7-LАBОRАTОRIYA ISHI
Mаvzu: Noto'qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi.
Laboratoriya ishining maqsadi: Noto‘qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish usullari, noto‘qima matolarning xilma-xilligi bilan tanishish.
Topshiriq
1.Noto‘qima matoto‘g‘risida tushuncha. Ishlab chiqarish usullari jarayonlari o‘rganilib, chizmalari chizilsin.
2.Noto‘qima matoning o‘lchamlari, o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Gazlamaning shakllanish jarayoni to’quv dastgohida quyidagicha bajariladi.
Tayyorlov bo’limida ohorlangan tanda ipi o’ralgan to’quv g’altagi 1 dastgohning orqa tomoniga o’rnatiladi. Tanda iplari to’quv g’altagidan chuvalib chiqib, skalo 2 ni egib o’tib, lamel 3 ni va shodalar 5,6 da o’rnatilgan gula (galevo) 4 ning ko’zlaridan o’tadi. So’ngra tanda iplari tig’ 7 ning tishlariorasidan o’tadi. Tig’ 6 dastgoh batan mexanizmi to’siniga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan. 10 bilan to’qimaning qirg’og’i ko’rsatilgan. To’qimani hosil qilish uchun shodalar yordamida tanda iplarining bir qismi ko’tarilib, ikkinchisi esa pastga tushadi, buning natijasida bo’shliq homuza (zev) hosil bo’ladi, bu bo’shliqqa moki 8 yoki boshqa usul bilan arqoq ipi tashlanadi. Tashlangan arqoq ipining tebranma harakat qilayotgan batan 15 da o’rnatilgan tig’, to’qima qirg’og’iga surib kelib siqib qo’yadi. Buning natijasida to’qimaning bir elementi hosil bo’ladi. hosil bo’lgan to’qima yo’naltiruvchi (grudnisa) 12 ni egib, tortuvchi val 13 orqali, yo’naltiruvchi valiklardan o’tib to’qima o’raladigan val 14 ga o’raladi
4.To’quv dastgohi turlari va ularda ishlab chiqariladigan matolar. Barcha to’quv dastgohlari to’qimaning shakllanish tamoyiliga qarab: uzluksiz va davriy to’quv dastgohlariga bo’linadi. Uzluksiz dastgohlar ko’p homuzali va dumaloq bo’lishi mumkin. Dumaloq dastgohlarda qopsimon to’qimalar ishlab chiqarish mumkin. Ko’p homuzali dastgohlar tuzilishi murakkab bo’lganligi va to’qiladigan to’qimalar turi cheklanganligi uchun to’quvchilik amaliyotida keng tarqalmagan.To’qima davriy shakllanadigan to’quv dastgohlarini turlari ko’p bo’lib, ular turli ko’rsatkichlariga qarab tasniflanadilar. homuzaga arqoq tashlash usuli bo’yicha to’quv dastgohlari mokili va mokisizlarga bo’linadi. Mokisiz to’quv dastgohlar arqoq tashlagichli (mitti mokili), rapirali, pnevmatik, gidravlik va aralash usulda arqoq tashlovchi dastgohlar bo’lishi mumkin.Mitti mokili dastgohlar ikki turga bo’linadi: arqoq tashlagich torsion valdan harakat oluvchi va havo yordamida harakatlanuvchi arqoq tashlagichli to’quv dastgohlar.Rapirali dastgohlar o’z navbatida- qayishqoq, bikr va teleskopik rapirali bo’lishlari mumkin. Pnevmatik dastgohlar ham o’rnatilgan havo yo’naltiruvchi turiga qarab konfuzorli yoki shakldor tiqli bo’lishi mumkin. Rapirali va pnevmatik to’quv dastgohlari bir fazali-dastgoh bosh valni bir marotaba aylanganda bitta arqoq tashlovchi yoki ikki fazali ikkita arqoq tashlaydigan dastgohlar bo’lishi mumkin. o’rnatilgan homuza hosil qiluvchi mexanizm turiga qarab, dastgoh kulachokli, shoda ko’taruvchi karetkali va jakkard mashinali bo’lishi mumkin.Kulachokli homuza hosil qiluvchi mexanizm eng oddiy bo’lib, bosh va ayrim mayda naqshli o’rilishli to’qimalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Karetkalar tanda va arqoq bo’yicha rapportdagi iplar soni katta bo’lgan o’rilishlar to’qishda ishlatiladi. Jakkard mashinali to’quv dastgohlari yirik naqshli o’rilishlardan to’qimalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Ishlab chiqariladigan to’qimalarni nimaga ishlatilishiga qarab dastgoh oddiy va maxsus to’qimalar ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Oddiy to’qimalarga kiyim-kechak va uy ro’zqorbop to’qimalar to’qiydigan dastgohlar kiradi. Maxsus dastgohlarda texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, tukli matolar va boshqalar ishlab chiqariladi.To’quv dastgohi quyidagi mexanizmlar va qismlardan tuzilgan bo’ladi:
МАВЗУНИНГ ТУЗИЛМАВИЙ МАНТИҚИЙ ЧИЗМАСИ
Қўшимча тармоқли титиш тозалаш агрегати
4-расм
Каркас 5. пханке
плотине 6. плотина
тикувчи 7. тирқишли
4. ҳалқали игна 8. юргизгич
Игна санчиш машинасининг технологик чизмаси.
1.Нотўқима мато ишлаб чиқариш технологияси.
2.Нотўқима матоларни турлари ва ишлаб чиқариш усуллари.
3.Тикиб боғлаш усулида нотўқима матолар ишлаб чиқариш.
4.Толали холстни тикиб боғлаш. Каркасли нотўқима матолар ишлаб чиқариш.
5.Игна санчиш усулида нотўқима мато ишлаб чиқариш.
Mustaqil ish
1.Noto’qima matolarni ishlab chiqarilishi to’g’risida internet tarmog’idan ma’lumot to’plang. Noto’qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarish usullarini izohini hisobotda keltiring.
Nazorat savollari
1.Noto’qima mato ishlab chiqarishning ustunliklari nimalardan iborat ?
2.Noto’qima mahsulotlari ishlab chiqarish usullariga tavsif bering.
3.Noto’qima matolarning artikullariga tavsif bering.
4.Noto‘qima matoning o‘ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |