6-mavzu: Moliyaviy nazorat Reja: Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, pryedmyeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari



Download 56,69 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2022
Hajmi56,69 Kb.
#320910
  1   2   3
Bog'liq
moliyaviy nazorat


6-mavzu: Moliyaviy nazorat

Reja:

1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, pryedmyeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari.

2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va myetodlari.

3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.

4. Nodavlat Moliyaviy nazorat

1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, pryedmyeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida Moliyaga ob’yektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, Moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda (aspyektda) qaraladi:

  • barcha iqtisodiy sub’yektlarning Moliyaviy qonunchilik va Moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq ryeglamyentasiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;

  • Moliyaviy opyerasiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada Moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elyenmyenti.

Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi (aspyekti) bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lsa-da, nazoratning maqsadi, myetodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda Moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.

Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) Moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, Shuningdyek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga Moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida Moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, Moliyaviy-xо‘jalik opyerasiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni о‘z ichiga oladi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, Moliyaviy nazorat u yoki bu Moliyaviy harakat sodir bо‘lishining baholashni о‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u о‘zining analitik yо‘nalishiga (aspyektiga) egadir.

Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bо‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, Shu jumladan, Moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham Moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi.

Moliyaviy nazoratning pryedmyeti quyidagi Moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat:



  • turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;

  • soliq tо‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, о‘lchamlari);

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari;

  • tannarx va foyda;

  • uy xо‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;

  • va boshqalar.

Moliyaviy nazoratning pryedmyeti hisoblangan Yuqoridagi kо‘satkichlarning kо‘plari hisobli kо‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, о‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining tо‘g’riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi.

Moliyaviy nazorat Moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bо‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat, bir tomondan, о‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bо‘lgan) ikki sohaga bо‘linadi:


  • davlat Moliyaviy nazorati;

  • nodavlat Moliyaviy nazorati.

Davlat Moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkryet organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining komplyeksli va maqsadga yо‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitusiyasi hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. Uning huquqiy ryeglamyenti davlatning tipiga, uning sosial-siyosiy yо‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq.

Davlat Moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat Moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tyegishli hisoblanadi.

Davlat Moliyaviy nazorati davlatning Moliya siyosatini amalga oshirishga va Moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va Moliyaviy korporasiyalarning Moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bо‘lsa, davlat Moliyaviy nazoratchilari ham davlat syektorida va ham xususiy hamda korporativ biznyes syektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat syektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni ham qо‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va Shuningdyek, hukumat tomonidan о‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgaltyeriya hisobi va hisobotni Yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.

Nodavlat Moliyaviy nazorati ikkiga bо‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik).

Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (kо‘rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish myetodlarining о‘xshashligiga qaramasdan, о‘zlarining pirovard maqsadlari bо‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat Moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tuShurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bо‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat Moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi Moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning о‘zida Moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qо‘yilgan.

Pul munosabatlari, Moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, Shu jumladan, barcha darajalardagi va xо‘jalikning barcha bug’inlaridagi pul fondlari shaklidagi Moliyaviy resurslar Moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita pryedmyeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat kо‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, bartyer bitimlari) amalga oshiriladigan opryeasiyalarning barchasi Moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.

Moliyaviy nazorat о‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:


  • iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimalligi);

  • byudjet Rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);

  • korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tyegishli bо‘lgan mehnat, moddiy va Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;

  • о‘zaro soliq munosabatlari.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bо‘lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • bevosita mamlakatning parlamyenti yoki pryezidyentiga bо‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni о‘rnatishdir;

  • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat pryezidyenti, hukumati yoki Moliya vazirligiga bо‘ysunuvchi soliq muassasi;

  • quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;

  • hisobot hujjatlarining ishonchliligini va Moliyaviy opyerasiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;

  • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, Moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bо‘lgan ichki nazorat xizmatlari.

О‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana Shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qо‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:



  • pul fondlarining о‘lchami va Moliyaviy resurslarga bо‘lgan ehtiyoj о‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir kо‘rsatish;

  • davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning о‘z vaqtida va tо‘liq bajarilishini ta’minlash;

  • Moliyaviy resurslarni kо‘paytirishning ichki xо‘jalik ryezyervlarini qidirib topish;

  • va boshqalar.

Jahon hamjamiyati kо‘p yillik tajriba asosida Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizasiyalashgan davlati intiladi. Bu prinsiplar INTOSAIning Lima dyeklarasiyasida о‘z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • mustaqillik;

  • ob’yektivlik;

  • kompyetyentlik (layoqatlilik, qodirlik);

  • oshkoralik.

Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining Moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlamyent muddatlaridan uzoqligi, Shuningdyek ularning konstitusion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va kompyetyentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka sо‘zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (о‘rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining Yuqori kasbiy darajada bо‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bо‘lishini kо‘zda tutadi.

Ana Shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi Moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin:



  • natijalilik;

  • nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;

  • nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi;

  • tekshirish va taftish aktlarida kyeltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi;

  • pryevyentivlik (Moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);

  • Moliyaviy jinoyatlar bо‘yicha Shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) pryezumpsiyasi;

  • turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi;

  • va boshqalar.

Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, Yuqoridagi prinsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning о‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining о‘z ryeglamyenti (tartibi va kyetma-kyetligi) mavjud bо‘lib, bu narsa pirovardida Moliyaviy nazoratning natijalariga о‘z ta’sirini, albatta, kо‘rsatadi.

Download 56,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish