5-mavzu. Shaxs ekzistensial psixologiyasi(2 soat) Reja



Download 28,31 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2022
Hajmi28,31 Kb.
#569464
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu (8)
7-s-olimpiada-t, 8-sinf-mate-testlar-3, Bir million dasturchi laboratoriyalari, Ahmadov, Ahmadov 610-19EN guruh ppt, ABADOV Odilbek, Faxriyev Obit-yosh fiziologiya —, Farhodova Marjona compressed (1), 4-amaliy mashg`ulot(2) (4), 4-MARUZA, Talaba bilimini baholash, magstrlikka rahbarlik, 0005, 91925 cc936da346fab5911684925e668f2008

5-MAVZU. SHAXS EKZISTENSIAL PSIXOLOGIYASI(2 SOAT)
Reja:



  1. Psixologiyada ekzistensial yo‘nalishning vujudga kelish tarixi.

  2. Karl Yaspers va Martin Xaydegger – faylasuf-ekzistensialistlarning psixologiyaga ta’siri.

  3. Lyudvig Binsvanger va Medard Bossning.

  4. Viktor Franklning ishi shaxs psixologiyasidagi ekzintesial an’ana misolida.

  5. R.Mey nuqta nazarida shaxs.

  6. Dj. Byudjentalning shaxsga qarashlari.

  7. Tayanch ekzistensial ehtiyojlar.



Mashg‘ulotning maqsadi: Qatnashuvchilarni shaxsning ekzistensial psixologiyasining asosiy muammolari bilan tanishtirish.


Vazifalar:

  1. Shaxsning ekzistensial psixologiyasining asosiy muammolarini muhokama qilish.

  2. V.Franklning logoterapiya nazariyasining tahlili.

  3. L.Binsvanger va M.Bosslarning ekzistensial yondashuvlariga ta’rif berish.

Ma’ruzaning tashkiliy shakli: muammoli ma’ruza.
1. Ekzistensial psixologiyada shaxs.
An’anaviy hayotning mazmuninig muammolari falsafaning predmeti hisoblanadi. Faylasuflar odamning hayotining mazmuni nima va u qanday bo‘lishi kerakligi masalasini yechadilar va h.k. Mavjud psixologiya fanlari tizimi doirasida, hozircha qat’iyan hayotiy - mazmuniy muammolarga yo‘naltirilgan, aniq ta’riflangan, maxsus intizom yo‘q.(bunga o‘xshaganlarning bir qismi biologik sababdan tortib g‘oyaviy sababgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni ko‘rib chiqadigan ruhlanish (motivatsiya) nazariyasini o‘z ichiga oladi). Shuning uchun hayot mazmunining muammosi bilan alohida maktab - ekzistensial psixologiya shug‘ullanadi. "Ekzistensiya" tushunchasining o‘zi, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “paydo bo‘lish”, “vujudga kelish”, “shakllanish” ma’nolarini anglatadi. Bu butun ekzistensializmning mohiyatini nafaqat psixologiya va psixoterapiyada, balki falsafa, san’at, adabiyot va hokazolarda ham aniq aks ettiradi. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‘plami sifatida emas, balki doim bor bo‘lgan va bo‘luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‘ynaydi.
Psixologiyada ekzistensial yo‘nalish XX asrning birinchi yarmida Yevropada ikkita g‘oyaning chegarasida vujudga keldi: bir tomondan bu o‘sha paytda odamning holis va ilmiy tahlilining ko‘rsatmasi va deterministik qarashlari bilan hukmronlik qilgan ko‘plab psixolog va terapevtlarning qanoatlanmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu psixologiya va psixiatriyaga katta qiziqish uyg‘otgan ekzistensial falsafaning shiddatli rivojidir. Natijada psixologiyada Karl Yaspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar tomonidan taqdim etilgan yangi – ekzistensial oqim vujudga keldi. Ekzistensializmning psixologiyaga ta’siri asl ekzistensializm yo‘nalishining shakllanishi bilan chegaralanib qolmadi. Juda ko‘plab psixologik maktablar u yoki bu miqyosda mana shu g‘oyalarni o‘ziga singdirdilar.
Ayniqsa, E. Fromm, F. Perls, K. Xorni, S. L. Rubinshteynlarning ekzistensial motivlari juda kuchli. Shunday qilib ekzistensial psixologiya quyidagilarni o‘rganadi:
1) o‘lim, hayot va vaqt muammolarini;
2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini;
3) yolg‘izlik, sevgi va muloqot muammolarini;
4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini.
Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining mazmuni, uni yo‘qotish, o‘zgartirish va erishishning shart-sharoitlari. Viktor Frankl, Rollo Mey, Djeyms Byudjental kabi mualliflar tomonidan ekzistensial falsafa asosida ishlab chiqilgan umumpsixologik nazariyalar va psixologik praktikaning metodologik asoslari bugungi kunda ekzistensial psixologiyaning cho‘qqilari hisoblanadi.



Download 28,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti