7. O’zbekiston respublikasi yangi tahrirdagi soliq kodeksi va shu kabi qonun hujjatlari bilan tanishish



Download 40,31 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi40,31 Kb.
#257220
  1   2   3   4
Bog'liq
hisobot


7.O’zbekiston respublikasi yangi tahrirdagi soliq kodeksi va shu kabi qonun hujjatlari bilan tanishish

Ma’lumki yurtimizda 2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Aytib o‘tish joizki, mazkur hujjat soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirishga yo‘naltirilgan konseptual o‘zgartirishlardan iborat va uning asosiy maqsadi - insofli soliq to‘lovchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Ushbu hujjatga asosan, davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlar shakllari hamda mexanizmlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi quyidagilarni nazarda tutadi:

kodeksdan muayyan toʻlovlar va yigʻimlarni chiqarib tashlash va ularni alohida qonunlarga oʻtkazish (davlat boji, bonuslar, yigʻimlar);

ayrim soliqlarning (ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq) nomi va tuzilmasini oʻzgartirish;

ayrim soliq toʻlovchilar (qishloq хoʻjaligi korхonalari, oilaviy korхonalar) uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish.

O‘zbekiston Prezidenti 2019-yil 30 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Аyrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Yangi tahrirdagi kodeks qabul qilinishi tufayli mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi.

Taʼkidlash joizki, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 21 ta bo‘lim, 72 bob va 483 moddadan iborat bo‘lib, soliq turlari 13 dan 9 ga qisqartirildi va soliq tekshirish 3 turga kamaydi, soliq to‘lovchilarga ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar berildi.

2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq soliq to‘lovlarini amalga oshiradi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.

Soliq kodeksida qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, aylanmadan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanishga oid soliqqa oid normalar, shuningdek ularni hisoblash tartibi va ularni to‘lash muddatlari belgilangan va ochib berilgan.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tenglik, oddiy, aniq va natijali prinsiplarga asoslanganligi bilan katta ahamiyatga ega. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalarda amalda bo‘lgan soliq qarzini debitor qarzdorlik hisobidan undirish tartibidan voz kechilmoqda. Bundan tashqari, soliqlar va yig‘imlar, shuningdek boshqa majburiyatlarni hisoblash va to‘lash masalalari bo‘yicha axborot to‘plash uchun sayyor tekshiruv o‘tkazilishi belgilanmoqda. Sayyor tekshiruv yakunlari bo‘yicha soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan ular amalga oshirgan harakatlar to‘g‘risida maʼlumotnoma tuziladi, uning nusxasi soliq to‘lovchiga beriladi. Soliq organlari tomonidan axborot texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlarining yangicha tartibi joriy etilmoqda. Endilikda soliq tekshiruvlarini oʼtkazish uchun nomzodlar inson omilisiz, dastlab kamida 42 ta mezonlar asosida tahlika-tahlil (risk-analiz) dasturi yordamida tanlanadi. Tahlika-tahlil asosida xo‘jalik subʼyektlarini xavflilik darajasiga qarab 3 ta segmentga (yashil, sariq va qizil yo‘laklarga) ajratadi hamda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, soliq nazoratining yangi kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv va soliq auditi o‘tkaziladi. Qonunchiligimizga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar mamlakatimizda tadbirkorlikka yanada erkinliklar berish hamda ularning rivojlanishi hisobiga soliq tushumlarini ko‘payishiga, insofli soliq to‘lovchilarga yordam berish, eng asosiysi, “xufiyona” faoliyat ko‘rsatadigan subʼyektlarni aniqlashga xizmat qiladi.

8. 2020- yil uchun o’zbekiston respublikasining davlat budjeti to’g’risidagi O’RQ-589-son qonuni bilan tanishish.

2020- yil uchun o’zbekiston respublikasining davlat budjeti to’g’risidagi qonun

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan hamda

Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma’qullangan.

Ushbu Qonunning maqsadi 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs;

ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va o‘ziga ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs;

umumiy fiskal balans — O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni o‘z ichiga olgan jamlanma balans;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi.

Prezident 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi. Bu kabi hujjat Oʻzbekistonda birincha marta qabul qilinmoqda. U barcha darajadagi davlat boshqaruvi sektorlarining byudjet javobgarligini oshirish, byudjet ijro intizomini mustahkamlash, byurokratiyani qisqartirish imkonini beradi, shuningdek mahalliy hokimiyatlarga koʻproq erkinlik beradi.

Davlat byudjeti ijrosi, ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan foydalanish va erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot berish meхanizmi joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, Byudjet kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunlarga tuzatishlar toʻplami qabul qilindi, ular yuqorida bayon etilgan barcha yangiliklarni aks ettiradi va qonun hujjatlarini Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga muvofiqlashtiradi.

Respublika budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablag‘lari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablag‘lar bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkazilishi mumkin.

9.O’zbekiston respublikasining ‘2020 yil uchun .O’zbekiston respublikasining davlat budjeti to’risida’gi qonuni ijrosini taminlash chora tadbirlari to’g’risida PQ-4555-sonli qarori bilan taminlash.

Ilk bor, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlarini kengaytirish, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning mas’uliyatini yanada oshirish, mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan yangi budjet tizimi joriy etilmoqda

2020-yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi

O‘z navbatida, amalga oshirilayotgan islohotlar vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi darajali xarajatlarni, davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish borasida javobgarligini oshirishni, manbasi aniq bo‘lmagan tadbirlarni amalga oshirmaslikni hamda budjet intizomini yanada qat’iylashtirishni talab etadi.

Davlat moliyasini tizimi va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:

Quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi;

soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;

budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;

budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda xalqaro moliyaviy institutlarning takliflarini inobatga olgan holda 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjet-moliya sohasidagi asosiy vazifasi etib belgilandi;

soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish, soliqlar yig‘ilishi darajasini oshirish, mavjud zaxiralarni safarbar etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali tegishli budjet daromadlari prognozining bajarilishini ta’minlash;

budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda uni tejash, budjet intizomini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi bo‘yicha hisobdorlik tizimini kuchaytirish;

birinchi navbatda moliyalashtiriladigan (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar) xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va kreditor qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik;

obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘larni, birinchi navbatda, oldingi yillardan o‘tuvchi obyektlarni ishga tushirishga yo‘naltirish;

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olinadigan tashqi qarz mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltirish hamda ulardan samarali foydalanish orqali natijadorlikni ta’minlash.




Download 40,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish