2-Mavzu: Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari Режа 2.1 Korxonalarda innovatsiyaning xayotiylik davri va ahamiyati 2.2 Korxona innovatsion faoliyatida iqtisodiy uslublarning ahamiyati. 2.3 Korxonalarda innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.4 Korxonalarda yangi tejamkor texnologiyalarni qo‘llash holati. 2.1 Korxonalarda innovatsiyaning xayotiylik davri va ahamiyati. - Korxonalarni innovatsion faoliyatida fan-texnika ko‘z o‘ngimizda kundan- kunga rivojlanib taraqqiy etib borayotgan paytda, iqtisodiy va barcha ijtimoiy munosabatlar tizimida chuqur sifat o‘zgarishlari kechayotgan hozirgi murakkab o‘tish davrida iqtisodiyotda salmoqli tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.
- Korxonalardagi islohotlarning maqsadi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish innovatsion faoliyatni takomillashtirish, aholi ijtimoiy himoyasini va farovonligini oshirishda innovatsion faollikni innovasiyaning hayotiylik davri tutgan o‘rni yuqori bo‘lishlikdan iboratdir.
- Mazkur siyosat asosini mamlakatning yirik tabiiy resurslari, ichki salohiyatidan samarali foydalanish, korxonalarda va sanoatda ilmiy asoslangan holda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini taraqqiy ettirish va ularning mamlakatdagi ichki iqtisodiy muammolarni hal etishda invetitsiyani yo‘naltirish, aholi bandligini ta’minlash va boshqalarni tashkil etadi.
Korxonaning Innovatsion faoliyati
Mamlakatda yuqori iqtisodiy o`sish va rivojlanishni ta`minlash uchun korxonalarda innovatsion faoliyatini yo`lga quyish zarur.
Korxonaning innovatsion faoliyati – yangi bilim va texnplogiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan tadbirlar yig`indisi.
Innovatsiyaviy yangi mahsulot yaratish bosqichlari
1.Fundamental tadqiqotlar va muammo yechimiga bo‘lgan nazariy yondashuv ishlab chiqilishi
2.Amaliy tadqiqotlar va eksperimenta l modellar
3.Eksperi mental ishlab chiqish, sinash, xatolarni tuzatish
4.Birlamchi izlashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishga tushirish va mahsulot yetkazish
5.Iste’mol, asta-sekin eskirish,ishlab chiqarishni qayta qurish va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish
Shunday qilib, innovatsiya va yangiliklar innovatsiyaviy faoliyat natijasida yuzaga keladi, ular o‘zaro bog‘liq va biri ikkinchisisiz mumkin emas.
Ularning asosiy farqi shundaki birinchi holatda – yangi mahsulot shakllanishi jarayoni ro‘y bersa, ikkinchisida – uni tijoratlashtirish jarayoni amalga oshiriladi.
Innovatsiyaviy jarayonning asosiy bosqichlari
Fundamental tadqiqotlar
Amaliy tadqiqotlar
Tajriba-konstruktorlik ishlanmalari
Yangilik eskirishi va almashtirilishi
Iste’mol
Birlamchi o‘zlashtirish
Yangi g‘oya va kashfiyotlar paydo bo‘lishi zaruriyati
Tarqatish
Shunday qilib, innovatsiyaviy faoliyatning boshqaruv ob’ekti sifatida va innovatsiyaning hayotiylik davri kengaytirilgan ta’rifi quyidagi jihatlarni aks ettirishi lozim:
fan va texnikaning rivojlanishi, ob’ektiv iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar asosida jamiyat ehtiyojlarini o‘sishi natijasida, ishlab chiqarishning doimiy takomillashuvini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteriga ega jarayonlar;
ishlab chiqarishning yangi sifatiga ega bo‘lish imkonini beruvchi yangi mahsulotlarni yaratish, tijoratlashtirish va ekspluatasiya qilish uchun etarli bo‘lgan ishlab chiqarishning innovatsiyaviy salohiyatidan foydalanishning yuqori darajasini ta’minlovchi hatti-harakatlar.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab innovatsion jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatdoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini mustaqil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |