Abdulla qodiriy nomidagi



Download 88,5 Kb.
Sana15.09.2021
Hajmi88,5 Kb.
#174699
Bog'liq
SHAXNOZA XOLMUROTOVA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 114-20 GURUH TALABASI TAYYORLAGAN



MAVZU: AXBOROTLASHTIRISH JARAYONI. TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH. JAMIYAT VA TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISHNING HUQUQIY-MEYORIY ASOSLARI

Tayyorladi: Xolmurotova Shaxnoza

Tekshirdi: Bobobekov Shokir

Jizzax – 2021

Reja:

1.Axborotlashtirish jarayoniga oid quyidagi qonunlar



2.Ta’limni axborotlashtirish

3.Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy- me’yoriy asoslari

4. Xulosa;

Axborotlashtirish jarayonigaoid qonunlar ;

Axborotlashtirish to’g’risida

1-modda. Ushbu qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish , axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat .

2- modda . Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari

Axborotlashtirish to’g’risidagiqonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat .

Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa , xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

3- modda . asosiy tushunchalar

Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi :

AXBOROTLASHTIRISH - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurlari , axborot texnalogiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy jarayoni;

AXBOROT RESURSLARI – axborot tizimi tarkibidagi electron shakldagi axborot , ma’lumotlar banki , ma’lumotlar bazasi ;

AXBOROT RESURSLARINING YOKI AXBOROT TIZIMLARINING EGASI-qonun bilan yoki axborot resurslarining , axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi , ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs ;

AXBOROT RESURSLARININ YOKI AXBOROT TIZIMLARINING MULKDORI-

Axbvorot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi , ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar;

AXBOROT TIZIMI - axborot to’plash , saqlash , izlash ,unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan , tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari , axborot texnalogiyalari va aloqa vositalari ;

BLOGER - internet jahon axborot tarmog’idagi o’z veb - sayiti, ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi , shu jumladan axborotdan foydalanuvchi tomonidan ushbu axborotni muxokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs;

4 – modda .Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati

Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari , axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan .

Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat;

Harkimning axborotini erkin olish va tarqatishga doir konititutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish , axborot resurslaridan erkin foydalanilishini taminlash;

Davlat organlarining axborot tizimlari , tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Rspublikasining yagona axborot makonini yaratish ;

Xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;

Davlat axborot resurslarini shakllantirish , axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish , ularning bir - biriga mosligi va o’zaro aloqada ishlashini ta’minlash ;

Axborot texnalogiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish ;

Axborot resurslari , xizmatlari va axborot texnalogiyalari bozorini shakillantirishga ko’maklashish ;

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;

Tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish , ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.

5 – modda . Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi .

6 – modda . Maxsus vakolatli organ

Maxsus vakolatli organ :

Davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi ;

Axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi ;

Davlat organlarining axborot tizimlari , tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko’maklashadi ;

Axborotlashtirish sohasidagi standartlar , normalllar va qoidalarni ishlab chiqadi ;

Axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatsiyalashtirish ishlarini tashkil etadi ;

Yuridik va jismoniy shaxslarning o’z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Axborot resurslari , xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko’maklashadi ;

Axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monito’ringni tashkil etadi ;

Axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobilyati va xafsizligi manfaatlarini ko’zlab axborot xafsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalaniloishini ta’minlaydi;

Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi .

7 – modda . Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi

Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi ;

Axborotni hujjatlashtirish , axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini ;

Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqini ;

Axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo’yicha toifasi ;

Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini;

Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.

8 -modda . Axborotni hujjatlashtirish

Axborotn hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir . Axborotni xujjatlashtirish tartibi maxsus vakolati organ tomonidan belgilanadi .

Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi .

9 – modda . Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi

O’zbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy hamda xususiy mulk bo’lishi mumkin .

Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo’ladi:

Axborot resurslari hamda axborot tizimlarining davlat budjeti mablag’lari , yuridik va jismoniy shaxslarning o’z mablag’lari yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishi;

Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqining o’zga shaxsga o’tishi shartlarini o’z ichiga olgan oldi-sotti shartnomasi yoki boshqa bitim ;

Meros olish .

Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mukin.

10-modda . Davlat axborot resurslari

Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi :

Davlat organlarining axborot resurslaridan ;

Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat bujjeti mablag’lari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan ;

Yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslaridan ;

Yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan .

Yuridik va jismoniy shaxslar xujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakillantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart .

Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi , davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan.

Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

11-modda . Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari

Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish mumkin bo’lgan axborot resurslariga va foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslariga bo’linadi.

Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mukin bo’lgan axborot resurslaridir .

Davlat sirlari to’g’risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo’yilgan axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resusrslariga kiradi .

Axborot resurslarinig mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanilishi mumkin bo’lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.

Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi .

12-modda . Axborot resurslaridan foydalanish

Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng huquqlarga ega , erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslari bundan mustasno .

Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin .

Axborot bilan ta’minlashga doir axborot va xizmatlar ro’yxatlarini , axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi hamda shartlari haqidagi ma’lumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchi –

larga bepul taqdim etadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan o’zlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta havola etgan holda hosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin .

12.1- modda . Hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni internet jaxon axborot tarmog’ida tarqatish

Veb - saytning va (yoki) Veb- sayt sahifasining egasi , shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan internet jaxon axborot tarmog’idagi o’z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

O’zbekiston Respublikasining mavjud konistitutsiyaviy tuzimini , hududiy

Yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat etish ;

Urush zo’rovonlik va terroriaimni ,shuningdek diniy eksremizim , separatizm vz fundamintalizim g’oyalarini targ’ib qilish ;

Davlat siri bo’lgan ma’lumotlarniyoki qonu bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish

Milliy ,irqiy , etnik yoki diniy adovat qo’zg’atuvchia , shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr –qimmatiga yoki ishchanlikobro’siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishiga yo’l qo’yuvchi axborotni tarqatish;

Giyohvandlik vositalari ,psixotrop moddalar va prekursorlarni targ’ib qilish ;

Pornografiyani targ’ib qilish ;

Qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikgasabab bo’lgan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo’l qo’ymasligi shart.

21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish

Davlat organlari ,yuridik va jismoniy shaxslar o’z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda internet jahon axborot tarmog’iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.

Erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslarini o’z ichiga olagan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda internet jahon axborot tarmog’iga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari ko’rilganidan keyin amalga oshiriladi.

22-modda . Nizolarni hal etish

Axborotlashtirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

23-modda. Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobga bo’ladilar .

TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH :

Ta’limning zamonaviy jamiyat hayotidagi o’rni ko’p jihatdan bilim va axborotning o’sib borayotgan ro’li bilan belgilanib ,axborot jamiyatining rivojlanishi , axborot ssivilizatsiyasining shakllanishi va ta’limni axborotlashtirish tushunchalarida aks etadi .

Kmpyuter texnalogiyalarining jadal rivojlanishi tufayli odamlar dunyoning istalgan burchagida turlu xil malumotlarga ega bo’lishlari , ma’lumot almashtirishlari , real vaqt rejimida muloqot qilishlari mumkin. Axborot oqimiga erkin yo’nalish berish uchun har qanday pirofilning zamonaviy mutaxasissi kompyuter , telekomunikatsiya va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni olish ,qayta ishlash va foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak .Ammo buning uchun siz mavjud bo’lgan ma’lumotlarning katta qismi orqali navigatsiya qoidalarini bilishingiz va ma’lum bir ma’lumot madaniyatiga ega bo’lishingiz kerak .

Ta’lim tizimini axborotlashtirishda o’qtuvchidan darsni yangi innavatsion va pedagogic texnalogiyaning asosini axborot olish va qayta ishlashdan iborat .

Talim texnalogiyasining eng muvofaqyatli usullaridan biri kompyuter texnalogiyasi hisoblanadi . Ta’limda kompyuter (yangi axborot )texnalogiyasi - bu o’quvchiga axborotni tayyorlash va yetkazish vositasi kompyuter orqali amalga oshiriluvchi jarayondir .

O’qituvchi AKT’dan foydalanib ,dars o’tishda bu o’sib kelayotgan avlod uchun mo’ljallangan saboq ekanligini unutmasligi kerak , demak, darsga tayyorgarlik ko’rish jarayonida maqsadga ko’ra dars rejasini tayyorlashi dars o’quv materiali tanlashda asosiy :tizimlilik hamda muntazamlilik , qulaylik, differentsial yondashuv ,ilmiylik va boshqa didaktik tamoyillarga rioya etish zarur .

Shuni unutmaslik kerakki , kompyuter o’qtuvchisining o’rnini bosa olmaydi , balki uning fikirlariga qo’shimcha beradi xolos .

AKT’dan foydalanib o’tiladigan darsga quyidagi :



  • Moslashuvchanlik tamoyili: kompyuterning bolaning individual xususiyatlariga tasiri ;

  • Boshqaruv tamoyili: o’qish jarayonining istalgan vaqtida o’qituvchining rahbarligi ;

  • Ta’limda intirektivlik va dialogli sharoitning mavjudligi ;

  • AKT o’qituvchi va o’quvchining harakatlariga “qo’shimcha berishi”;

  • Go’yoki ular bilan dialogda “bo’lishi” hamda kopyuter savodxonligini shakllantira borishi kuzatiladi ;

  • Individual va guruhiy ishlashningqulayligi ;

  • Kompyuter bilan ishlashda o’quvchining psixologik holatining barqarorligi;

  • Ta’limda cheksiz imkoniyatlar : mazmuni , ilovalarining ko’pligi kabi jihatlar xos bo’ladi .

Kompyuterdan foydalanib , dars o’tishning barcha bosqichlarida :

  • Darsga tayyorgarlik va ta’lim jarayonida ;

  • Yangi materialni tushuntirish ;

  • Mustahkamlash ;

  • Takrorlash ;

  • Nazorat qilishda AKT vositalari keng qo’llanilishi mumkin .

Bunda kompyuter quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi :

  1. Kompyuter o’qituvchi funksiyasida :

  • O’quv axborot lari manbayi ;

  • Ko’rgazmalilik ;

  • Trenajyor ;

  • Tashhis va nazorat vositasi ;

  1. Ish quroli funksiyasi :

  • Matnlar tayyorlash vositasi ;

  • Ularning saqlanishi ;

  • Grafik muharrirlik ;

  • Darsga tayyorgarlik ko’rish va javob berishga tayyorlanishda

foydalanilishidan iborat .

JAMIYAT VA TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISHNING HUQUQIY – ME’YORIY ASOSLARI

JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISH – yuridik jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari , axborot texnalogiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jarayondir .

Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etishni talab etadi :



  • Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlarga tadbiq etish ;

  • Jamiyat azolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o’ratish ;

  • Jamiyat azolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan samarali foydalanishlarini ta’minlash .

Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • Axborot iqtisodiyotining rivojlanishi ;

  • Axborot tangligini bartaraf etish ;

  • Axborot texnalogiyasining glaballashuviga erishish ;

  • Turli axborot resurslariga erkin kirib boorish ;

  • Axborot resurslarining ustunligini taminlash ;

  • Yangi axborot texnikasi va texnalogiyalarini keng qo’llash ;

  • Boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish;

  • Axborotlashgan jamiyatda madaniyat .

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan dastlabki yillardanoq, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berila boshlandi va bu soha bosqichma bosqich rivojlantirilmoqda .

2003 – yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib , axborotlashtirishning iqtisodiy , huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlandi Hamada axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishi belgilab berilgan .

1995 – yil fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “UzPAK” ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini yaratish (MUMT) va xalqaro tarmoqlarga ,shu jumladan internetga chiqish to’g’risidagi qarori qabul qilindi . Ushbu qarorga asosan , korxona telekomunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha “Milliy operator va provayder” maqomini oldi va xo’jalik hisobidagi “UzNET”information-kompyuter xizmati uning tarkibiga kiradi .

Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq , vazirliklar , idoralar , muassasa va tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator xalqaro tashkilotlar- ning axborot tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’I- ga birlashtirish yo’li bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda .

Axborotlashtirish faoliyati soxasida qonunchilik yaratish yo’lidagi muhum qadam sifatida 1995 – yil 25 – yanvarda qabul qilingan `1”Axborot , axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishini va kuchga kiritilishini ko’rsatish lozim . Bu Qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga solidi :


  • Axborot resurslarini yaratish , yig’ish , qayta ishlash , to’plash asosida shakllantirish va undan foydalanish va iste ‘molchilarga taqdim etish ;

  • Axborot texnalogiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan foydalanish ;

  • Axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashinuvinida ishtirok etuvchi subyektlar , huquqlarini himoya qilish .

Axborot texnalogiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo’nalishi quyidagilardan iborat :

  1. Davlat statistika tizimi, kredit- moliya va bank tizimlari;

  2. Electron ma’lumotlar bazasi;

  3. Fan- texnika axborot (FTA) tarmog’I;

  4. Ta’lim , kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash , ishtimoiy muxofaza va sog’liqni saqlash soxalari axborot tizimlari;

  5. Ma’lumotlarni uztish va aloqa tizimlari ;

  6. Favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish .

Mazkur dasturda Vazirlik va Maxkamalarning axborot tarmoqlari, milliy axborotni hisoblash tarmog’ini yaratish , kopyuterlar va xisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish , yangi axborot texnalogiyalari soxasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish , xujjatlashtirishning meyoriy uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan .Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish birnecha bosqichda amalaga oshirish ko’zda tutilgan .

Respublikamizda qabul qilinayotgan meyoriy hujjatlarda kopyuterlashtirish va axborot texnalogiyalar soxasida kadrlar tayyorlash ,ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq vazifalari oldinga qo’yilgan va maqsadli yo’nalishlari ifodalab berilgan.

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha jahon hamjamiyatiga kirish faolligini oshorish maqsadida qomusimizga , fuqorolik kodeksi , jinoiy protsesual kodekslarga o’zgartirishlar kiritildi .

Hukumatimiz tomonidan so’nggi yillarda axborotlashtirishga oid quyidagi qonunlar ishlab chiqildi :



  1. Telekomunikatsiyalar to’g’risida ;

  2. Axborotlashtirish to’g’risida ;

  3. Aloqalar to’g’risida ;

  4. Radio chastotalar to’g’risida ;

  5. Po’chta aloqasi to’g’risida ;

  6. Elektron xujjat aylanish to’g’risida;

  7. Electron to’lo’vlar to’g’risida;2005-yil 16-dekabrda qabul qilingan;

  8. Electron raqamli imzo to’g’risida; ERI 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan.

  9. Electron tijorat to’g’risida;

  10. Kompyuter jinoyatchiligi to’g’risida;

  11. Electron hisoblash mashinalari va malumotlar bazasi dasturlarini huquqiy himoyasi;

  12. Topologiya va integral sxemalarining huquqiy ximoyasi;

  13. Axborotga kirishni kafolatlash va erkinliklsri to’g’risida;

  14. Standartlashtirish to’g’risida;

  15. Kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida;

  16. Alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida;

  17. Muallifli huquqi to’g’risida ;

  18. Ilmiy texnik axborot tizimi to’g’risida;

  19. Shaxsiy malumotlarni himoyalash to’g’risida;

  20. Axborot xavfsizligi to’g’risida.

2005- yil 16-dekabrda qabul qilingan “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi qonunga hamda Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-sonli “Electron tijoratni amalga oshirishda to’lovlarni o’tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq –eKarmon electron to’lovlar tizimini ishlab chiqdi.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2005-yilgi 2-iyundagi “Axborot Kommunikatsiya texnologiyalari soxasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-91 sonli , 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot kommunikatsiya texnologyialarini yanada rivojlantirishning chora tadbirlari to’g’risidagi “117-sonli, 2005-yil 28-sentyabrdagi “O’zbekiston Respblikasi jamoat ta’lim axborot tarmog’ini yarartish to’g’risida”gi PQ-191-qarorlaridan ko’zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab,litsey , kasb –hunar kolejlari hamda oliy o’quv yurtlarida kompyuter axborot texnoligiyaalri bilan ishlashga o’rgatish keng ko’lamda yo’lga qo’yilmoqda.Buning uchun , avvalo ,bilim dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda -Informatika va axborot texnalogiyalari faniga bo’lgan talab ham ortmoqda .



XULOSA:

Xulosa qilib aytganda , ta’lim jarayoniga axborot texnalogiyalarining tadbiq etilishi , shubhasiz , boshqaruv masalalarini sifat jihatdan yuqori darajada hal etish va yanada samarali ish usullari hamda shakllariga o’tish imkonini beradi .
Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish