Kalit (tayanch) so‘zlar: shtrix kod, shtrix kodlash, EAN – 13, EAN – 8, original maket, nazorat soni.
Zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.
Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo).
Shtrix kodlash, uning xususiyatlari va qo‘llanilishi.
Shtrix kod – raqamlar, harflar, belgilar to‘g‘risida komp’yuterga tez va aniq informasiya kiritish uchun har xil qalinlikdagi ketma-ket joylashgan shtrixlar va oraliqlar ko‘rinishidagi kodlash tizimi bo‘lib, u optik tarzda ko‘ndalang skanerlash yo‘li bilan o‘qiladi.
Shtrix kodlash – ma’lumotlarni avtomatik tarzda yig‘ish va identifikasiya qilish texnologiyasi va u ma’lumotlarni ma’lum bir qoida asosida o‘rnatilgan forma, kattalik, rangda qaytarish qobiliyati, elementlar kombinasiyasi formalashtirilgan shaklda yozishga asoslangan.
Shtrix kodlar – ma’lumotni tezlikda kiritish usuli. Xattoki oddiy yorug‘lik-nero (svetovogo nera) yordamida shtrix kodlar bir xil informasiyani qo‘lda kiritishga ketadigan vaqtdan bir necha bor kam vaqtda skanerlashtiriladi. Zamonaviy skanerlar ma’lumot kiritish jarayonini bundan ham tezlashtirish qobiliyatiga egadir.
Shtrix kodlashtirishning xatolarining sonini kamaytirishdan tashqari boshqa afzallik tomonlari bor: ma’lumotni tez va kam xarajat bilan yig‘ish, aloqaning effektivligi, ma’lumotni izlab topish va saqlash. Bu ma’lumotni ko‘proq ishlab chiqarish va aniqligini oshirishda, operasiyalar grafigi va etkazib berishni yaxshilaydi, bundan tashqari ishlab chiqarish vaqt sarfini kuch, odam, resurslari, materiallar va pullarni qisqartiradi va tejaydi.
Shtrix kodning tuzilishi. Rasmda EAN – 13 iste’molchi tovarning shtrix kod simvolikasi keltirilgan (1-rasm).
Ma’lumotni kodlashtirish uchun simvollar, shtrixlar va oraliqlarning ma’lum bir joylashish kengligi ishlatilgan.
Rasmli sonning har bir qismi yoki ma’lumotning har bir turi kodlashtirilishi shtrix kod shaklida yozilishi mumkin (Masalan, buyurtma soni yoki tovar partiyasining soni).
6.1-rasm. 13 simvolli- EAN
6.2-rasm. 8 simvolli-EAN
6.3-UPC kodlari
Shtrix kodlashni skanerlashtirish kod tagida yozilgan sonni komp’yuterga kiritish bilan bir o‘rinda turadi va bu juda muhim. Klaviatura yoki shtrix kodni o‘qish bo‘yicha qanday bir ma’lumot kiritilmasin, ularning ko‘rsatkichi o‘zgarmay qolaveradi.
Shtrix kod simvolidagi informasiyani o‘qish uchun skanerning nuri shtrix kodga qaratiladi. Dekoder yordamida shtrix kodda kodlashtirilgan ma’lumotni olamiz. Shtrixlar va oraliq ko‘rinishida kodlashtirilgan raqamli ma’lumot shtrix kod tagida yoziladi. Bu belgilar bizga tushunarli, chunki ularni odam tomonidan o‘qilsa bo‘ladi.
Shtrix kodlar aniq tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, shtrix kodni o‘qishda aniqlangan xatoliklar 1000 dan 1 % kam. Testlar shuni ko‘rsatadiki, shtrix kod ko‘rinishidagi kodlashtirilgan informasiyaning aniqligi 10000000 belgiga bitta xatolikni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |