Shtrix kodlashning huquqiy asoslari. Shtrix kodlashning huquqiy asoslari bo‘lib, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasida shtrix kodlashni kiritish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilingan:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi 21 aprel 1999 yil № 188 «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulotlarni shtrix kodlash va sertifikasiyaga tayyorlash to‘g‘risidagi choralar», tovarlarni sertifikasiyaga tayyorlash va mahsulotlarni shtrix kodlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Tadbirlar rejasi qo‘yidagilarni belgilangan.
- Ekspertga ishlab chiqilgan tovarlarni shtrix kodlash bo‘yicha ishlarni tugatish;
- O‘zbekiston Respublikasi xududida shtrix kodlash tizimini ishlatilishini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan me’yoriy xujjatlar, metodik qo‘llanmalar komplektini ishlab chiqish;
- O‘zstandart agentligi xuzuridagi SMSITIning markazida shtrix kodlar original – maketlarini ishlab chiqish bo‘yicha markazni tashkil etish va uni kerakli uskunalar bilan butlash;
- «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulot, tovarlarni majburiy shtrix kodlash to‘g‘risidagi» o‘rnatilgan tartibda kelishilgan formoyish loyixasini tayyorlash va vazirlar mahkamasiga kiritish;
“O‘zstandart” agentligi buyrug‘iga asosan SMSITIda shtrix kodlash markazi tashkil etildi va uning nizomi tasdiqlandi. SMSITIda 1999 yil aprel’ oyidan boshlab shtrix kodlash markazi o‘z faoliyatini boshlagan va u kerakli uskuna va programmalar bilan taminlangan. Shtrix kodlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘rnatilgan muddatlarda kerakli me’yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan.
2) O‘zbekiston mahsulotlari ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchini xalqaro tovar raqamlashtirish tizimida identifikasiya qilish, iste’molchi huquqini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatik hisobga olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tovarlarga shtrix kodlashni kiritish» to‘g‘risidagi 438 sonli farmoyishi qabul qilingan.
Farmoyishda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
O‘zbekiston Respublikasining tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi qoshida tovarlar va mahsulotlarni identifikasiya qilish markazi «EAN O‘zbekiston» yaratish va bu bilan mahsulotni shtrix kodlashtiriladigan tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatadigan sub’ektlarini registasiya qilish va xalqaro talablarga muvofiq identifikasiya tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini metodik boshqarish va O‘zdavstandart tomonidan shtrix kodlar maketini yaratish.