MAVZU: POPULYATSIYATSION GENETIKA VA MOLEKULYAR EVOLYUTSIYA.
Reja:
1.Populyatsiya va uning genetik strukturasi.
2. Populyatsiyaning genetik tuzilmasi.
3. Populyatsiyadagi irsiylanish.
Tayanch iboralar: populyatsiya, genetik struktura, taksonlar
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib klassik solishtirma–anatomik, embriologik, biogeografik, paleontologik va boshqa metodlar yordami bilan yuqori sistematik taksonlarga kiruvchi organizm guruhlarining evolyutsiyasiga doir qonuniyatlar aniqlandi. Ammo evolyutsion jarayonning boshlang’ich bosqichlari-yangi turlarning kelib chiqishiga ta’sir ko’rsatuvchi evolyutsion jarayonning mexanizmi esa kam o’rganilganicha qoldi.
Genetika bir butun holda organizmlarning genetik konstitutsiyasini va irsiy axborotning avloddan-avlodga o’tkazishligining boshqarilish qonuniyatlarini o’rganadi. Populyatsion genetika umumiy genetikaning bir tarmog’i bo’lib organizmlar guruhlarida, ya’ni populyatsiyalarda namoyon bo’luvchi irsiy jarayonlarni o’rganadi. Populyatsion - genetik olimlar populyatsiyalarning genetik tuzilmasini va uning avlodlarda bo’lgan o’zgarishlarini tadqiq qiladilar. Qator avlodlar zaminida sodir bo’ladigan irsiy o’zgarishlar evolyutsion jarayonning asosida yotadi. SHu sababli populyatsion genetikaga ma’lum darajada evolyutsion genetika sifatida ham qarash mumkin. SHunday bo’lsa-da genetikaning bu ikki tarmog’ini tabaqalash kerak bo’ladi. Populyatsion genetikaning predmeti konkret turlarning populyatsiyalari bo’lsa, evolyutsion genetika esa bir turga yoxud har xil turlarga mansubligidan qat’iy nazar har qanday populyatsiyalar bilan ish ko’radi. Masalaga bu xildagi yondashish evolyutsion genetikaning populyatsion genetikaga qaraganda umumiyroq fan ekanligini, populyatsiya genetikasini o’zining tarkibiy qismlaridan biri sifatida qarashlikni taqozo etadi.
Biologik tadqiqotlarning har qanday jabhasida (tarmog’ida) o’rganilayotgan materialni pirovard natijada endilikda bo’linmaydigan darajaga yetgan birliklarga ajratish talab etiladi. Genetikada bunday birlik bo’lib gen, sistematikada – tur, ekosistemani o’rganishda – biogeo-tsenozlar hisoblanadi. Evolyutsion tadqiqotlarda bunday bo’linmas birlik bo’lib populyatsiya xizmat qiladi.
Tabiatdagi kuzatishlar hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar har qanday turining individlari tur areali doirasida notekis taqsimlanganini va ularning zichligi o’zgarib turishligini ko’rsatadi. Notekis taqsimlanish ikki xil – individlar guruhlarining «orolcha» shaklda, hamda individlarning «yig’ilgan» shaklda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Individlarning zichligi yuqori bo’lgan yashash joylar individ-lar zichligi past bo’lgan joylar bilan gallanadilar. Har bir tur individlarining bu xildagi «zichlik markazlari»da yashab turgan qismiga populyatsiyalar deb qaraladi.
Populyatsiya deb uzoq muddat davomida tur arealining muayyan bir joyida yashaydigan, o’zaro erkin chatishib nasl beradigan, mustaqil genetik tizim hosil qiladigan, o’z-o’zini qayta tiklovchi individlar yig’indisiga aytiladi. Populyatsiyaga berilgan bu ta’rifdan shu narsa ayon bo’ladiki – populyatsiya bu katta sondagi avlodlar hayoti davomida ma’lum darajada o’ziga o’xshash individlar guruhidan ma’lum darajada alohidalangan, hammavaqt ham yetarli bo’lgan ko’p sonli individlar guruhidan iborat demakdir. Populyatsiya eng kichik elementar individlar guruhidan iborat bo’lib, ular uchun evolyutsiya xosdir. Nima uchun alohida olingan organizm yoki tur evolyutsiya jarayonining birligi bo’la olmaydi degan savol tug’iladi. Alohida olingan organizmning evolyutsion jarayon birligi bo’la olmasligining sababi shundaki, bu individning genotipi hayotining butun davomida o’zgarmas va uning hayot davomiyligi cheklangan (garchand bir xil organizmlar, masalan, sekvoyyalar bir necha ming yillar yashasa ham). Turlar esa Yer yuzasida notekis tarqalgan bo’lib, ko’pincha territorial bo’lingan lokal populyatsiyalar shaklida hayot kechiradilar. SHu sababli, hamda juda ko’p sonliligi va geterogenligi (tur ichidagi o’zgaruvchanlik tufayli) uchun tur evolyutsiya jarayonining birligi bo’la olmaydi. Boshqa tomondan, populyatsiya avlodlarning uzilmas bir qatorini hosil qiladi. Bundan tashqari, popu-lyatsiyaning genetik tuzilmasi avloddan-avlodga o’zgarishi, ya’ni evolyutsion rivojlanishi mumkin. Zamondagi populyatsiya mavjudligining uzluksizligi biologik irsiylanish mexanizmi bilan ta’minlanadi.
Evolyutsion jarayonni o’rganishda genofond haqidagi tasavvur katta ahamiyatga ega. Populyatsiyadagi barcha individlar genotiplarining yig’indisi genofond deb ataladi. Diploidli organizmlarda N sondagi individlarga ega bo’lgan populyatsiyaning genofondi diploidli (2N) genomdan iborat. Har bir genom ota-onalarning biridan olgan barcha gene-tik axborotni saqlaydi. SHunday qilib, N sondagi individlardan tashkil topgan populyatsiyaning genofondi har bir lokusda 2N bo’lgan genlarni va N juftli gomologik xromosomalarni o’z ichiga oladi. Jinsiy xromosomalar va jins bilan birikkan genlar bundan mustasno bo’lib har bir geterogamet organizmda 1ta ekzemplyardan uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |