Psixologik tayorgarlik.
Butun trenirovka jarayonida trener o‘quvchilarni basketbol o‘ynashga o‘rgatibgina
31
qolmasdan, balki tarbiyalaydi ham. O’quvchilarga talabchanlik - to‘g‘ri tarbiyalashning
ajralmas shartidir. Endigina shug‘ullanishni boshlagan o‘quvchi ko‘pincha mashqni
bajara olmaydi. U qovushimsiz bo‘lib ko‘rinmaslik uchun mashqni bajarmaslikka harakat
qiladi. Buni sezgan trener mashqni bajarishni talab qilishi lozim. O’yin sharoitida ham
o‘yinchi bu mashqni bajarishga ko‘nikadi.(11,14,16)
Eng asosiy talab, mashg‘ulotlarga intizom va vijdonan munosabatda bo‘lishdir.
Birinchi mashg‘ulotlarni o‘zidayoq BO’SM da qabul qilingan tartib haqida tushuncha
beriladi. Ozoda kiyinish va mashg‘ulotlarga kech qolmaslik. O‘quvchini xatosini bir
martagina kechirilsa, unda xato qilish mumkin ekan degan fikr tug‘iladi.
Bularni tarbiyalashda eng asosiysi – bu trener o‘zini qanday tuta bilishidadir.
Trenerning o‘zini gapiga, qilgan ishiga, o‘ziga bo‘lgan talab shug‘ullanuvchilarga
bo‘lgan talabdan past bo‘lmasligi kerak. Trener trenirovkaga kech qolmaslikni talab
qilishi, o‘zi ham o‘z vaqtida kelishi kerak. Agar o‘zi biror marta kech qolsa, bolalardan
trenirovkaga o‘z vaqtida kelishni talab qila olmaydi.
Sport jamoasida shaxsiyatparastlik, man-manlikni biron-bir shakli yoki katta
o‘rtoqlariga va tengqurlariga nisbatan behurmatlikni ko‘rinishlari sira ham namoyon
bo‘lmasligi kerak.(12,18,22)
Trenerning birinchi va asosiy yordamchisi – bu yaxshi, sog‘lom, jinslashgan
basketbolchilar jamoasidir. Jamoada trener qo‘ygan qiyin vazifalarni engil-oson bajara
oladigan iqtidorli o‘yinchilar ko‘p bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga ba’zida osonlikcha etishmayotgan qobiliyatli bolalar kllektiv bo‘lib
va shaxsiy trenirovkaga ancha sezilarli ta’sir qilishi mumkin. O‘z kuchi va imkoniyatiga
yuqori baho berish, ustunligini namoyish qilish sezila boshlaydi. Trenerga bu
muvaffaqiyatni yo‘lga solish ba’zi hollarda ularni sun’iy ravishda biroz to‘xtatish ham
lozim bo‘lib qoladi.
G‘alaba qilish lozim, bu o‘quv mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tishiga rag‘batlantiradi
ammo ba’zi paytlarda mag‘lubiyat ham muhim o‘rin egallaydi. Kuchli ammo juda o‘ziga
bino qo‘ygan o‘yinchiga ma’lum o‘ziga xos sharoitlarni trenirovka va musobaqa
32
o‘yinlarida yaratish mumkin. Misol uchun: raqib jamoaning eng kuchli o‘yinchisini
ushlashni belgilash (aytish), o‘yin vaziyati juda og‘ir sharoitida u o‘z mahoratini ko‘rsata
olmaydigan paytlarda maydonga tushirish.(18,29)
Biroq shunday bolalar borki, ular o‘z kuchlariga ishonmaydilar, ular qo‘llab-
qo‘ltig‘lashga intizorlar. Bundaylarni o‘yin sharoiti yaxshi paytlarda maydonga tushirish,
trenirovka jarayonida ularga ko‘proq e’tibor berish lozim.
Ko‘pincha, mag‘lubiyatdan so‘ng o‘zaro janjal va kelishmovchiliklar bo‘ladi. Bu
o‘yinchilarni shundoq ham yomon kayfiyatini undan ham yomonlashtiradi. Bunday
holda, trener o‘yinchilarni bu uyindan boshqa narsaga chalg‘itgani ma’qul. Trener ularni
biron-bir narsa bilan band qilib, bolalar xursand bo‘lishiga harakat qilishi lozim.
Jismonan charchagan va ruhiy ezilgan bolalar kula boshlasalar, bu balkim keyingi
o‘yinda muvaffaqiyat qozonishining asosidir. Ma’naviy- irodaviy sifatlarni har bir
mashg‘ulotda texnikani, taktikani o‘rganishda va jismonan tayyorgarlikda ham
tarbiyalash, bularni bajarish o‘quvchilardan ma’lum iroda talab qiladi. Bularni har bir
mashqlarida basketbolchi unday yoki bunday qiyinchiliklarga duch keladi.
Qiyinchiliklarni enga olish natijasida odamning xarakteri maqsadga chiniqib erishish
uchun iroda, tirishqoqlik, qat’iyatlilik tarbiyalanadi.(15,17,18,27)
Shug‘ullanuvchilarda mashg‘ulotlarga ongli munosabatda bo‘lishliklarini
shakllantirish jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Bu
vazifalarni echishga qaratilgan bunday maksadga yo‘naltirilgan faoliyat mashg‘ulotlarga
ongli ravishda munosabatda bo‘lishni, jamoani birlashtiradi, shug‘ullanuvchilarni e’tibori
va qiziqishini oshiradi, natijada tarbiyalash va o‘rgatish jarayoniga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Trenirovka va o‘rgatish jarayonida o‘rganilayotgan harakatni u yoki bu tomonlariga
o‘z e’tiborini qaratishi, to‘g‘ri taqsimlashi juda muhim axamiyatga ega. (14,17,19,28).
Bunday qilish shug‘ullanuvchilardan iroda sifatini tarbiyalashni talab qiladi. U yoki bu
engishda iroda kuchi juda ham zarur. SHuning uchun harakatlarni, texnik premlarni va
ba’zi o‘zaro harakatlarini o‘rganishda ularni shunday tashkil qilish kerak-ki,
33
shug‘ullanuvchilar doim, ammo enga oladigan ma’lum qiyinchiliklarga duch kelishlari
lozim. Bu qiyinchiliklarni engishda faqat jismoniy kuch ishlatib emas, balki har xil ruhiy
irodaviy sifatlar: faollik, tashabbuskorlik, dadillik, qati’yatlilik bo‘lishi zarur.
Iroda kuchini namoyish qilish qobiliyatini rivojlantirish, o‘quv-sport faoliyatini zarur
yo‘ldoshi
bo‘lib,
o‘yinchining
irodasini
tarbiyalaydigan
omil
hisoblanadi.
SHug‘ullanuvchilarni irodasi ayniqsa, musobaqa jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Musobaqa shug‘ullanuvchilarda mashg‘ulotlarga qizikishni oshiradi. Shu bilan birga
musobaqalarga tayyorlanish va musobaqalarni o‘zi shug‘ullanuvchilarni kuchini,
tayyorgarligini va irodasini tekshiradi hamda safarbar qiladi.(17,21,22)
Juda og‘ir holatlarda ham iroda kuchi sababli bu sharoitdan chiqib olish
mumkinligiga ko‘p misollar bor.
1.5. Harakatli o’yinlarning jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ta’siri.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o’yinlarni axamiyati judda katta: tezlik,
epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga harakatli o’yinlarda jismoniy
sifat kompleks ravishda rivojlanadi.
Ko’pchilik harakatli o’yinlarda o’yin qatnashchilaridan tezlikni talab qiladi (tez
qochib ketish,quvlab etish, tovush, ko’rish signaliga bir onda javob berish).
O’yinda doimiy ravishda o’zgarib turadigan vaziyat, o’yin qatnashchilaridan bir
harakatdan boshqa harakatga tezda o’tish talab qiladigan, epchillikni tarbiyalashga
yordam beradi. Tezkor-kuch bo’yicha yo’nalishdagi o’yinlar kuchni tarbiyalaydi. (12,13)
Zo’r g’ayrat bilan qilingan harakatni ko’proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog’liq
bo’lgan o’yinlar chidamlilikni rivojlantiradi.
Harakat yo’nalishni tez-tez o’zgartirishi bilan bog’liq bo’lgan, o’yinlar
egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’naviy tarbiyalashda harakatli o’yinlar judda katta ahamiyatga egadir. Harakatli
o’yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi, shu bilan birga talabalarni jamoa faoliyatiga
o’rgatadi. O’yin o’quvchilarda o’rtoqlik xissini bir-birini qo’llashni va do’stlarni bir-
birlarini harakatlariga javobgarlikni rivojlatiradi. O’quvchi jamoa o’yinida qatnashib
34
komanda manfaatini ko’zlab o’zlarini qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi xolatda
turgan o’rtog’iga to’pni in’om qilish, “asir”ga tushirgan o’rtog’ini qutqarishga harakat
qilish va shunga o’xshash. O’yinda asta-sekin bir-birini harakatini qo’llashni va do’stlik
tuyg’usini tarbiyalaydi. O’yinda keyinchalik bir-birlarini qo’llash o’rtog’iga yordam
berishi namoyon bo’ladi.. (13,16,25) O’yinda o’ziga xos bo’lgan harakat bitta o’yinchi
boshqasiga bir komanda boshqa komandaga qarshi harakatidir. Shu bilan bog’liq bo’lgan
o’yinchilarni oldida, o’z vaqtida xal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib
chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan vaziyatni baxolashda turli
harakatni tanlash va uni bajarish zarur. Bu o’yinchini o’z-o’zini kuchini bilishga yordam
beradi.
O’yinchilar o’rtasidagi aniq o’zaro munosabat musobaqalashish, kurashish
nafaqat o’zaro xamkorligini, psixologik o’zaro moslashganligini umumiy xarakteri bilan
ko’pchilik o’yin harakatlarini, jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy
katta kichikligi, ayrim kechinmalari o’tkirligi bilan aniqlanadi.
O’yin qoidalari ongli intizomini, o’zini tuta bilishni kuchli quzg’alishdan keyin
“o’zini qulga olishni” bilish, o’zining birdan egallash jo’sh urib ketishini tarbiyalashga
yordam beradi. (13,14,23)
O’yin atrofidagi muxitni ta’siri, talabalar tushinchasida aloxida shaxslarni rolini,
rollarni taksimlash bilan voqialarni ijro etish tushunishida, uni bajarishida talabalar
o’zlarining ijodiy tasavvur qilishlarini kiritadilar. Bunday o’yinlar jarayonida ijodiy
tasavvur qilish rivojlanadi va takomillashib boradi.
Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga yordam beradi, atrofni o’rab turgan
buyumlarni va uni barcha o’zaro aloqasini paydo bo’lishini qabul qilishni o’rgatadi, uni
o’rab turgan atrofidagi muxitni bilish va talabalarga yangi ta’surot yaratadi,
kuzatuvchilikka shuningdek mantiqaiy fikrlashga o’rgatadi.
O’quvchi o’yinda o’zining barcha shaxsiy sifatlarini va xususiyatlarini namoyon
qiladi. O’yin jarayonida shaxsiy o’ziga xos xususiyatlarini namoyon bo’lishi har bir
talabani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo’nalishda rivojlantirishga ta’sir
ko’rsatadi.
35
Faqatgina bitta faoliyat, o’yinda ravshan va talabani shaxsiy xarakter chiziqlarini xar
tomonlama ochib bermaydi.O’quvchini o’yinga berilib yoki qiziqib ketishini kuzatish
orqali undagi jismoniy va psixalogik tayyorgarligini bilib olishimiz mumkin. Yugurish
(qisqa masofaga) o’quvchi uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi ta’biiy xol lekin xarakatli
o’yinlar (“tun va kun”, “oq terakmi ko’k terak” v.x.k.) da shug’ullanuvchilar qiqsqa
masofaga yugurishni bir necha marta ortiqroq yuguradi va bu unga kerakli yuklamani
o’yin orqali olishiga erishiladi.(28,29)Avditoriyada o’quvchilarga qo’shilmaydigan bola
o’yinda o’zini mutloqo boshqacha namoyon qilishi mumkin yoki aksincha. Bular
barchasi g’oyat
muxim bo’lganligi uchun bolalarga to’g’ri shaxsiy yondoshish kerak. Harakatli o’yinlar
“Alpomish” va “Barchinoy” test me’yorlarini topshirish uchun zarur bo’lgan, u yoki bu
sifat va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.
(23)
Kuch va uni rivojlantirish usuliyati
Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo`riqishi orqali harakat faoliyati- shaxsning kuchi,
uning kuch qobiliyati deb ataladi . Shug`ullanuvchi mashg`ulot paytida o`z tanasini tinch
turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o`z tanasini harakatlantirish
maqsadi(gimnastika mashqlari va boshqalar)da, aylantirish, siljitish, ko`tarishga intilsa,
ayrim xollarda uning teskarisi, tananing o`zi, yoki uni bo`lagiga tashqi kuch ta’sir etishi
bilan uning statitik xolatini buzib o`z gavdasini oldingi(dastlabki) holatini ushlab turishga
uri nadi. Bokschini raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib
uni tanasini ayrim bo`laklarini egishga dosh berishi tana holatini o`zgartirmaslik orqali
ro`y beradi. Bunda shug`ullanuvchi va uning raqibi ma’lum darajada qarshiliklarni,
og`irliklarni yengish va ko`tarishda ma’lum darajada kuch sifatini namoyon
qiladi.(16,17,20)
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o`zining aniq ta’ rifiga ega bo`lishi
va farqlanishi lozim:
1) harakatning mexaniq harakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga “m” massasidagi
“F” kuchining ta’siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshninng ulg`ayishi
36
bilan kuchning rivojlanishi; sportchi kuchini sport bilan shug`ullanmaydiganlarga
nisbatan ko`p bo`lishi...” va x.k.).
Bu
sifatning
psixofizik
mexanizmi
muskul
zo`riqishining
boshqa
rilishi(regulyatsiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning
taranglashishi insonning kuchini namoyon bo`lishiga olib keladi. Ruxiy zo`riqa olishi va
harakatni ma’lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv tizimi, xususan, nerv
markazlaridan musqo`llarga kelayotgan signallarga va musqo`llarning o`z xizmati
xolatiga bog`liq.(16,17,20) Umuman, muskul tarangligi – zo`riqishi(kuch namoyon qila
olishi) quyidagilar gaqarab aniqlanadi;
1) markazdan musqo`llarga kelayotgan impulslarning chastotasiga (impuls
chastotasi qancha katta bo`lsa, muskul shunchalik zo`r darajada o`zining tarangligini
oshiradi) ko`ra;
2) zo`riqishga qo`shilgan harakat birligining soni bilan;
3) muskulning ko`zg`aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miq doriga qarab.
Muskul zo`riqishi-kuch namoyon qilishi uch xil rejimda ro`y berishi mumkin:
o`zining uzunligini o`zgartirmay(statik, izometrik rejimda); tananing turlicha holatlarida
(fozalar)da ushlanishi va x.k.lar uchun kullanadi; b)uzunligini kamayishiga hisobiga ro`y
beradigan, bardosh berish Bilan (miometrik), lekin zo`riqish birdan- o`zgarmay turadi,
bunday rejim tsiqliq va balastiq harakatlardagi muskul qisqarishi fazalariga muvofiq
keladi; v) muskulni cho`zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo`sh kelish-
pliometrik) kuch sodir bo`ladi. O`tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi
uchun shu kuch namoyon bo`ladi.(17,30)
Bardosh berish bilan, yon berish, bo`shashtirish bilan kuch namoyon qilishni
dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan. SHunday qilib bunday sharoitlarda
maksimal kuchni ko`lami turlicha, qayd qilingan kuch namoyon qilish ning asosiy
xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan. Kuch
qobiliyatlarining turlari muskul zo`riqishi tartibining kom binatsiyalashtira olish
harakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan harakatlarda namoyon
bo`ladigan shaxsiy - kuch qobiliyatlari va tezlik - kuchi hisobiga sodir bo`ladigan
37
kuch(dinamik kuch), ya’ni tez bajariladigan harakatlarda ishlatiladi. Boshqachasiga buni
sh i d d a t(portlash) k u ch i deb ham ataladi, bunga qisqa vaqt ichida eng ko`p darajada
kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Sakrashlarda bu sakrovchanlikda
namoyon bo`ladi.(15,16,29,30)
Insonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy omil - muskul zo`riqishi, lekin uning
tanasining massasi(vazni) ham ma’lum darajada ro’l o`ynaydi. SHunga ko`ra,absolyut va
nisbiy kuch deb ham farqlanadi. Birinchisida insonning tanasi vaznini hisobiga oshmay,
qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida uning tana
vazni har bir kilogrammiga to`g`ri keladigan qilib namoyon qilinadigan me’yo ri
tushuniladi.
Kuchni o`lchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi ko`rsatkichlari va
boshqalarga asoslanib ko`tara oladigan (namoyon qila oladigan) u uchun chegara
hisoblangan kuch. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og`irligiga)
nisbati bilan o`lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug`ullanganlikka ega
bo`lganlarda absolyut kuch tana vaznining o’shishi orqali ko`payadi(ortadi), nisbiy kuch
esa kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana o`lchovining qo`shilishi bilan uning
og`irligi katta proportsiyada muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi. Qator sport
turlarida(masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch xisobigagina kulga kiritiladi. Qaysi
ki tana vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko`p
marotalab o`rni almash tirilib turiladigan sport turlarida(masalan, gimnastikada) yutuq
nisbiy kuch bilan kulga kiritiladi. Kuchning namoyon bo`lishi harakatning bio mexaniq
sharoitiga to`g`ridan- to`g`ri bog`langan: yelka suyagining va boshqa gavda chag`ining
uzunligi, musqo`llarning fiziologik – yug`on yoki ingichkaligi, cho`ziluvchanligi, chayir
yoki murtligi va x.k.larida e’tiborga olinadi.(16,17,30)
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni rivojlantirish uchun yuqori
qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxdan iborat:
1. Tashqi karshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni
(girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o`ziga o`zining
qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus
38
moslama stanoklar) tashqi muxit qarshiligi(qumli yo’lkada, qalin qorda yugurish va
boshqalar)dan foydalaniladi.(13,12,17)
2. Individning o`z tanasi og`irligini yengish. bilan bajariladigan mashqlar(tayaning
yotib qo`llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o`zining
ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni
shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda musqo`llar guruxiga ta’sir etish oson va
ularni tozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik - kuch talab qiladigan harakterdagi
harakatlar tartibi tez buziladi(ayniqsa og`irlashtirib, vazminligini orttirib, malol kelishi
tezlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil(statik holat)
ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jixozning kerakligi,
metal jixozning shovqini va boshqalar) ko`zga tashlanadi. O`z-o`ziga qarshiligi ko`rsatish
bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada yuk
berish mumkin va maxsus jixoz va inventarni talab qilmaydi, lekin musqo`llar
elastikligining tezda yo’qol’ishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv
tarangligi(zo`riqishi)da bajariladi, shuning uchun ularni sog`lom, jismoniy tayyorgarligi
talab darajasida bo`lgan odamlarga, o`z-o`zini nazorat qilish tizimli olib borilishi
tavsiya etiladi ,(21,22,26)
Metodlar. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga bog`liq
dir.
Maksimal zo`riqish metodi, ya’ni me’yordagi yoki me’yorga yaqin og`ir liklarni
ko`tarish(o`z vaznining 90-95%), nerv muskul aparatining maksimal safarbarligi va
muskul kuchining ko`p bo`lmasada, ortishini ta’ minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi
nerv-psixik zo`riqishi bilan bog`liq , ayniqsa, o`quvchilar kuchini rivojlantirishda
noqulaylik tug`diradi. Oz miqdodagi urunishlar modda almashinuvi va boshqa plastik
jarayonlarni yo’lga qo`yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq
texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug`diradi, chunki me’yordan ortiq, nerv-
muskul tarangiligi nerv markazidagi qo`zg`alishni generalizatsiyalashishiga va ishga
ortiqcha muskul guruxlarining qo`shilib ketishiga olib keladi. Va nixoyat, shuni hisobga
olish kerakki, xattoki, etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo`lgan sportchilarning nerv
39
sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo`lsa, me’yoriga yaqin bo`lgan yuklardan foydalanish
metodi muskul kuchining ortishida me’yor bo`lmagan yuklari bilan mashq qilish metodi
bergan foydani ham bermaydi.(23,23,27)
Me’yorga yaqin bo`lmagan (oz zo`riqish talab qilinadigan) yuk bilan mashq qilish
metodida katta xajmda ish bajarish mumkin. Bu modda almashinuvida ma’lum
o`zgarishlarga sabab bo`ladi va o`z navbatida, muskul massasining ortishiga olib keladi.
Kuchli zo`riqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlar harakat Texnikasini aniq
nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi o`rganuvchi shug`ullanuvchilar uchun
qulay. O`rtacha yuk trenirovka jarayonining boshlang`ich bosqichlarida katta bo`lmagan
yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini ko`zg`atadi, qaysiki, ular hisobiga sifatning bir
oz o`sganligi ko`zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi o`rganuvchilarning shikastlanishlari
oldi olinadi. Shuning uchun me’yorga yaqin va o`rtacha yuk bilan kuch talab
qilinadigan mashqlarni bajarish kuchni rivojlan tirishning asosiy metodi hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko`proq, me’yordagi va me’yorga yaqin
og`irliklardan foydalaniladi.
Me’yorga yetmagan zo`riqishni qo`llash o`z kamchiliklarga ega. Energiya
sarflashda me’yordan ortiq - muskul butunlay bajara olmay qol’adigan darajada ishlash
samara bermaydi. Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan aytarli ahamiyatga ega
bo`ladigani asosan oxirgi urinishlar bo`lib, toliqish hisobiga o`ta zo`riqish susayadi, ishga
ko`proq harakat birligi qo`shila boradi va ko`tarilayotgan og`irlik me’yoriga yaqin bo`la
boshlaydi. (16,30) Lekin bu urinishlar yarim sharlar po`stlog`i funktsiyasining
susayganligi fonida(holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takrorlash sonini ko`p
marotabaliligi shug`ullanuvchilarda befarqlilikni uyg`otadi yoki fao liyatga munosabati
salbiylashadi, albatta, ular mashq samarasining pasayishiga olib keladi.
O`quvchilarning yoshiga xos hususiyatlar o`zgarishi bilan bog`liq kuch
mashqlaridan mashg`ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati chegarillangan.
Kichik va o`rta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni o`ta oshirib yubormaslik
lozim. Mashqlar tezlik kuchini rivojlantirishga yo’na’ltirilganligi, statik komponentlari
chegaralangan bo`lishining ahamiyati muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab
40
bo`lmaydi, chunki statik holatlarni qo`llash, ayniqsa, qomatni tarbiyalashning etakchi
vositalari hisoblanadi va uni qo`llash samaralidir. (22,23,28)Yosh o`tishi bilan bu
mashqlar kengroq kulaniladi. Lekin albatta nafas olishning nazorati kuchaytirilishi kerak.
Chnki nafasning zo`qishi paytida uzoqroq ushlash ayniqsa salbiy ta’sirga olib kelishi,
xatto ularning xushdan ketib qolishlaridek holatlar sodir bo`lishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishning asosiy vazifasi opka va qorin
tomonning yirik rivojlantirishga yo’na’ltirilishi, chunki qomatning shakllanishi shu
musqo`llarga bog`liq, rivojlanmaydigan muskul guruxlariga(tananing kiyshiqmuskul lari,
harakat tayanch apparati musqo`llari, sonning orka tomoni musqo`llari va xo
kazo)qaratilishi kerak.(12,13)
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy
rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o`rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib
chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar
uchun - katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko`tarish bilan umumiy
rivojlantiruvchi mashqlar(to`ldirma to`plar, gimnastika tayoqlari va x.k.)da, uch usul
bilan vertiqal qanotga tirmashib, yengil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 13-14 yoshda –
to`ldirma to`plar, katta og`irlikka ega bo`lmagan gantellar, qanot(argamchi) tortishdek
kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, kulda tikturish va boshqalar. to`g`ri
o`smirlarda og`irlash tirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkil qilishi lozim,
bundan tashqari, mashqlarni muskul to`la bajara olmay qolg`ungacha bajarish bu
yoshdagilarda qat’iyan taqiqlanadi.(13,19,21)
Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan yuk bolalar uchun talab
qilinadigan yukga nisbatan o`z tanasinig maksimal vazni atrofida bo`lishi, ko`proq lokal
holda muskul guruxlariga kuch mashqlari, tashqi og`irlashtiruvchi sifatida gimnastika
predmetlari yoki og`ir bo`lmagan jixozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zo`riqishi ko`lami (tirik organizm sodir qiladigan)
ikki omilga bog`liq: a)orqa miyaning oldingi shoxchalari motoneyronlaridan muskulga
boradigan impulslar; b)shartli ravishda - muskulni o`zi ning refaolligi, ya’ni ma’lum
ko`zgolishlarda javob berish kuchi. Muskulni refaolligi uni fiziologik ko`ndalangi, tolasi
41
yo’g`onligi, uni qo`zg`ala olishi darajasi va boshqa tuzilishidagi bir qancha
hususiyatlariga, markaziy nerv tizimsiga trofik(adrenalin-simpatik tuzumi orqali amalga
oshiriladigan ta’siriga; shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqa holatlar, omillarga
ham bog`liq . Muskul zo` riqishi darajasini zudlik bilan o`zgartirishda unga keladigan
effektli impulslar harakteri etakchi mexanizmlardan biri hisoblanadi.(22,24,27)
Yuk (og`irlik) kutarish, mashqlanish o`zining universalligi bilan qulay bo`lib ular
yordamida faqat eng kichik musqo`llar guruxigagina emas, xatto eng yirik musqo`llar
guruxiga ham ta’sir etishi mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir qator salbiy
hususiyatlari ham mavjud. Og`irlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki holat muhim rol
o`ynaydi. U albatta yukni statik holda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi og`ir
bo`lsa dastlabki holatda turish qiyinlashadi. Bu o`z navbatida harakatni hal qiluvchi
fazasida diqqatni kontsentratsiyalashda, qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari
ahamiyatli massaga ega bo`lgan snaryadda birdaniga katta tezik berish qiyin xoxlaysizmi
yo’kmi harakatning birinchi qismi(boshlanishi) sekin bajariladi. Harakat ritmi majburiy
astalik bilan ortib boruvchi bo`ladi. Bu o`z navbatida lozim bo`lgan musqo`llar guruxiga
zo`riqish berishda qiyiinchiliklarga sabab bo`ladi.(15,23,27)
Egilib yana asli holatiga ulug`digan jixozlardagi qarshiligilarni engin bilan
mashqlanish uchun harakatni oxiriga borib zo`riqishni ortirilishi harakterlidir. O`z tanasi
og`irligini bilan bajariladigan mashqlar odatda gavdaning tayanch apparatlari yordamida
bajariladi. Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda o`tkazadi, ya’ni bir
oz tayanish (proksimal)dan yuqori bo`lmagan kuch sarflaydi xolos. Oqibatda qandaydir
harakatda tananing shaxsiy vazni yoki uning og`irligiga teng qarshiligini yengish kerak
bo`lsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan ancha yengil kechadi. Masalan, devorga
suyanib kaftga tayanib kulda turishda qo`llar tirsak da bukib to`g`rilanganda o`z vazni
uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani ko`tarishdan yengilrok tuyuladi.(18,19,21)
Kuchni rivojlantirish uchun taxminiy mashqlar. O`z gavdasi massasi bilan malol
keladigan zo`riqish bilan namoyon qilinadigan mashqlar: perekladinada tortilishlar;
polda, skameykada yotib kulga tayanib kulni tirsakdan bukish va to`g`rilashlar;
skameykaga o`tirgan holda gavdani egish va to`g`rilash; orka bilan yotib oyoqlarni
42
kutarib uni uchini peshonaga tekkazish; gimnastika devori, perekladinaga osilib oyoqni
to`g`ri burchak hosil qilguncha kutarib tushurish; sakrash; musqo`llarni zo`r berib
maksimal
zo`riqtirish
va
maksimal
bo`shashtirish(“iloji
boricha”
muskulni
taranglashtirish va keskin ularni bo`shashtirish); mashqni musqo`llar bajara olmay
qolgungacha, 3-4 urinishda bajarish.
Amartizator va espanderlar bilan mashqlar. Amartizatorlar gimnastika devori
reykasiga maxkamlangan. Turlicha dastlabki holatlarda tik turib, yetib olgan holda
qo`llar bilan harakatlar-pastga, yon tomonlarga, yuqoriga; shu harakatlar faqat bir qo`l
bilan; qo`llarni aylantirishlar, burishlar, yelka bilan burilishlar.(16,17)
Elka oldi - tirsak harakatlari bilan mashqlar turlicha dastlabki holatlarda bukish va
to`g`rilashlar( qo`llar oldinda holatidan o`nga, yon tomondan yuqoriga, pastga);
gimnastika devoriga yonlamasiga turib(o`ng chap yonbosh bilan) yelka oldi suyagini
ichkariga, tashqariga burishlar. Kaft harakatlari; bukish va to`g`rilashlar, uzoqlashtirish
va yaqinlashtirishlar; aylantirish va boshqalar. Suzuvchini, uloqtiruvchini(orqaga
o`rnashtirilgan amartizatorlardan foydalanib) harakatlarni taqlid qilish bilan(imitatsiya).
Engashish, tanani burishlar, aylantirishlar o`tirib turishlar bilan qo`l harakatlari.
Har bir mashq 6-12 marotabagacha takrorlanadi. 2-3 o`rinishdan so`ng musqo`llarni
bo`shashtirish uchun mashqlar bajarish tavsiya qilinadi.
E’tibor berilsa insonning hayotiy faoliyati( ishlab chiqarishda, hayotda, sportda) biz
o`rganayotgan sifatlarni belgilangan darajada rivojlanganligiga bog`liq . Ular qanchalik
rivojlangan bo`lsa organizmning ish qobiliyati shunchalik yuqori bo`ladi, mehnat
faoliyatida nisbatan oz muskul energiyasi hisobiga samarali ish bajaradi, shug`ullanuvchi
salomatligiga uni uzoq vaqt faol hayotiy faoliyatini ta’minlaydi, tashqi muhitning hamda
ishlab chiqarishdagi zararli ta’sirlarga nisbatan organizmini qarshi tura olishi
kuchayadi.(17,18,30)
Jismoniy sifatlar insonni ma’lum yoshdan navbatdagi yosh kategoriyasiga o`tishi
bilan tabiiy ravishda o`zgaradi. bunday o`zgarish yosh bilan bog`liq bo`lgan
rivojlanishlar yoki o`zgarishlar deb tushuniladi. Yosh bilan bog`liq jismoniy sifatlarni
rivojlanishi nisbatan sekin va notekis boradi.
43
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning asosida organizmning ish qobiliyatini
boshlang`ich darajasini oshirish maqsadida oshirib berilgan yuklamalarga javob bera
olishi hususiyati unga javoban reaksiyasi deb tushuniladi. Organizm jismoniy yukga
o`zidagi mavjud zaxiralarini jalb qilish orqali javob beradi. Mashq bajarish davomida
energiya resurslari sarflanadi, asta-sekinlik bilan charchoqni his qila boshlanadi.
Charchoq hosil bo`lgan mashg`ulotdan so`ng ish qobiliyati pasaygan holda qoladi, so`ng
u asta sekinlik bilan tiklana boshlaydi. Ish qobiliyatini tiklanishi ish boshlangungacha
bo`lgan holatga etib uni ortishi davom etaveradi (bu fiziologik qonun), shunday qilib
organizm energiya resursini son jixatdan sarflanganini tiklab ulguradi. Bunday yuqori
tiklanishda ish qobiliyatini oshgan fazasi vujudga keladi. Bu faza bir oz vaqt ichida
ushlanib turadi va son’g dastlabki holatga pasayadi. SHunday qilib jismoniy mashqlar
bilan shug`ullanish mashg`ulotlaridan so`ng organizmni holatida uchta fazani kuzatish
mumkin: charchash, dastlabki holat darajasigacha tiklanish, ish qobiliyatini dastlabki
darajadan yuqoriroq ortishi.(16,17,29,30)
Agarda keyingi mashg`ulot charchash fazasiga to`g`ri kelib qol’sa charchoqni
ustma-ust to`planishi sodir bo`lib u to’lishga aylanadi.
Shug`ullanish organizmning energiya resurslarini tiklanish fazasiga to`g`ri kelsa ish
qobiliyati aytarli darajada oshmasligi, ish qobiliyatini yuqori darajadaligiga to`g`ri kelsa
organizm jismoniy yukga tayyorligi, katta xajmda mashq bajarishni uddalay olishligi
amaliyotda va fanda isbotlangan. SHunga ko`ra trenirovkalar organizmni yuqori
ishchanlikka ega bo`lgan fazalarda o`tkazilsa shug`ullanganlik darajasi doim o`sishi
ko`zatilmoqda. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug`ullanish
mashg`ulotlarining chastotasi qator omillarga, xususan shug`ullanuvchilarning
tayyorganligiga
bog`liq.
Tajribada
isbotlanishicha
shug`ullanishni
endigina
boshlaganlarda mashg`ulotlarni xaftada uch marotaba o`tkazish 1, 2 yoki 5 marotabali
mashg`ulotlardan yuqori samara bergan, yuqori malakali sportchilarda esa
mashg`ulotlar chastotasi ko`proq.(12,13,15,19)
Shug`ullanganlik faqat tizimli mashg`ulotlardagina ortadi va uni to`xtatish bilan
shug`ullanganlikni keskin pasayishi kuzatiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida tanaffuslarga
44
yo`l qo`yilmaydi. Chunki mashg`ulotni ijobiy effekti yo’qoladi. Ijobiy effekt foni (
soyasi) muximdir. Zararli o`zgarishlar tanaffusning 5-7 kunlaridayok keskin namoyon
bo`ladi.
Muskul
kuchi
ozayadi,
harakat
tezligi
susayadi,
chidamlilik
yomonlashadi.(20,24)
Jismioniy tarbiya jarayoning- jismoniy sifatlarni rivojlantirishning uzluksizligi
jismoniy kamolotga erishish uchun optimal sharoit yaratadi. Yukni intensivligi va
xajmi, dam olish bilan shug`ullanishni(yukni) to`g`ri navbatlashuvini tizimliligi
buzilishi, juda ham yuqori yoki past yuklama tanlash mashg`ulotlardan kutilgan
natijaga olib kelmasligiga sabab bo`lishi mumkin kuzatilmoqda.
Kuchning jismoniy sifati ostida odam organizmida ruxiy fiziologik jarayonining o`zaro
harakati tushuniladi va u tashqi qarshiligini faol yengishga imkon beradi va tashqi
kuchlarga qarshi turadi.
Jismoniy sifat ostida kuch odam organizmining ruxiy fiziologik jarayonining o`zaro
harakati tushunilib tashqi qarama qarshiligini yengib o`tishga va tashqi kuchlarqarshi
turishga faol imkon beradigan kuchlar tushuniladi.(13,14,16)
Kuchning sifati tashqi muhitga odamning jismoniy ta’sirini ta’minlaydigan kuchlilik
qobiliyatlarining yig`indisi bilan belgilanadi. Kuchlilik sifati odamni muskul zo`riqishi
ta’siri orqali rivojlanadigan harakat kuchi bilan harakterlanadi.
Harakat kuchi muskul kuchlarini o`zaro to rtilishidir. Harakat kuchining ko`pligi tashqi
omillarga bog`liq (tashqi muhit fazoda gavda va uning qismlarini joylanishi) va ichki
omillar (odamni ruxiy holati va musqo`llarni funksional holati).(17,19.21)
Yuk odamni harakatiga ta’sir qiladi. Odam harakatsiz ob’ektga tezlik berishga yoki
uni fazoda harakatini to`xtatishga intiladi. Ob’ektning massasi ko`payishi bilan
harakat kuchi ko`payadi tezlanish esa kamayadi.
Maksimal kuch ta’siri shunday ob’ekt massasida namoyon bo`ladiki qachon uning
harakatlanishi uning harakatlanishi mumkin bo`lmay qolganda hosil bo`ladi.
Sifatlarni ruxiy fiziologik mexanizm ish rejimi sharoiti bilan musqo`llarni qisqarishini
45
boshqarib borishga bog`liqdir.(12,13,19,22,25)
Musqo`llarni funksional holati:
1. Birichnidan markazdan kelayotgan impulslar chastotasiga.
2. Zo`riqishni ta’minlaydigan harakat birligining soniga 3. Musqo`llarning uyg`onishi
va qisqarishini tezligi va elastikligiga bog`liqdir.
Odamni harakat kuchi absolyut va nisbiy kuchga ajratiladi. Absolyut kuch odam
vaznini hisobga olmasdan musqo`llarni zo`riqishini maksimal ko`rsatkichlari bilan
aniqlanadi.
Nisbiy kuch absolyut kuchning o`z vaznini nisbati bilan aniqlanadi.
N.k. absolyut kuch = 100 kg
O`z vazni = 60 kg
Qisqa vaqt ichida namoyon bo`ladigan kuch «Portlovchi kuch» deyiladi. Mashq
qilganlik darajasini satxi teng bo`lgan sportchilarda tana og`irligini o’shishi absolyut
kuchini o`sishga olib keladi va nisbiy kuch xajmi pasayadi.(9,23)
Jismoniy tarbiya sifatlari kuchini tarbiyalash harakat vazifalarini yechish orqali
amalga oshiriladi. Vazifalar sharti shunday talab qilinadiki, ular asta-sekin katta
muskul guruxlarni ishga jalb qilishni ta’minlansin va kam rivojlangan musqo`llarni
rivojlantirsin. Muskul guruxlarga ta’sir qilish harakat faoliyatlar bilan yaratiladi va har
xil biomexaniq tuzilishigi ega bo`lmasligi kerak. (kichik yoshlarda o`zining og`irligini
yengib o`tish mashqlar).
Og`irliklar bilan qo`llaniladigan harakatlar ta’sir qilish kuchini oshiradi va zo`riqishga
bog`liq bo`ladi. Ko`p zo`riqish yurak kon tomir tizimsiga ta’sir qiladi.
Kuchlilik sifatlarini tarbiyalash o`yin jarayonida amalga oshiriladi.
Kuchlilik qobiliyatlarini harakteristikasi.
Kuchlilik qobiliyatlar dinamik va statik ish rejimida muskul zo`riqishi bilan
belgilanadi.(13,14,22)
46
1.
Muskul uzunligini o`zgarishi bilan harakterlanadi va tezkorlik kuchlilik
qobiliyatlariga ta’sir qiladi.
2.
Zo`riqishda muskul uzunligining doimiyligi bilan o`zining kuchlilik qobiliyati.
Jismoniy tarbiya amaliyotda «Dinamik kuch» va «Statik kuch» deb yuritiladi. Harakat
faoliyatini mazmuniga qarab muskul faolligi bir necha rejimda bo`ladi. 1.yengib
chiquvchi. 2. yo’l beruvchi. 3. Saqlab turuvchi.
Tezkorlik kuchlilikni rivojlantirish metodlari mashqlarni takroriy bajarish va aylanma
trenirovka metodidir.
1.
Takroriy bajarish metodi aniq muskul guruxini tezkorlik kuchlilik
qobiliyatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. (shtangani ko`krakdan ko`tarish elka
musqo`llarini rivojlantiradi).
Takrorlash metodida doimo usayotgan va moslashtirilgan qarshiligi bilan dinamik
mashiqlarni majmuasidan foydalaniladi.(13,14,27.29)
Yoshidan jinsidan va og`irligining xajmidan kelib chiqqan holda mashqlar soni 6-10
ga etishi mumkin.Doimiy qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar og`irlik xajmi
saqlanishi bilan (tosh ko`tarib turish) harakterlanadi.
2.
Aylanma trenirovka metodi har xil muskul guruxlariga kompleks ta’sir qiladi.
Mashqlarni shunday tanlash kerakki har bir kelgusi mashqlar yangi guruxlarni ishga jalb
qilsin.
Bu metod ish bilan dam olishni almashtirishda yuklashni oshirishga yordam beradi.
Muskul guruxlarini tezkorlik kuchlilik imkoniyatlarini kelib chiqishi ipga tortilgan
yoki harakatlarni son birligi bilan belgilanadi.
Bunda 2 ya’ni:
1. Mashqlarni maksimal zur berishi.
2.Chegaraga yaqin bo`lmagan zur berishi ogirliq bilan bajariladigan mashqlar.
1.Maksimal zo`r berish harakat faoliyatini og`irligi maksimal yoki shunga yaqin
bo`lganlarni bajarish (maksimal xajmidan 90-95 foiz). Bu muskul apparotini maksimal
47
jalb qilishga va muskul kuchini o`stirishga yordam beradi. Musqo`llarni zo`riqishi
ruxiy zo`riqishni talab qilib nerv markazini katta qo`zg`alishga olib keladi va natijada
ko`p muskul guruxlarni ishga jalb qiladi. Harakat texnikasini takomillashtirishni
qiyinlashtiradi.(13,29,30)
2.Chegaraga yaqin bo`lmagan mashqlar harakat jarayonini kam og`irlikda takrorlash
soni yuqori maksimal bo`lgan darajada bajarish bilan harakterlanadi. Bu katta xajmda
ish bajarishga imkoniyat yaratadi va muskul massasini ko`paytiradi. O`zining kuchlilik
qobiliyatilari musqo`llarning izometrik zo`riqish sharoitida kelib chiqadi va uning
qismlarini saqlab turishni ta’minlaydi. Odamga tashqi kuch ta’sir qilganda o`z holatini
saqlab turishni ta’minlaydi.
II.BOB.TADQIQODNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TASHKIL ETILISHI
2.1. Tadqiqotning vazifalari:
13-14 yoshli basketbolchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda xarakatli
o’yinlarni samaradorli qo’llash
13-14 yoshli basketbolchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda estafetali
o’yinlarni samaradorli qo’llash
13-14 yoshli basketbolchilarni turli xil tayyorgarlik tamonlarini
aniqlovchi mashq qilish faoliyatiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi omillarni
aniqlash;
13-14 yoshli basketbolchilarini sport mashg’ulitlari va jismoniy tarbiya dars
samaradorligini oshirishda xarakatli va estafetali o’yinlarni qo’llash bilan sifat
48
ko’rsatkichlarini aniqlash
13-14 yoshli basketbolchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda xarakatli va
estafetali o’yinlaridan foydalanishning o’rni samarali ekanligini aniqlab, tajribada
asoslash.
2.2. Tadqiqot ishining uslublari:
Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suxbat, anketa so’rovnoma, eksperiment.
2.2.1. Uslubiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlar tahlili va ularni
umumlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar hamda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish muammolariga oid
adabiy ma’lumotlarni umumlashtirish davomida quyidagi masalalar bo’yichae’lon
qilingan ishlar tahlil qilindi
2.2.2. Pedagogik kuzatuv.
13-14 yoshli basketbolchilarni sport mashg’ulotlarida ularning jismoniy
sifatlarini oshirish uslublari bo’yicha xarakatli va estafetali o’yinlarni qo’llashning
o’ziga xos xususiyatlarni ochish uchun pedagogik kuzatuvlardan foydalanildi. Tadqiqot
jarayonida Urganch shahridagi 29 sonli umumtalim makabida o’tkazilgan
mashg’ulotlarining ma’zmuni, basketbolchilarning u yoki bu vaziatni bajarishga
munosabati, harakatli o’yinlar o’ynash davomida sportchilar duch keladigan
qiyinchiliklar, jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish malakasi va boshqa ko’rsatkichlar
tahlil qilindi.
2.2.3. Pedagogik testlash.
Urganch 29 sonli umumtalim makabining 13-14 yoshdagi basketbolchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishda jismoniy sport mashg’ulotlarida ularning jismoniy
sifatlarini oshirish uslublari bo’yicha xarakatli va estafetali o’yinlarni qo’llashgan
iborat.
2.2.4. Pedagogik tajriba va nazorat.
Pedagogik tajriba Urganch 29 sonli umumtalim makabida jismoniy sifatlarni
49
rivojlantirish bo’yicha amaliy samaradorligini qo’llash, shuningdek, ularning o’zaro
ta’sirini aniqlash maqsadida o’tkazildi. Pedagogik tajriba Urganch 29 sonli
umumtalim makabida o’tkazildi.
Foydalanilgan o’yinlar: xarakatli o’yinlar “To‘p uchun kurash, To‘pni oldirma,
“Xo‘rozlar jangi”, “Ovchilar va o‘rdaklar”, “Qal’ani himoyalash”, “Quvlashmachoq”,
“
Kun va tun
”,
“
Nomerlarni chaqirish
”,
“
Bo‘ri—g‘ovda
”,
,
“
Etakchiga to‘p
berma
”, “Qarg’a va chumchuqlar”,..
Estafetali o’yinlar: ”
To‘plar poygasi
”,” G’ovlardan aylanib o’tish”, “Govlardan
sakrab o’tish”, ”Savatga to’p tashlash”, “Chaqqon oyoqlilar”….
2.2.5. Matematik statistika uslublari.
Matematik statistik uslub–bu ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha olingan ma’lumotlarni
matematik hisoblashdan iborat, ya’ni natijalarning yig’indisi, olingan natijalarning
o’rtacha arifmetik ko’rsatkichlari aniqlangan.
2.3. Tadqiqotni o’tkazilishi
Tadqiqot ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda tadqiqotning ilmiy
yo’nalishini aniqlash bo’yicha ish olib borildi, adabiyotlar tahlil qilindi. Pedagogik
izlanishlar tajribasini o’tkazish va tadqiqotni tashkil etish dasturi ishlab chiqildi
(2019 yilning fevral, mart, aprel).
Ikkinchi bosqich Urganch shahar Urganch 29 sonli umumtalim makabida
2019 yilning fevraldan aprel oyigacha davom etdi. Bu bosqichda 13-14 yoshli
basketbolchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishni xarakatli va estafetali
o’yinlaridan foydalangan xolda basketbolchilarning jismoniy sifatlarini oshirish ustida
tadqiqotlar o’tkazildi. 29 sonli umumtalim makabida jismoniy tarbiya dars jarayonida
qo’llanilgan xarakatli va estafetali o’yinlarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish
xususiyatiga ko’ra basketbolchilarni jismoniy tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi tajribali
usuliyatchilar tomonidan amalga oshirildi. Butun tadqiqot davri davomida ilmiy-
50
uslubiy adabiyotlar ustida uzluksiz ishlandi, 29 sonli umumtalim makabidining ilg’or
tajribasi o’rganildi, shuningdek, 13-14 yoshli basketbolchilarning mashg’ulotlar
jarayoni ustidan pedagogik kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqotda 20 nafar o’quvchilar
tanlab olindi. 10 o’quvchi nazorat guruhiga va 10 o’quvchi tadqiqot guruhlariga ajratilib
tadqiqot olib borildi. Tadqiqotdan so’ng har ikkala guruhda natijalar aniqlandi va tahlil
qilindi.
1. Basketbol to‘pini erga urib kelib, sakrab turib jarima chizig‘idan savatga to‘p
otish,
2.60 metrga yugurish.
3.Arg’amchida sakrash (1daq).
4.Yugurib kelib kichik to’pni uloqtirish (metr).
Qayd etilgan tadqiqot uslublarini qo‘llash tartibi va ularning mazmuni muvofiq
bandlarda to‘liq aks ettirilgan.
III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING MUHOKAMASI
3.1. 13-14 yoshdagi basketbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda
xarakatli va estafetali o’yinlarining tajribasini o’rganish natijalari
51
I
Is
h
n
i
n
g
m
a
q
s
a
d
i
nazorat 12 nafar shug’ullanuvchi va tajriba 12 nafar shug’ullanuvchi guruhlariga
ajratilgan. 13-14 yoshli basketbolchilda xarakatli va estafetali o’yinlarning
jismoniy sifatlarni rivojlantirishda qanday ta’sir k
o’
rsatishini pedagogik tadqiqot
yordamida
o’
rganishdan iborat.
Nazorat guruhi amalda q
o’
llanilib kelinayotgan ananaviy usul (URM va MRM)
asosida shug’ullanib bordilar. Tajriba guruhida q
u
yidagi xarakatli va estafetali
o’
yinlari q
o’
llanildi:
Xarakatli o’yinlar Estafetali o’yinlar:
1.To‘p uchun kurash
1.To‘plar poygasi
№
F.I.O
Fevral
Mart
Aprel
Ko‘rsatkichlar
(sek-to‘p soni)
Ko‘rsatkichlar
(sek-to‘p soni)
Ko‘rsatkichlar
(sek-to‘p soni)
1.
Ataeva Mexribon
38-1
37-1
36-1
2.
Axmedova Nodira
39-1
39-0
38-1
3.
Raxmanova Dibar
37-1
37-1
39-1
4.
Yoldasheva Asal
39-1
37-1
37-1
5.
Rustamova Robiya
36-1
35-1
36-1
6.
Davletova Roxat
35-1
34-1
32-1
7.
Kenjaeva Salomat
38-2
37-1
35-0
8.
Erkaeva Zuxra
37-1
36-1
36-2
9.
Qutimova Go’zal
35-1
36-1
34-1
10.
Saidova Rano
35-1
35-1
36-1
11.
Satimova Maqsuda
36-1
35-1
33-1
12.
Olimova Manzura
40-1
38-2
38-1
O‘rtacha
37,1-1,2
36,7-1
35,5-1
52
2.To‘pni oldirma 2. G’ovlardan aylanib o’tish
3.Xo‘rozlar jangi 3. Govlardan sakrab o’tish
4.Ovchilar va o‘rdaklar
4.
Savatga to’p tashlash
5.Qal’ani himoyalash 5.Chaqqon oyoqlilar
6.Quvlashmachoq
7.Kun va tun
8.Nomerlarni chaqirish
9.Bo‘ri-g‘ovda
10.Etakchiga to‘p berma
11.Qarg’a va chumchuqlar
Yuqorida qayd etilgan xarakatli va estafetali o’yin turlaridan mashg’ulot
jarayonlarida qo’llanildi.
Basketbol to‘pini erga urib kelib, sakrab turib jarima
chizig‘idan savatga to‘p otish natijalari (Nazorat guruhi)
1 jadval
Sportchi basketbol maydonining markaziy chizig‘ining o‘rtasida to‘p bilan tayyor
turadi. Hakamning signali berilgandan so‘ng sportchi to‘pni erga urib jarima chizig‘iga
kelib savatga sakrab turib to‘pni otadi, savatga tushgan yoki tushmagan to‘pni ilib
sportchi qarama-qarshi tomondagi jarima chizig‘iga kelib sakrab to‘p otadi. Mashqda
vaqt va tushirilgan to‘plar soni ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, nazorat guruxida fevral oyida basketbol
maydonida harakatlanish ucun o’rtacha
37,1 daqiqa natijasi qayd
qilingan . Savatga
to’p tushishlar soni 1,2 teng. Mart oyida basketbol maydonida harakatlanish ucun
o’rtacha 36,7 daqiqa, may oyida esa 35,5
Do'stlaringiz bilan baham: |