6-mavzu: xotira reja



Download 33,79 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi33,79 Kb.
#930070
Bog'liq
6-mavzu


6-MAVZU: XOTIRA
Reja:

  1. Xotira haqida umumiy tushuncha.

  2. Xotira jarayonlari

  3. Xotira turlari.

Xotira o’tmish tajribaning odam ongida, esida olib qolinishi, esga qaytadan tushurilishi va tanib olinishi aks ettirishidan iborat bo’lgan murakkab ruhiy jarayon hisoblanadi. Odam xotirasida uning idrok qilgan narsalaridan tashqari, o’ylagan narsalari ham, yashab turgan davri, o’tmish va kelajak davrga oid hollar aks etadi.


Xotira materialining muxim qismini tanish orqali esga olingan material tash qiletadi. Tanish ayni choqdanoq qilinayotgan narsani ilgari idrok qilingan narsa bilan aynanlashtirib bulib, har xil darajada yuz beradi.
Psixologik jixatdan bilish va tanish bir-biridan tamomila farq, qiluvchi ikki ruhiy xolat bulib, qaysi narsani oldindan tanish vazifa qilib qo’yilsa, o’sha narsa hamisha puxta esga olinadi. Esda olib qolish bilan tanishiish qanchalik aniqligini o’zaro bir-biriga solishtirilsa, narsalarni tanish ularni esga olinishga qaraganda ancha aniq bo’lishiga ishonch hosil qilinadi.
Xotira materialining vaqtga qarab o’zgarishiga doir tajribani nemis psixologi German Ebbingauz o’tkazgan. Uning tajribalariga ko’ra odam biron narsani esga olganidan keyin bir kun vaqt o’tgach uning 25 foizini unutadi.
Esga olingan materialni qay xajmda esda saqlash xar bir shaxsga xos xotira tipining sifatiga ham bog’likdir. Bir xajmda va bir xildagi material xotira tipining sifatiga qarab turli shaxslarda turlicha xajmda iz qoldiradi. Xuddi shuning singari unutilish jarayoni (kamayish miqdori) ham xar xil shaxslarda turlichadir.
Xotira prosessiga xos xususiyat shundaki, odamning ko’rgan va eshitgan narsalari qoldirgan iz miya pustlog’ida o’sha narsalarning obrazi tarzida saqlanadi. Buning natijasida odam istagan vaqtda bu obrazlarni o’z ongida qayta tiklay oladi.
Xotira prosesslari quyidagilardan iborat:
1. Esga olish
2. Esda saqlash.
3. Yodlash.
4. Qaytaday esga tushirish.
5. Unitish
6. Tanib ola bilish
Xotira materiali esga olishdan boshlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, esga olishning miqdori xotira tipining sifatiga, shaxsning ehtiyojlariga, esga olinuvchi materialning xarakteriga bog’likdir.
Esga olish natijasida xotiradagi turli-tuman materiallar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Esga olishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz formalari bor. Ixtiyoriy esga olishda shaxs iroda kuchi sarflaydi u yoki bu narsani esga olishga o’zini majbur etadi. Ixtiyoriy esga olish bilim egallash, san’at va hunar o’rganishning muhim shartidir.
Esga olib qolingan bilim ichidan ayni choqda zarur bo’lgan ma’lumotni esga tushirish qobiliyati xotiraning sermaxsulligini belgilovchi sifatlar ichida eng muhimi xisoblanadi. Xotiraning shayligi (xozirjavobligi) materialni esda saqlab qolish jarayonidayoq paydo bo’lib boradi. Materialni esda olib qolishda uning ma’nosini albatta tushunib olish va bu material kerak bo’ladi deb, esga tushiirish talab etiladigan hollar bilan uni bog’lab borish lozim.
Esga olish jarayonida odamning narsalardaga o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini topa bilish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Obrazli qilib aytganda, xotira aql xujrasidir. Bu xujrada juda ko’p tokchalar bor, aqlga olinadigan narsalarning hammasini o’z tokchasiga joylashtirish zarur. Esga olingan narsalar bu tokchalarda javon qutilarga solingandek turadi. Kerakli ma’lumotni olish uchun muayyan quti ochiladi, xolos.
Bilim mazmunini xotiraga to’liq olish uchun o’sha soha bilimiga xos sistemalilik, o’sha bilimning nima uchun esga olinayotgani undan qachon va qanday xollarda foydalanish zarurligini yaxshi tushunishning amaliy ahamiyati katta. Chunki odam xamma vaqt uzi istagan narsalarnigina esga olavermaydi.
Xotira materialining ma’lum qismi ixtiyorsiz ravishda esda olib qolingan bo’ladi. Futbol ishqibozi klasslar bo’yicha komandalarni, uyinchilarning ismini, familiyasini, o’yin vaqti va joyini hamma vaqt xotirada saqlab yuradi. Bu ixtiyorsiz esga olishning misolidir.
Esga olingan material mazmunan logik va mexanik xarakterga ega bo’ladi. Agar odam u yoki - bu narsani mohiyatiga, ma’nosi-mazmuniga xar tomonlama chuqur tushungan xolda esga olsa, bunday esga olish logik esga olishdir.
Logik esga olish mantiqiy esga olish bulib murakkab aqliy prosessning yakunidir. Professor K.K.Platonov logik esga olimning bosqichlarini sxema tarzida quyidagicha keltiradi:
- esda olib qolingan materialning ma’nosiga tushunish
- materialni analiz qilish
- eng muhim fikrlarni ajratib olish
- umumlashtirilgan materialni esda olib qolish,
Logik esga olish ta’lim va tarbiya jarayoni uchun eng muhim shartdir. Aks xolda o’quvchilar ta’lim materialining ma’nosini tushunmaydilar, quruq yodlashdan iborat bo’lgan ta’lim usuli o’z o’quvchilariga puxta bilim bera olmaydi, chunki o’quvchiga quruq yodlab olish bilim bermaydi. Xar bir o’quvchi o’z zexnini asosiy bilimlar bilan oshirishi va mukammalashtirishi zarur, chunki agar o’quvchining olgan bilimining hammasi uning ongida qaytadan ishlanmasa, u xolda bu bilim puch bir narsaga aylanadi, quruq bir lavxaga aylanadi, o’quvchi esa quruq bir maqtanchoq bo’lib qoladi, sarflangan kuch va vaqt behuda ketadi.
Bilimlarni logik xotira yordamida o’rganishda tafakkurning roli kattadir. Xotira materiali tafakkur yordamida atroflicha bilib olinadi va yangi ma’no, mazmun kasb etadi. Logik xotira orqali olingan bilimlar shaxsning aqliy taraqqiyotiga barakali ta’sir etadi va xotirada uzoq saqlanadi.
U yoki bu narsaning mohiyati va mazmuniga chuqur tushunmasdan esga olish yo’li bilan o’rganilgan material xotirada uzoq vaqt saqlanmaydi. Mexanik esga olib qolish orqali bilim egallash ko’pincha yoshlarda uchraydi.
Esda saqdashning yanada murakkab formasi yodlashdir. Materialni - yodlash orqali esda saqlashning o’ziga xos-murakkabligi shundaki, bunda xotira egasi materialga qushimcha qila olmaydi yoki uning biror qismini tushirib qoldira olmaydi, undan andoza oladi, xolos.
Esga olingan materialni ma’lum fursat o’tgandan so’ng qaytadan esga tushirish xam xotira proseslarining muhim tomonidir. Esda saqlanayotgan yoki yodlangan materialni qaytadan maqsadga muvofiq xajmda esga tushirish uning qay xajmda esga olinganligi, takrorlanish ritmi, xotiraning o’tkirligi, maxsuldorligi va xozirjavobligiga bog’likdir.
Qaytadan esga tushirish prosessida reministensiya va amneziya xollari xam mavjuddir. Zarur paytda esga tushmagan yoki avval unitilgan deb xisoblangan materialning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira prosessi reministinsiyadir. Reministensiya materialni vaqtincha unutish bulib, uning sababi nerv sistemasining charchashi, zaharlanishi yoki shaxsning kuchli xayajonlanishi kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
Qismangina esga tushirish yoki butunlay esga tushira olmaslik amneziyadir. Bu xolatda shaxs xatto eng oddiy narsalarni ham esga - tushira olmaydi. Psixopatologik nuqson, ayrim kasalliklar yoki bosh miya qobig’ining kasallanishi natijasida amneziya xolati yuz beradi.
Odam egallagan bilimning qancha vaqtdan keyin qancha qismi xotirada saqlanishini bilishning amaliy ahamiyati juda katta. Psixologik tadqiqotlar isbotiga ko’ra, ma’nosiga tushunib esga olishda erishiladigan natija mexanik tarzda o’rganilganiga qaraganda 25 marta yuqori buladi. Ma’nosiga tushunib esga olingan bilim xotirada uzoq vaqt saqlanadi, ammo u xam vaqti-vaqti bilan takrorlanib turilmasa, oxiri baribir unutiladi.
Odam xotirasi mazmuni ko’rish va eshitish (obraz xotirasi), xatti - xarakatlarni aks ettirish xotirasi (xarakat xotirasi), fikr va g’oyalarni (mantiqiy xotira), -o’z boshidan kechirgan xis-tuyg’ularini (emosional xotira) aks ettirish kabi yo’nalishlardan iborat bo’lib, doimo esda saqlanishi va unitilishi kerak bo’lgan mazmun o’z qutichalari faoliyatiga bog’liq bo’ladi.
Unutish batamom va qisman unutish kabi ikkiga bo’linadi. Agar bilim batamom esdan chiqib ketgan bulsa, batamom unitish, ayrim qismlari esdan chiqib ketgan bo’lsa, qisman unutish deb yuritiladi. Olingan bilimlarni unutish bir qancha sabablarga asoslanadi. Birinchidan, unitish esga olingan bilimning amalda qo’llanishiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, unutish shaxsning o’sha bilimga nisbatan bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi. Uchinchidan, unutish jarayonida shaxsning individual sifatlari va nerv sistemasi tipining ham roli bor.
Xotira prosesslarida tanib ola bilishning ham ahamiyati muhimdir. Inson xotirasida xamma predmetlarga xos belgini saqlab qolish imkoniyati bor. Shuning -uchun xam odam hamma predmetlarni taniydi, o’z ehtiyojlari uchun ulardan o’rinli foydalanadi.
Xotira prosessalarida aralash xotirlash ham mavjuddir. Bunday xotirani assosiasiya yoki assosiativ xotirlash deb ham yuritiladi. Bir vaqtda esga olingan narsa va hodisalar o’rtasida miyada hosil bo’lgan bog’lanish assosiasiyadir. Masalan, odam o’z do’stining ismini eslaganda, o’sha odamga xos bo’lgan boshqa belgilar ham (turar joyi, kasb-kori, tuzilishi. xulq-atvori va x.k. eslanadi).
Assosiasiya uch xil yo’l bilan vujudga keladi:
1. Aralashtirib eslash yo’li bilan;
2. O’xshatib eslash yo’li bilan;
3. Bir narsaning teskarisini eslash yo’li bilan.
O’xshashlik assosiasiyasi bir necha voqyea va hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi.
O’xshashlik assosiasiyasi biror predmet yoki voqyeaning qiyofasi yoki bu xaqda tug’ilgan fikr boshqa shunga o’xshash predmetni eslatganda voqye bo’ladi. Uxshatish assosiasiyasining badiiy ijoddagi ahamiyati ayniqsa muhimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xotiraga quyidagicha ta’rif berish mumkin: "Odamning turmush tajribasida bo’lib o’tgan voqyea va hodisalarni esga olishi, esda saqlashi, yodlashi, qaytadan esga tushirishi, unutishi va tanib ola bilishidan iborat bo’lgan aqliy faoliyat xotira yoki xotirlash deb aytiladi".
Xotira bir qancha turlarga bo’linadi.
Xotiraning turlarga ajralishida xotira tafsilotlarining esga olish va qayta esga tushirish jarayonlari xususiyatlariga asoslanadi va uni quyidagi
3 mezon asosida turlarga ajratiladi:
I. Inson faoliyatida ko’proq ko’rinadigan ruhiy, faollik xarakteriga ko’ra:
a) xarakat xotirasi;
b) emosional (tuyg’u) xotira;
v) obrazli xotira,
g) so’z - mantiqik xotira kabilarga.
2. Inson faoliyatining maqsadiga ko’ra;
a) ixtiyoriy xotira;
b) ixtiyorsiz xotira kabilarga.
3. Esga olingan ta’lim materiali, predmetlar va voqyea-xodisalari qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra;
a) qisqa muddatli xotira,
6) uzoq muddatli xotira;
v) operativ xotira kabilarga bulinadi.
Xarakat xotiraga turli xil xarakatlar va ularning tizimlarini esga olish, -esda saqlash va qayta esga tushirishdan iboratdir. Bu xotira turining g’oyat katta ahamiyati shundaki, u yurish, yozish va shuning kabi malakalar qatorida xar xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining asosini tash qiletadi. Agar xarakat xotirasi bo’lmaganda edi, odam biror xarakatni amalga oshirish uchun shu xarakatning o’zini har gal qaytadan o’rganar edi. Amalda jismoniy chaqqonlik, maxoratli faoliyat, xaqqoniy mexnasevarlik tuyg’usining doimo xukmron bo’lishi yaxshi xarakat xotirasining asosi hisoblanadi.
Demak, olamning va barcha predmetlarning xarakatlarini aks ettiruvchi xotira turi xarakat bo’lib, bu xotira odam faoliyati jarayonida namoyon bo’ladigan yurish, yugirish, egilish, bukilish, sakrash kabi xarakatlar natijasidir. Shunga asosan: harakatning bu turi xarakat yoki motor xotirasi deb yuritiladi.
Odamning xar bir predmetga xos bulgan qiyofasini esga olishi obraz xotirasidir. Obraz xotirasi odamning xar bir predmetga xos muhim belgisini tushunib, anglab olishining natijasidir. Bu xotira shaxsga predmetlar o’rtasidagi tafovutni ajrata olish va ulardan to’g’ri foydalanish imkonini beradi. Obraz xotirasi orqali odam o’zi bevosita idrok qilgan narsalarning qiyofasini fikran ko’z oldida, gavdalantiradi.
Obrazli xotira tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, tovushlar xidlar, ta’mlar bilan bog’liq bo’lib, ko’rish, eshitish, tuyish, xid bilish va ta’m xotiralarini xam o’z ichiga oladi. Xotiraning bu yo’nalishdagi mazmuni xar bir shaxsning faoliyat turi bilan bog’liq xolda ayniqsa kuchli namoyon bo’ladi. Obrazli xotira me’mor, xaykaltarosh, shoir va yozuvchilarda aloxida moxiyat kasb etadi va tez rivoj topadi.
Ayrim shaxslarda obrazli xotiraning eydetik turi ham bor. (Eydetik yunoncha "eydos" so’zidan olingan bo’lib, timsol, qiyofa ma’nolarini anglatadi). Eydetik xotira tashqi ta’surotlar tufayli sezgi xotiralarining qo’zg’atishi majmuasidir. Eydetik xotira timsollari ta’sir qilayotgan narsalarsiz ham yuzaga keladi. Bunday xotira egalari avval idrok qilingan narsa va xodisalarning timsollarini uzoq vaqtdan keyin ham aniq, to’liq va yorqin esda saqlash qobiliyatiga ega bo’ladilar va istagan vaqtda ravon qaytadan esga tushiradilar.
Odamning o’z hayoti yoki o’ziga yaqin bo’lgan kishilar hayotida bo’lib o’tgan quvonchli yoki musibatli xolatlarni qaytadan esga tushirishi tuyg’u xotirasi yoki emosial xotiradir. Kishi, hayotida shunday quvonchli, xursandchilik daqiqalari bo’ladiki, odam ularni vaqti-vaqti bilan qaytadan esga tushirishga o’zida extiyoj sezadi. qiz yoki yigit turmushga, hayotga qadam qo’ygan kunini, oilada farzandning dunyoga kelishi, uning maktab ostonasiga qadam qo’yishi, yetuklik guvohnomasini olgan damini, oliy maktab talabaligiga qabul qilinganligi, o’zining yoki yaqin kishisining halol mexnatiga berilgan davlat mukofoti (mexnatning xalq tomonidan taqdirlanishi) kabilarning quvonchi shunchalar cheksiz bo’ladiki, odam bularni tez-tez esga tushiradi va undan rohatlanadi.
Emosional xotira shaxsning ehtiyojlari va qiziiqishlarining qanday qondirilayotganligini, tashqi olam bilan munosabatlarining mazmunini ifodalaydi. Bu jixatdan emosional xotiraning xar bir shaxs uchun alohida axamiyati bor. Yoqimli ta’surotlardan zavqlanish, boshqa shaxslarning shodlik va qayg’ulariga sherik bo’lish, badiiy asar qaxramonlarining kechinmalarini idrok qilish kabilarning barchasi emosional (qayg’u) xotira tufaylidir. Agar shaxs o’z o’tmishini eslab, rangi-ro’yi o’zgarsa, tashqi qiyofasida oqarish, qizarish - bo’zarish xollari yuz bersa, o’tgan quvonchli damlarini o’zgalarga zavq bilan hikoya qilib bersa qayg’uli onlarni eslashdan o’zini saqlashga urinsa, bu undagi emosional xotiraning kuchlilik belgisidir.
Hikoya eshitish, leksiya tinglash, kitob o’qish orqali u yoki bu narsani esga olish so’z xotirasidir. So’z xotirasi nutq orkhqali ifodalanuvchi mantiqiy xotira hisoblanadi. Safar chog’ida bir kupega tushib qolgan ikki suhbatdoshning o’za’ro fikr olishuvlari, tushuntirishlari. savol-javoblari mantiqiy xotiraga misollardir.
So’z xotirasining mazmunini shaxsning fikri tash qiletadi. Chunki, so’z fikrga asoslanib, uning tashqi ifodasi yuzaga chiqishidir. Xotiraning bu turida ikkinchi signal sistemasi asosiy rol o’ynaydi. Mantiqiy xotira xotiraning faqat insonga xos maxsus turi bo’lib, boshqa turlari bilan bog’liq, holda namoyon bo’ladi va rivojlanadi, balki va tajriba orttirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Agar shaxs o’z oldiga aniq maqsad qo’yib, u yoki bu narsani esga olsa yoki qaytadan esga tushirsa, bu jarayonlar ixtiyoriy xotira deb yuritiladi. Muayyan maqsadga asoslanmagan holda biron narsani esda olib qolish yoki qaytadan esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi.
Inson hayotida hamma vaqt o’z xotirasini boshqarish nazorati mavjud. Mana shunday sharoitlarda kerakli narsalar ixtiyoriy ravishda o’rganish va qayta esga olish imkoniyatini ixtiyoriy xotira turi beradi. Shu bilan birga, xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikki ketma-ket bosqich sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlari o’rtasida o’zaro murakkab bog’lanish bor. Bu bog’lanish esga olish jarayonining maxsuldorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shaxs faoliyati uchun qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda operativ xotira turlarining muhim ahamiyati bor. Ma’lum material esga olingach, shaxs tomonidan xotirada tegishli ravishda ishlab chiqarilishi kerak. Bu jarayon ma’lum mikdordagi vaqt birligi talab qiladi, hozirgina bo’lib o’tgan voqyeaning aks-sadosi sifatida kechiriladi. Shaxs ma’lum daqiqalar mobaynida shu momentda bevosita idrok qilmayotgan narsalarini go’yo ko’rayotganday, eshitayotganday bo’laveradi, beqaror bo’ladi va tez o’zgaradi. Shuning uchun bu jarayonlar qisqa muddatli xotira nomi bilan yuritiladi.
Qisqa muddatli xotira bir marta xamda juda qisqa vaqt oralig’ida idrok qilishi va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi: Shaxs u yoki bu materialni ko’p qaytarishi va qayta tiklashi natijasida uzoq, muddat davomida esda saqlash uzoq muddatli xotira deb yuritiladi.
Qisqa muddatli xotiraning vaqt bilan bog’liq tomonini emas. bajarilishi lozim bo’lgan yumush bilan bog’lik tomonini ifodalovchi xotira turi, operativ xotira deb aytiladi. Ayrim yumushlarni bajarishda odamga operativ xotira qo’l keladi. Masalan, badiiy asar tahlili, ximiyaviy tajribalar, matematik (tajribalar) masalalar yechishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni yengishda (aqliy va fikriy jarayonlarning samaradorligini oshirishda) operativ xotira odamga nazariy va amaliy jixatdan yordam beradi.
Inson faoliyati uchun xotiraning sifatli bo’lishi muhim ahamiyatga egadir. Xotira odam biladigan barcha narsalarning asosidir. Hayotdan olingan barcha bilim va tajribalar xotirada po’lat sandiqda saqlaqgandek saqlanadi.
Obrazli qilib aytganda, xotira hyech narsani yo’qotmaydigan, ezmaydigan, ko’zga tashlanmaydigan, qo’lga tushirmaydigan tilla sandiq. U yonmaydi xam, cho’kmaydi xam.
Mustahkam va o’tkir xotira quyidagi xossalarga ega bo’ladi
a) sermaxsul bo’lib, ko’p materialni qamraydi:
b) tez esga oladi;
v) aniq esga tushiradi;
g) uzoq, vaqt yodda saqlaydi:
d) qaytadan esga tushirishga doim tayyor bo’ladi. O’quvchilar xotirasini sifat jihatidan quyidagi to’rt tipga ajratish mumkin:
Esga olish unitish
1. tez sekin
2. sekin sekin
3. tez tez
4. sekin tez
Birinchi tipdagi xotira egasi bo’lgan o’quvchilar materialni tez esga oladilar va uzoq muddat xotirada saqlaydilar. Ularda unutish jarayoni sekin sodir bo’ladi. Bu tip xotira egasi bo’lgan o’quvchilar yaxshi xotirali sifatida izoxlanadilar. Ikkinchi tip xotira egasi bo’lgan o’quvchilar materialni sekin o’zlashtiradilar, ammo uni uzoq vaqt esda tuta oladilar. Ular birinchi tip xotira egasi bulgan o’quvchilardan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining sekinlik bilan farq qiladilar, uchiichi tip xotirali o’quvchilar materialni tez o’zlashtiradilar, lekin bu o’zlashtirish yuzaki bo’ladi va tez unutiladi, Ularning materialni o’zlashtirishga bo’lgan xarakati mexanik moxiyatga ega bo’ladi. To’rtinchi tip xotiraga taalluqli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayoni juda sekin bo’lib, o’zlashtirilgan bilimlarni unutish esa ancha tezdir. Bu tipdagi o’quvchilar kuchsiz xotira egasi sifatida izohlanadilar ular hamma vaqt o’qituvchining diqqat markazida bo’ladilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, xotiraning yuqoridagi to’rt tipi xamma sinf o’quvchilari jamoasida mavjuddir. Bu hol xar bir o’qituvchidan o’z sinfi o’quvchilarining xotira tipini bilishni va ana shundan kelib chikib, o’quvchilarga nisbatan induvidual munosabatda bo’lishni talab qiladi. Chunki o’qituvchi yuqoridagi uchinchi va to’rtinchi xotira tipiga taaluqli o’quvchilarni doim nazorat qilib turmasa, ularni o’z ustida sistemali ishlashga majbur etmasa, ularning xotirasi shu zaifligicha kolaveradi.
Kuyidagi xollar xotiraning asosiy qonuniyatlaridir:
a) maqsad aniq bo’lgandagina-odam u yoki bu narsani uzok, muddat esda saqlaydi;
b) mazmuni to’liq tushunilgan, logik xotira yordamida o’rganilgan material uzoq vaqt esda saqlanadi;
z) esga olingan (o’zlashtirgan) materialni xotirada saqlash uni vaqti-vaqti bilan takrorlab, mashq qilishni taqozo etadi;
g) istalgan materialni uzoq, vaqt esda saqlash va mazmunini chuqur tushunish uchun uni bo’linishi mumkin bo’lgan qismlarga ajratish yo’li bilan o’rganish va takrorlash maqsadga muvofiqdir:
d) xotira dalili bor xamma narsalarni yaxshirok, tezrok va o’ng’ayroq eslab koladi.
Xotirani tarbiyalash muhim psixologik muammodir. Shuning uchun xotira muammolarini o’rganish uzoq tarixga borib taqaladi. Burxoniddin Zarnudjiyning (XII asr "O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma" asarida "Bilimlarni xotirada saqlash esdan chiqarish turlari" nomli maxsus bo’limning borligi fikrimizning yorkin isbotidir. Tarixda uz xotirasi ustida ishlab uni boyitgan, o’tkirlashtirgan va buning natijasida-katta muvaffaqiyatlarga erishgan shaxslar juda ko’p.
Movarounnaxrda ikkinchi "sahix," yo’nalishining asoschisi, musulmon olamida eng yetuk va mashxur mukaddas shayx, imom va xofiz Imom Buxoriy paygambarimiz Muxammad alayhissalomning hadisi shariflarini to’plab, shayxu ulamolardan yozib olib, 600 ming hadis yodlagan. Xotirasidagi bu ulkan imkoniyat tufayli bu mo’tabar zot islom olamida katta shuxrat taratgan, Qur’on va hadisning yod biluvchisi sifatida uning dong’i keng dunyoni zabt etgan.
Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy juda o’tkir zehn va xotira egasi bo’lgan. U bir marta o’qigan sabog’ini qayta takrorlamagan, xotirasining maxsuldorligi tufayli Aristotel davridan o’z zamonasigacha bulgan butun fanlarga taallukli kitoblarni o’qib chiqqan va bu ummondan ko’nglini oziqlantirgan.
Psixologik ma’lumotlar isboticha: Mirzo Ulug’bek nihoyatda kuchli xotira egasi bo’lgan. Uning xotirasi shu darajada o’tkir bo’lganki, juda murakkab matematik masalalarni ma’lumotnomalarsiz bemalol yechavergan.
Arab qizi Bazl bilim olishga hech qanday sharoit bo’lmagan xolda ajoyib xonanda va sozanda, moxir bastakor bo’lib yetishadi. U 30 ming kuyni mukammal o’rganib, 10 ming ohangni o’z ichiga olgan noyob musiqiy asar yaratgan. Uning haddan tashqari sermahsul xotirasi, zakovati, inson tuyg’ularini tug’ri ifodalashi, latofati va nazokati afgor ommani o’ziga maftun etgan.
O’zbek milliy psixologiyasi tarixida ham ajoyib xotira kuchiga ega bo’lgan donishmandlar achagina. "Ming bir kecha", "Chor darvesh", "Baxor donish", "Kalila va Dimna", "Toxir va Zuxro", "Alpomish". "Go’rug’li", "Alisher Navoiy" va yana bir qancha xalq og’zaki ijodi durdonalarini yoddan aytib beruvchi Kusa maddox, Xoji maddox, Sobit ota Yunusov kabilar shular jumlasidandir.
Mashhur adabiyotshunos va tilshunos olimlar akademik V.A.Abdullayev, prof.X.D.Doniyorov, prof.N.Sh.Shukurovlar nihoyatda maxsuldor va hozirjavob xotira egalari edilar. Prof.B.N.Valixo’jayev va prof. S.Z.Mirzayev o’z xamkasblari orasida katta xajmdagi adabiy materialni yoddan aytib bera olish xislatlari bilan ajralib turadilar. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Xotirani o’stirishning birinchi va eng muhim sharti doimiy ravishda mashq qilishdan iboratdir. Xotirani boyitish xamisha yangi-yangi materiallarni esga olish bilan bog’lik bo’lib avval esga olingan .materialni mustaxkam esda saqlash. qaytadan esga tushiraverish natijasida odamning xotirasi takomillashib boradi.
Umuman olganda, xotira bilim olishning asosiy sharti bulib, uning sifat jihatidan yetukligi xar kanday kasb egasi uchun xam benihoya katta ahamiyatta molikdir.
Shunday ekan, yosh avlod xotirasining mukammaligini ta’minlash avvalo oila. maktabgacha tarbiya muassasalari, o’rta umumiy ta’lim xodimlarining, xozirgi davr milliy psixologiyasining eng dolzarb muammolaridan biridir. Avvalo yoshlarda xotira sifatlarini o’stirish oila sharoiti bilan bog’liq bo’ladi. Chunki, bolaning o’ziga yaqin kishilar va o’z muxitadagi predmetlarni topishi va to’g’ri idrok qilish oiladan boshlanadi.
Nazorat uchun savollar :
1. Xotirani ta’riflang?
2. Xotira jarayonlarini tavsiflang?
3. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiraga misollar keltiring?
4. Logik va mexanik esga olishning farqi nimada?
5. Xotiraning fiziologik asosini nima tashqil etadi?
6. Unutishning foydali va zararli jixatlari nimada?
7. Xotiraning ta’limdagi rolini tushuntirib bering?

Download 33,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish