar ishlab chiqilgan,
biroq ularning ishlarida chaqqonlik tezkor-
kuch sifatlarni etarlicha yoritilmagan
Bitiruv malakaviy ishining xajmi va tarkibiy tuzulishi. Ushbu bitiruv malakaviy
ishi”Adabiyotlar taxlili” I BOB, ”Tadqiqot vazifalari uslublari va tashkil etilishi” II BOB
Pedagogik tajriba, III BOB “Tadqiqot natijalari va uning taxlili” bo’limlaridan va 63
4 ta jadvaldan iborat.
Ish kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ish 63 betdan ibo
matnda bayon qilingan va 4 ta jadval bilan yoritilgan . Adabiyotlar ro’yxati 40
8
manbani o’z ichiga oladi shulardan 10 tasi internet saytlari.
Ishning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, muammoni o’rganilganlik
darajasi, ishning maqsadi, tadqiqot vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmeti, ilmiy yangiligi,
nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqotning farazi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Ishning I-bobida so’z jismoniy tayyorgarlik va xususan talabalarning jiamoniy
sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab
shakllantirish muhimligi haqida boradi.
Ishning II-bobida tadqiqotning vazifalari, amalga oshirish uslublari va tashkil
qilinishi yo’llari bayon etilgan.
Ishning III-bobida tadqiqot natijalari va ularning tahlili, Pedagogik tadqiqot
natijalari, harakat va ko’nikma malakalarini egallashga yo’naltirilgan mashqlar
majmuasi tahlil qilinadi hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
9
I.BOB. ADABIY MA’LUMOTLARGA KO’RA MUAMMONING O’RGANILISH
XOLATI
1.1. Dastlabki o’rgatish bosqichida harakatli o’yinlarni o’tkazish uslubiyati.
Ayrim harakat faoliyatiga o’rgatish jarayonida quyidagi bosqichlar farq qiladi:
1. Dastlabki o’rgatish - bu o’rgatish jarayonida harakatning asosiy ko’rinishida va
umumiy harakatlarda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi.
2. Chuqurlashtirilgan o’rgatish natijasida harakat ko’nikmasi zarur darajada aniq
bajaradi, ayrim oddiy harakatlarda malaka hosil bo’ladi.
3. Harakatlarni mustahkamlash va keyingi takomillashuv harakatlar malakasini
paydo bo’lishi bilan shuningdek, uning turli sharoitda turlanishi bilan farq qilinadi.
Dastlabki o’rgatish bosqichida maqsad, ko’nikmaning hosil bo’lishi,harakatni
asosiy variant ko’rinishida umumiy harakatlarni bajara bilish. O’rgatish jarayonida
shug’ullanish harakat texnikasining asosini o’zlashtirishlari zarurdir. Bu bosqichning
xususiy masalalari quyidagilardan iborat:
a) harakatlarning fazoviy va vaqt xarakteristikasini muskul kuchlanishining aniq emasligi
(o’rinsiz); b) harakat faoliyatlarining turgun emasligi; v) keraksiz qo’shimcha harakatlarning
mavjudligi; g) murakkab harakatlarni oralig’ida fazaning butunligini yo’qligi.
A) Harakatlarni fazoviy va vaqt xarakteristikasi muskul kuchlanishining aniq
emasligi birinchidan, asab jarayonlarining bosh miya po’stlog’ida irrodiatsiya bo’lishidagi,
ikkinchidan esa ichki tormozlanishining kam kuchlanishiga bog’liqdir. Asab jarayonlarini
bosh miya po’stlog’ining harakat taxlil irrodiatsiyasi funktsional harakatlarning ayrimlari
ishtirok etish o’rniga il paytida boshqalarning ishtirok etishi qo’zg’alish jarayonida
o’rinsizdir. O’rganuvchi ko’p ortiqcha kuch sarf qiladi (8,11,16).
Bular hammasi esa ozgina ish bajarish orqali yuqori darajada charchash va
ishchanlik qobiliyati pasayishi bilan xarakterlaydi.
b) Harakat akti ritmining turg’un emasligi - bunda shugullanuvchi harakat akti
ayrim fazalarni vaqtidan oldin bajarishga harakat qiladi. Bular ko’proq ko’p kuch
sarflash bilan bog’liq bo’lgan asosiy fazalardir. Bu albatta asosiy fazadan oldin
pauza bo’lishi harakatlarda farqlanadi. Dastlabki harakat ko’nikmalarini hosil bo’lish
10
xususiyatlarini hisobga olib, o’rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar
quyiladi:
1. Shug’ullanuvchilarda harakat faoliyat bo’yicha to’liq tasavvur hosil bo’lishi uchun u to’g’risida
asosli tushuncha hosil qilish.
2. Yangi harakatlarni o’rganish uchun shugullanuvchilarning bilimlari to’g’risida kerak
bo’lgan elementlar bilan to’ldirib borish.
3. Harakatlarni butunlay bajarishga erishish.
4. Ortiqcha muskul kuchlanishlarini va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo’q qilish.
Bu bosqichda qo’llaniladigan o’rganish metodikasi didaktik printsiplarini
amalga oshirish bilan, o’rganishning shu bosqichi uchun kerakli bo’lgan metod va
usullardan foydalanishda qator xususiyatlarga egadir. Bpularga so’z metodi,
ko’rgazmalilikni ta’minlash metodi, shug’ullanuvchilarga oson tushunarli va
individuallashtirish, muntazamlilik hamda talabalarni tabora oshirib borish printsiplari
kiradi.(23,27)
So’z metodi mashq to’g’risida tasavvur hosil qilish, shuningdek shu mashqni
paydo bo’lishi haqida uning amaldagi va sport sohasida ahamiyati haqida so’zlab
shug’ullanuvchilarni qiziqtirish.
Ko’rgazmalilikni ta’minlash metodi o’rgatish lozim bo’lgan
mashq to’g’risida shug’ullanuvchilarda aniq tasavvur hosil
qilish uchun vositali va vositasiz variantlari ko’riladi.
Harakatlarning aniqmasligi va xatolar oldin yirik so’ngra esa mayda xatolar
yo’q qilib boriladi. Harakatlarning aniqmasligini va xatolar sabablarini ravshan
belgilash zarurdir. Xatolar yo o’rgatish metodini oqilona bo’lmasligi, yo
o’quvchilarning vazifalarini etarli daraja aniq tushunmasliklari, yo murakkab
harakatning avvalgi fazalarini noto’g’ri bajarish natijasida paydo bo’ladi. Birinchi
bosqichda o’rgatishning muntazamligi, vazifalarining optimal miqdorda
takrorlanishning va ular orasidagi intervalning qanchalik zarurligi bilan
xarakterlanadi.(23,26)
11
Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi va bosqichnig maqsadi Ilgari xosil qilingan “qo’pol”
texnika ko’nikmalarini aniqlashtirishdir. Dastlabki o’rgatish jarayonida harakatlar shunday
aniqlik bilan bajarilishi kerakki natijasida harakat ko’nikmasi harakat malakasiga
aylanishi lozim. Agarda dastlabki o’rgatish harakat texnika asosini o’rganishdan iborat
bo’lgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda bu chuqurlashtirilgan holda o’rganiladi va uning
detallari aniqlanadi.(22,27)
Bu bosqichda harakatlarning vaqtli, fazoviy va ayrim murakkab harakatlar
xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning didaktik vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. O’rganilayotgan harakatlarining qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;
2. O’rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o’rganish va aniqlash.
3. Harakatlarni butunlay, aniq, bir tekis, oson bajarishga erishish.
Bu bosqichga asosan so’z metodi, shugullanuvchilarga oson tushunarli va
individuallashtirish metodi, keyinchalik jismoniy tarbiyaning metodik printsiplrdan esa
talablarni tobora oshirib borish printsipi, onglilik va faollik printsipiga e’tibor etiladi.
Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi.(21,22)
Jismoniy tarbiyaning umumiy yo’nalishiga bog’liq holda, bu bosqichni davom
ettirish har xil bo’ladi. Bu bosqichda o’rgatish jarayoni harakat malakalarini
rivojlantirishning 2 xil stadiyasini o’z ichiga oladi:
1. Harakat malakasining asosiy varianti mustahkamlash stadiyasi;
2. Ko’nikma va malakalarni qo’shimcha variantda hosil bo’lish stadiyasi. Birinchi
stadiyada o’rganilayotgan harakat texnikasining asosiy variantiga mos dinamik stereotip
mustahkamlanadi.
Ikkinchi stadiyada esa, bu asosiy stereotipga qo’shimcha harakat reaktsiyalari
mustahkamlanadi. Bu bosqichda vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Harakat ko’nikmasi, harakat malakasi xosil bo’lish uchun harakatlarning har xil variantlarda
bajarilishi.
2) E’tiborni oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatoni yo’q qilinishiga qaratilishi
zarur.
12
3) Asosan harakat texnikasini o’zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
4) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarilishiga erishishdir.
Bu bosqichda o’rgatish metodikasi yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni muvofiqli
bajarishga qaratilgan bo’lishi kerak.(15.16).Onglilik va faollik printsipini amalga oshirishda
shug’ullanuvchilarning diqqatini bir nuqtaga yo’nalishga qaratish lozim. Harakat aktiga
hosil qilingan ritmning buzilishiga, alohida harakatlar o’rtasida o’zaro aloqalarning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu bilan bu bosqichda ishga ongli munosabatda
bo’lishning roli kamayadi deb tushunish mutlaqo noto’g’ri.
Harakatlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ko’p vazifalarni hal qilishda
ongli va faollik printspi etakchi rol o’ynaydi. Onglilik o’rganilayotgan harakat
texnikasini, uning qonuniyatlarini va bajariladigan ishining natijasini yanada chuqurroq
tushunib olishga qaratilishi kerak.(25,27)
Bu bosqichda muhokama, suhbat, nazariy manbalar ustida mustaqil ishlash va
hokazolar birinchi o’ringa quyiladi. Harakat malakasini mustaµkamlash jarayonida
o’rgatishning ko’rgazmaliligi oldingi, bosqichlarga qaraganda boshqacha shakl yotadi.
Harakatni o’rgatishga yordam beradigan qushimcha vosita va metodlar asta-sekin
minimum darajagacha kamaytiriladi. Harakat malakasining mustaxkamlanishida harakat
analizatori etakchi rol o’ynaydi, masofa analizatorlari esa "yo’qlanadi", bu diqqatni
harakatning tashqi sharoitiga qaratishga imkon beradi. Bu o’z navbatida, taktik ko’nikma
va malakalarni xosil qilish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda
ko’rgazmali vositalar,video va kino materiallardan, turli xil taktik vaziyatlarni aks
ettiruvchi rasm va chizmalardan foydalanadi.
Muntazamlilik printsipi bo’lsa, harakat malakasini mustahkamlash va
takomillashtirish harakatini butunlaycha qayta takrorlash sharoitlarida amalga oshiriladi.
Hamda extiyojga qarab, qismlarni bo’lishga ham yo’l qo’yiladi. Bunda standart va
o’zgaruvchan mashqlar metodlaridan birgalikda foydalanish juda katta ahamiyatga
ega.(19,21)
Bu bosqichning dastlabki o’rgatish bosqichida doimiy sharoitlarda o’tkaziladigan
standart mashq yaxshidir, chunki hosil bo’lgan dinamik stereotip hali etarli darajada
13
mustaxkamlanmasdan o’zgartirishga urinilganda, asosiy variantda "salbiy ko’chish"
ko’zga tashlanadi va o’rganilgan qismlarni aniqlash yuzasidan olib borilayotgan ishni
davom ettirishga halaqit beradi.
Bundan keyin malakaning mustahkamlanishiga qarab, asosiy o’rinni o’zgaruvchan
mashq eggalaydi, bu mashq jarayonida xilma-xil sharoitlarda harakat turli o’zgaradi.
Harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida oson tushunarli va individuallashtirishni
ta’mnlash bilan birga, o’rganilgan harakatning qanchalik mustahkamlanganligiga qarab
musobaqa metodidan oldin harakat texnikasiga asosan, so’ngra butun funktsional
imkoniyatlarini ko’rsatib yanada kengroq foydalaniladi. O’rganishning bu bosqichida
jismoniy yuklanish bilan dam olishni almashinishi, takomillashining belgilanadigan
darajasiga bogliqdir. O’rgatishning bu bosqichida malakaning mustaxkam bo’lishi va
talabning tobora oshib borishi muhim o’rin egallaydi. Harakat ko’nikmalari va
malakalarini takomillashtirish uchun shart-sharoit harakat vazifalarini muntazam ravishda
yangilab mukamallashtirib turish va jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga
qaratilgan funktsional jismoniy yuklanishlarni oshirish yo’li bilan yaratiladi. Shuni ham
aytib o’tish kerakki bu bosqichda o’rgatish jarayonining xarkterli tomonlaridan biri bu
o’rgatish jarayonining jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayoni bilan yaqin bog’liqligidir
(15,17).
Basketbol sport turiga tavsif va uning rivojlanishi xususiyatlari
Basketbol – o‘z mohiyati, mazmuni va rom qiluvchi turli o‘yin malakalari va
kombinatsiyalari bilan millionlab kishilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Zamonaviy basketbol o‘ta tezkor va katta g‘ayrat talab qiluvchi sport o‘yinlari
turiga mansubdir. Yuqori texnik-taktik mahoratga sazovor bo‘lish uchun birinchi
navbatda basketbolchining jismoniy sifatlari yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. (
12, 14, 17)
Mazkur sifatlarni o‘yin fikrlovi birgaligida boshqarilishi musobaqa g‘alabasini
ta’minlaydi. ”Bugungi” basketbolchini bo‘yi o‘rtacha 195 smga teng bo‘lib, u
harakatchan, o‘tkir zehnli, tez fikrlovchi, o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlariga munosib
14
harakat bilan javob qaytarishi va mazkur qobiliyatlarni uzoq vaqt davom etadigan
musobaqa o‘yinlarida saqlab turishlari lozim.
Muntazam davom etib turadigan bunday o‘yin (musobaqa) me’yorlariga bardosh
bera olishlik basketbolchidan yuqori ruhiy va biojismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.
Shundan imkoniyatlarga ega bo‘lgan mahoratli basketbolchilarni etishtirish
birinchi navbatda istiqbolli bolalarni qidirib topish, ularni to‘g‘ri tanlash va ko‘p yillik
tayyorgarlik jarayonida saralov tadbirini maqsadga muvofiq amalga oshirishni taqazo
etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarini
basketbolsiz tasavvur qilish qiyin.
Ko‘pgina olim va mutaxassislar o‘z tadqiqotlari va tajribalariga suyanib
basketbolni shunday ta’riflaydilarki, ushbu sport turi o‘zining o‘ta o‘zgaruvchan vaziyat
o‘yini ekanligi, tarkibiga hayotiy zarur malakalarni kiritishi (yurish, to‘xtash, sirpanish,
chopish, sakrash va hokazo), tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik
sifatlarini rivojlantirishi, katta-yu kichikni o‘ziga rom qiluvchi harakat malakalari va
taktik kombinatsiyalari bilan o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi
bo‘lib hisoblanadi va eng ommabop o‘yin sifatida bolalar e’tiborini qozongan.
O‘quv muassasalarida dars shaklida yoki darsdan tashqari mustaqil o‘tkaziladigan
basketbol mashg‘ulotlari o‘zining sog‘lomlashtirish funksiyasi jihatidan global ta’sir
kuchiga ega bo‘lib, shug‘ullanuvchilarning nerv, qon-tomir, nafas olish, mushaklar
hamda boshqa tizim organlarini takomillashtiradi (18,20, 21).
Basketbol bilan muntazam shug‘ullanish natijasida ko‘rish, eshitish, vestibulyar
va boshqa analizatorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ular faoliyatini shakllantiradi.
Basketbolda qo‘llaniladigan mashqlar va ushbu o‘yinning o‘zi harakat apparatiga
ta’sir etib, mushak tolalarini rivojlantiradi, natijada ularning tonusi ortadi, jismoniy
sifatlar taraqqiy etadi.
Shu bilan bir qatorda basketbol bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlar jarayonida
qo‘llaniladigan mashqlarda bolalarning yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlari e’tiborga
olinishi shart (10, 11, 15, 21).
15
O‘g‘il bolalarda 7-8 yoshda ayrim mushak guruhlar kuchini rivojlantirish
maqsadga muvofiq.
8-9 yoshda tezkorlik va umumiy chidamkorlik, muvozanat saqlash funksiyasi, 10
-12 yoshdan boshlab chaqqonlik, maxsus chidamkorlik, kuch va tezkorlik sifatlarini
taraqqiy ettirish mumkin.
Mustaqil o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi:
-o‘rgatishning birinchi yilida tezkorlik mashqlarining hajmi chidamkorlik mashqlaridan
kam bo‘lmaligi lozim;
- umumiy jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik mashqlar bilan uyg‘un ravishda qo‘llanilib
borilishi darkor;
Bunda albatta o‘g‘il va qiz bola, ayol va erkaklar o‘rtasidagi funksional farqlar
e’tiborga olinishi zarur.(27,28,29)
Do'stlaringiz bilan baham: |