8-mavzu. Analitik psixoterapiya Analitik psixologiyada shaxs psixik erengiyasi



Download 24,15 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi24,15 Kb.
#593115
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Analitik psixoterapiya


8-mavzu. Analitik psixoterapiya
Analitik psixologiyada shaxs psixik erengiyasi
Psixoanaliz asoschisi Freyd K.YUngni (1875-1961) shogirdi sifatida qabul qilgan bo‘lsada, YUng psixoanalizdan farqli boshqa yo‘nalishda shaxs nazariyasini yaratdi. YUng inson tabiatiga xos yangi va keng tahlilni yoritdi va analitik psixologiya deb nomladi.
YUng libido tabiati borasidagi Freydning qarashlariga qarshi chiqdi. Uning fikricha libido asosiy jinsiy energiya emas, balki hayotiy energiyadir. YUng libidoni 2 usulda qo‘llaydi: 1- tarqoq va umumiy hayotiy energiya va 2- psixika nomini olgan tor ma’noda psixik energiyalar. U psixik energiyani tushuntirishda fizikaga tayanadi va uch asosiy prinsipni ilgari suradi: teskarilik, ekvivalentlik va entropiya.
Teskarilik prinsipi: fizik energiyaning teskarilik yoki polyarlik jihati mavjud, masalan, issiq va sovuq, baland va past, yaratilish va yo‘q bo‘lish. Ushbu prinsipga asosan har bir xohish va kechinmaning teskarisi mavjud. Ushbu teskarilik – polyarlik o‘rtasidagi nizo – xulqning asosiy motivatori va energiyaning generatori hisoblanadi. Polyarlik o‘rtasidagi nizo qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik kuchli energiya paydo bo‘ladi.
Ekvivalentlik prinsipi: fizikaning energiya saqlanishi prinsipiga asoslanadi. Biror faoliyatga yo‘nalgan energiya yo‘qolmaydi balki boshqa faoliyatga yo‘naladi. Masalan, biror faoliyatga bo‘lgan qiziqishimiz so‘nsa, psixik energiyamiz boshqa faoliyat turi bilan o‘rin almashadi. Agar psixik energiya boshqa faoliyatga yo‘nalmay qolsa, ongsizlik tomon oqadi va takroriy ravishda energiya bezovtaligi yuzaga keladi.
Entropiya prinsipi: fizikada energiya farqining tenglashishini bildiradi. Masalan, issiq va sovuq jismlar bir-biriga tegib turganda, ularning darajasi tenglashadi. Energiyalar o‘rtasida almashinish kechadi va gomeostaz yuzaga keladi. Bu qonuniyat shaxs psixik energiyasiga xos bo‘lib, balans yoki tenglashishga nisbatan moyillik mavjud.
K.Yung ajratgan psixikaning uch tuzilmasi
K.YUng inson psixikasining uch darajasini ajratadi: ego, shaxsiy ongsizlik va jamoaviy ongsizlik.
Ego ongilik markazi, psixikaning idrok, tafakkur, kechinma va xotira bilan bog‘liq qismi hisoblanadi. Bu insonning o‘zini anglashi va faol hayotda munosib faoliyat yuritishi uchun mas’ul hisoblanadi. Ego tanlovchan faoliyatni bajaradi va individga ta’sir qiluvchi stimullarning faqat ma’lum qismini anglash darajasiga qabul qiladi.
YUng shaxs psixik energiyasi individning tashqi olami yoki ichki olamiga yo‘nalgan bo‘lishiga ishonadi va shaxs tiplari klassifikatsiyasida insonning o‘ziga yoki tashqi olamga yo‘nalganligiga urg‘u beradi. Psixik energiya individning tashqi yoki ichki olamiga yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda odamlarni introvertlar va ekstrovertlarga ajratish mumkin.
Ekstrovertlar ochiq, kirishimli, boshqa odamlarga va tashqi dunyoga yo‘nalgan bo‘lsa, introvertlar yolg‘iz va uyatchan, o‘ziga, o‘zining fikr va kechinmalariga yo‘nalgan bo‘ladi.
YUng fikricha, barcha insonda har ikki tipga ham moyillik mavjud bo‘ladi, lekin ulardan faqat biri dominantalik qiladi. Dominant tip yo‘nalishi shaxs xulqi va ongliligini nazorat qilishga moyillik ko‘rsatadi. Dominant bo‘lmagan tip yo‘nalishi ta’sirchan bo‘lib saqlanadi, shaxsiy ongsizlikning bir qismiga aylanib, xulqqa ta’sir etadi. Masalan, ma’lum vaziyatlarda introvert shaxs ekstroversiya xususiyatlarini namoyon etadi.

Download 24,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish