Termiz davlat universiteti
Arxitektura va qurilish fakulteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
ta’lim yo’nalishi 2- kurs 119- guruh talabasi
Abdurasulov Javohirning
Geologiya mineralogiya va petnografiya asoslari fanidan “Prolyuvial va allyuvial yotqiziqlar va tabiiy hom ashyolar” mavzusida tayyorlagan
Mustaqil ishi
Bajardi: Abdurasulov J
Tekshirdi: Abdimo’minov O
2020-2021- o’quv yili
REJA:
Prolyuvial yotqiziqlar
Allyuvial yotqiziqlar
Tabiiy xom ashyolar
Cho‘kindi jinslaming noqatlamiy yotish shakllari:
Prolyuvial yotqiziqlar tog'li o'lkalarda keng rivojlangan
bo'ladi. Prolyuvial jinslar to'plami tog' tizmalari etaklarida ulami
o'rab turavchi keng mintaqalar hosil qilib yotadi. Bunday
yotqiziqlamig qalinligi o'nlab metmi, uzunligi esa o'nlab va
yuzlab kilometmi tashkil etadi. Prolyuvial jinslar to'plamining
shakllanishida nurash mahsulotlarini tog'etaklariga olib chiquvchi
vaqtincha oqar suvlar va sel oqimlari katta ahamiyatga ega. Bunday
yotqiziqlar uchun yirik xarsanglardan tortib to loyqa cho'kindi laming
saralanmasdan aralashquralash holda to'planishi xosdir. Ko'phollarda tog'etaklaridagi prolyuvial yotqiziqlar mintaqasini tog' yonbag'ridan chiquvchi jilg'alar va soylaming konus yotqiziqlari o'zaro qo'shilib ketishi natijasida hosil qiladi.
Prolyuvial yotqiziqlar asosan to'rtlamchi davr uchun xos
bo'lib, undan qadimiyroq davrlar kesmasida kamdan-kam
uchraydi. Chunki ular tog'li hududlar yotqiziqlari bo'lganligi
sababli tog‘ yemirilishi jarayonida qaytadan yuvilib, yirik
cho'kindi havzalariga olib chiqib ketiladi.
Biogerm, biostrom va rif qurilmalari dengiz yotqiziqlariga xos
bo‘lib, kolonial tarzda yayot kechiruvchi mavjudotlarning qoldiq-
laridan iborat bo‘ladi. Dengiz maijonlari, bulutlar, mshankalar
singari dengiz hayvonlari va suvo‘tlari shular jumlasidandir.
Ulaming aksariyat qismi ohak hosil qiluvehidir. Biogerm va
biostromlaming o‘lchami nisbatan kichik bo‘lib, ulaming
qalinligi metrlar bilan o'lchansa, rif qurilmalari juda qalin va tog‘
tizmalari singari uzoq masofalarga cho‘zilgan bo‘ladi. Bunday rif
massivlari to‘siq (barer) riflari deyiladi (34-rasm).
Barer rifiga Avstraliyaning sharqidagi dengizlarda rivojlangan
ulkan rif massivi yorqin misol bo‘la oladi. Ko‘p hollarda rif
qurilmalari yoysimon, oval va doira shaklida bo‘lib, ular atoll
riflari deyiladi. Atoll riflari Markaziy Amerikadagi ko‘plab
orollami tashkil etadi va bunday ohaktoshli orollar dunyo
okeanining boshqa ko‘pgina ioylarida ham uchraydi.
34-rasm. Dengizdagi r if qurilmalari.
Rif qurilmalari sinchini kolonial organizmlar va suvo‘tlari
io‘plami tashkil etsa-da, odatda ulaming tarkibida yakka holda
liayot kechiruvchi dengiz mavjudotlarining qoldiqlari ham
ko‘plab uchraydi. R if qurilmalari umuman qavariq shaklda va
yuzasining relefi notekis bo‘ladi. Rif qurilmalarida tabiiy
g'ovaklik va bo‘shliqlaming ko‘p bo‘lishi ularda neft va gaz
mahsulotlarining to‘planishiga imkon yaratadi. Bulardan tashqari
rif qurilmalari bilan boksit, tyemir va marganes konlari bog‘liq.
O ’rta Osiyoda karbonatli rif yotqiziqlari devon va yura
davrlarida keng rivojlangan. Janubiy O ’zbekistondagi yura davri
riflarida yirik neft va gaz konlari mavjud.
Olistostromli gorizontlar relefi yuzasi juda tik, g ‘oyali bo‘lgan
joylarda tog‘ jinslari bo‘laklarining zilzilalar ta’sirida o ‘pirilib
tushishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘lakli jinslar relefhing
botiq joylarida to‘planadi. Ulami tashkil qilgan alohida
bo‘laklaming (olistolitlaming) o‘lchami juda katta 1-2 km
gacha yetishi mumkin. Olistostromli gorizotlaming uzunligi esa
bir necha o'nlab km ga boradi. Olistostromli gorizontlar quruqlik
yuzasida ham, dengiz tubida ham hosil bo'lishi mumkin. Dengiz
tubidagi olistostromlar to'siq riflarining tektonik kuchlar ta’sirida
parchalanib, dengiz botiqliklariga qulab tushishi tufayli vujudga
keladi. Ular asosan o'lchami har xil bo'lgan karbonatli tog'
jinslari to'plamini tashkil etadi. Olistostromli gorizontlar Janubiy
Tiyon-Shonda kechki paleozoy dengiz yotqiziqlarida keng
rivojlangan va O ’rta Tiyon-Shon neogen molasslari tarkibida ham
kuzatiladi. Noqatlamli, noto'g'ri shakldagi yotqiziqlarga doimiy muzloq
o'lkalarda rivojlangan morenalar, tog' yonbag'irlaridagi ko'chkilar, turbiditlar va klastik daykalar ham kiradi.
Noqatlamli cho'kindi yotqiziqlaming yana bir turini diapirlar
tashkil etadi. Ulaming hosil bo'lishida plastik xususiyati katta
bo'lgan gil va tuzli cho'kmalar katta ahamiyatga ega. Bunday
yotqiziqlar dastlab qatlamlar holida shakllansa-da, keyinchalik
notekis geostatik bosim natijasida balandga qarab siqib
chiqarilishi tufayli qavariq, zamburaqsimon shakldagi tanalami
tashkil etadi. Plastik xususiyati katta bo'lgan bunday jinslaming
yuqoriga oqib chiqishi tufayli ulaming gumbazidagi qoplab
yotuvchi qatlamlar ham deformatsiyaga uchrab, burmalanadi.
Qatlamli jinslar birlamchi yotishini o'zgartirmagan gorizontal,
deformatsiyaga uchragan qiya va burmalangan yotish shakllariga
ega bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |