9C-19-guruh talabasi ibrohimov sanjarning o‘zbekiston tarixi fanidan bajargan nazorat ishi


ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN O’RTA OSIYOGA AMALGA OSHIRILGAN ISTILOCHILIK YURISHLARI



Download 21,41 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi21,41 Kb.
#77774
1   2   3
Bog'liq
Nazorat ishi

2. ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN O’RTA OSIYOGA AMALGA OSHIRILGAN ISTILOCHILIK YURISHLARI.

Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi

VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqniig boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va| jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlariii boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar ■ yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Eron shohi Yozdigard III (632-6^ I), sosoniylarning so‘nggi vakili arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.) dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvoza-lari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar.

Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 Yillarga to‘g‘ri keladi. Shu yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga yurish qiladi. 651-yilda Marv shahri egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn Amirga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilak shaharni topshiradi.

O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga •vrib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.

706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.

Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi.

Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig‘ida to‘plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda og‘irlasha bordi. Shunda bu ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi Narshahiyning yozishiga ko‘ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o‘z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan Sug‘d podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar Sug‘dni arablar ketganidan so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo‘linishga sabab bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovg‘a-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi.

Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi.

Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o‘zgartirdi. Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi. Xorazm shu bilan o‘z mustaqilligini yo‘qotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o‘z qushini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari '•ilan birgalikda Samarqandga yo‘l oladi.

Arab bosqinchilariga qarshi xalq ozodlik kurashlari. Abu Muslim xarakati. Mavorounnaxr. Xijriyning 100 y.da. (719) arab xokimyati tugaydi degan gap-so'z tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo'lib, 720 yilda So'g'd axolisi bosh ko'taradi. Qo'zg'olanga Samarqand ixshida G'urak va Panjikent xokimi Devashtichlar boshchilik qiladi.Sug'dlar yordam berish uchun turk hoqonni shahzoda Ko'rsul boshchiligida turk lashkarini Samarqandga yuboradi. Sug'ddagi qo'zg'olon umumxalq qo'zg'oloniga aylanib ketdi. Qo'zg'olonchilar arablarga qat'iy zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab xarbiy qismlarigina katta bosh va e'tiborli vakillarini qo'zg'olonchilar ihtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz bu qo'zg'olonni bajarishga muvofaq bo'lolmadi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ'ibotiga boshchilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi. Abu Muslimga «payg'ambar xonodoning ishonchli vakili» degan unvon beriladi. O'z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zadoganlariga murojat etish bilan boshlanadi. U Marv shahridan 3 farsan G'arbda Xarnon ariig'i sohilidagi Safizanj qishlog'ida o'ziga qarorgoh qurib oladi. Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xurosan aholisiga murojatida u Qur'on va xadislarga amal qilishga, payg'ambar avlodlariga bo'ysinishga chaqiradi. Arab, keyinchalik maxalliy zadoganlar uni qo'llab-quvvatlay boshlaydi.



Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish