Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 1,18 Mb.
bet1/10
Sana29.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#419072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi


Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Reja:




  • Tashqi jinsiy a’zolar (genitalia externa)

  • Ichki jinsiy a’zolar (genitalia enterna)

  • Sut bezlari

Ayol jinsiy a’zolarini tashqi va ichki jinsiy a’zolarga ajratiladi. Tashqi jinsiy a’zolar asosan jinsiy his a’zolari hisoblanadi; ichki jinsiy a’zolar homilani yetiltirish va bola tug‘ish funktsiyasini o‘taydi.


TASHQI JINSIY A’ZOLAR
(GENITALIA EXTERNA)
Tashqi jinsiy a’zolarga qov, katta va kichik (uyatli) jinsiy lablar, klitor, qin dahlizi, uning katta bezlari – Bartolin bezlari kiradi (1rasm), tashqi va ichki jinsiy a’zolar o‘rtasidagi chegara qizlik pardasi (hymen) hisoblanadi.
Katta jinsiy lablar (labia pudendae majora) – uzunasiga ketgan, jinsiy yoriqni ikkala tomondan chegaralab turadigan ikkita teri burmasidan iborat. Teri ostida qalin yog‘ qatlami bor, undan qon tomirlar, nervlar va fibroz tolalar o‘tadi. Katta jinsiy lablar orasi jinsiy yoriq (rima pudendi) deb ataladi. Katta jinsiy lablar bag‘rida qin dahlizining katta bezlari – Bartolin bezlari (glandulae Bartholini) joylashgan. Ular yumaloq, loviyadek keladigan alveolyar-naysimon bezlardir. Bezlarning alveolalari epiteliy bilan qoplangan, bu epiteliy sekret ishlab chiqaradi. Sekret bez yo‘li orqali tashqariga chiqadi, bu yo‘lning uzunligi 1,5–2 sm. Bezlar katta jinsiy lablarning orqa bo‘limlari bag‘rida yotadi, ularning chiqarish yo‘llari kichik jinsiy lablar bilan qizlik pardasi (yoki uning qoldiqlari) dan hosil bo‘lgan egatga ochiladi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish