9C-19-guruh talabasi ibrohimov sanjarning o‘zbekiston tarixi fanidan bajargan nazorat ishi



Download 21,41 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi21,41 Kb.
#77774
  1   2   3
Bog'liq
Nazorat ishi



9C-19-GURUH TALABASI IBROHIMOV SANJARNING O‘ZBEKISTON TARIXI FANIDAN BAJARGAN NAZORAT ISHI

1.O‘zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati

XXI asr bo‘sag‘asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O‘zbekistonning

eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo‘ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo‘lgan Respublika

Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida qzbek xalqining xohish-irodasi bilan

O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi tashkil

etilganligi e‘lon qilindi va «Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun bilan mustahkamlandi.

1 sentyabr O„zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro‘yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo 20-asr xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og‘ir

va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yqlda katta qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi.

Endilikda xalqimizning o‘z taqdiri o‘z qo‘lida, o‘z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida astoydil mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga qqshildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida qzining munosib qrnini egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bqlib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G‘arbni bog‘lab kelgan. Uning maydoni 447,4 ming kv.km ni tashkil etib, G‘arbdan Sharqgacha 1425 km ga, Shimoldan Janubgacha 930 km ga chqzilgan. Respublika tarkibida 12 viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 165 qishloq tumani, 120 shahar va 116 shaharcha, 1421 qishloq (ovullar) mavjud.

O‘zbekistonda 130 dan ortiq millatlar va elatlarning vakillari bqlgan, 34 millionga yaqin kishi yashaydi. Aholini tqrtdan uch qismiga yaqini qzbeklardir. Respublika aholisining yarmidan ko‘proq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining 60 foizga yaqinini bolalar, o‘smirlar va 25 yoshga etmagan yigit-qizlar tashkil etadi. O‘zbekiston qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor erlar, kuchli iqtisodiy, ilmiy va ma‟naviy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatdir.

O‘zbekistonning mehnatsevar, iste‟dodli va mehmondo‘st xalqi mamlakatimizning chinakam boyligidir. Bizning davlatimiz aholini o‘sish sur‘atlari va mehnat resurslari yuqori bo‘lgan mintaqa hisoblanadi. Mamlakatimizning katta tabiiy boyliklari, qudratli sanoati va qishloq xqjaligi, kuchli ilmiy va ma‟naviy salohiyati O„zbekistonning rivojlangan, gullabyashnayotgan davlatga aylantirish garovidir.

O‘zbekiston tarixi predmeti.

Har qaysi mamlakat, har bir xalq qzining uzoq va betakror tarixiga ega bo‘lganidek, O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e‟tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar,tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bqlib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma‟lum darajada aralashchuvi sodir bqlgan, ularning madaniyati, fani, san‟ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.

Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O„zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O„zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bqlib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko‘tarilgani jahonga ma‟lum.

Vatanimiz tarixi qzbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qqshganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg„oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat qzbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar.

Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi kqhna shaharlar bugungi kunda

jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O„zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me‟morchilik majmualari va yodgorliklarni kqrib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste‟dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar qqimoqdalar, tazim qilmoqdalar.

Muqaddas erimiz orqali qtgan Buyuk ipak yqli Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog„lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.

Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha-necha ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz qtmishini «O‘zbekiston tarixi» fani o‘rgatadi.

Tarix - arabcha so‘z bqlib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma‟nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq qtmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.

«O„zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib qtgan uzoq va murakkab tarixiy yqlini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy hayotini holisona qrganishdan, tushuntirishdan iboratdir.

O„zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga kqtarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san‟atini yoritadi. Vatanimiz tarixi qzbeklarning xalq, millat bqlib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma‟naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini qrgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma‟lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bqlib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bqlganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat kqrsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini keng rejada o‘rgatadi.

«O„zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yqliga kirishi, mustaqilli yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini qrgatadi.




Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish