Z. M. Islomov esa,o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifatida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga EGA bo‘lgan qonunlar, davlat funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositala



Download 17,91 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2022
Hajmi17,91 Kb.
#411189
  1   2
Bog'liq
DXN


Kazus

Ayrim adabiyotlarda davlatning asosiy belgilari bilan bir qatorida davlatning nomi, bayrog'i, gerbi va konstitusiyasining mavjudligi kabilar ham qayd etilgan. Davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi belgisi emas, balki davlatning ramzlaridir. Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas. Va nihoyat, konstitusiya ham davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning yaxlit hujjat sifatida konstitusiyasi mavjud emas, ammo u davlatlik sifatlarini yo'qotmaydi. Konstitusiyalar paydo bo'lgunga qadar ham davlatlar mavjud bo'lgan.

Davlatning asosiy belgilarini atroflicha muhokama qiling. Davlat belgilarini aniqlashda qanday mezonlar asos bo'lishini ko'rsatib bering.

Javob:

Avvalo,davlatning belgilari va uning ramzlari haqida emas,balki davlat tushunchasiga yondashgan holda uni qanday subekt ekanligini anglab olishimiz lozim.Davlatning belgilari haqida olimlarning turli xil qarashlari mavjud.Xususan,"Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asar muallifi F.Engels davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo‘linishi, ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlar tizimining joriy etilishini ko‘rsatib o‘tgan. G.F. Shershenevich ham shunga o‘xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat ta’sir doirasidagi hudud»¹ni sanab o‘tgan.

Z.M. Islomov esa,o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifatida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar, davlat funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositalar, mamlakatda qonuniylik va huquqiy-tartibotni o‘rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar (sud, prokuratura, politsiya va h.k), hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli kuchlarni sanab o‘tadi².

Ko'rinib turibdiki,davlat tushunchasi judayam keng tushuncha hisoblandi va u quyidagicha izohlash mumkin.Ya'ni davlat jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyosiy tashkilot hisoblanib,maxsus boshqaruv mexanizm vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat baxsh etadi va fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotini kafolatlaydi katta bir subektdir.Bu o'rinda davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tartibga solish va jamiyatni boshqarishdan iborat.Endi davlatning asosiy belgilari va davlatning davlat deb atalishiga nimalar kirishiga to'xtalamiz.

Davlatning asosiy belgilari sifatida uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon beruvchi jihatlari hisoblanadi. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihatlari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan hamohang tarzda mazmunan boyib boradi, eski funksiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilmalar va funksiyalar vujudga kelaveradi.Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, mazkur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.Davlatning boshqa jamoat tashkilotlardan ajratib turadigan jihatlari va farqiga,ma'lum hududga ega bo'lishi, fuqarolari bo'lishi,ommaviy hokimiyat tizimiga ega bo'lishi va yagona soliq tizimi kabilar hisoblanadi va mazkur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.Endi davlatning belgilari to'xtalib o'tamiz.Bilamizki,davlatning davlat deb atalishi uchun dastlab uning ma'lum bir ma'muriy hududga ega bo'lishi kerak hisoblanadi.Tarixdan ma'lumki,odamlar dastlab urug' jamoasiga birlashganda ma'lum bir hududga ega bo'lmagan,ular doimo bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurishgan.Ular uchun hudud asosiy o'rinda turmagan chunki odamlar yashash uchun qaysi joy qulay bo'lsa o'sha yerga borib yashashni ma'qul ko'rishgan.Vaqtlar o'tgani sari urug' jamoasi shakllanib qabilani tashkil etgan va ushbu qabila ma'lum bir hududga ega bo'lishgan.Qabila shakllanishiga ma'lum bir hududda yashagan urug'larning o'zaro hudud jihatidan birlashishi sabab bo'lgan.Bu esa,dastlabki davlatni vujudga kelishidagi qadamlardan hisoblangan.Shu tariqa,davlat hududi shakllangan.O'z o'rnida davlat hududiga quyidagicha ta'rif keltirishimiz mumkin.Davlat hududi – muayyan davlat suvereniteti ostida bo‘lgan, tarixiy voqelik, xalqaro bitimlarga muvofiq o‘rnatiladigan va mustahkamlanadigan hududdir»¹.Ma'lum bir hududga ega bo'lgan davlat bu hududda mustaqil hokimiyatini amalga oshiradi va o'z hududini boshqa davlatlar hujumidan himoya qiladi.Davlat hududiga quruqlik,suv hududlari,havo bo'shlig'i kabilarni kiritishimiz mumkin.

Davlatning yana bir belgisi sifatida uning ma'lum bir fuqarolarga ega bo'lishi tushuniladi.Ma'lum bir hududga ega bo'lgan davlatda istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo'ysunuvchi insonlar jamoasi o'sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.Davlat fuqarolarga ega bo'lishi va ular ustidan ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni tartibga solish uchun maxsus boshqaruv apparatiga ega bo'lishi lozim.Davlatning maxsus boshqaruv apparatiga ega bo'lishi va samarali faoliyat olib borishi uchun alohida kishilar guruhini tashkil etadi va ushbu kishilar guruhi jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.Bu ham davlat belgisining bir belgisi hisoblanadi.

Davlatning quyidagi belgilarilariga qo'shimcha sifatida davlatning huquq tizimini mavjudligi kiradi.Huquqsiz davlat mavjud bo'la olmaydi. Huquq davlat va davlat hokimiyatini yuridik jihatdan rasmiylashtiradi va shu bilan ularni qonuniy qilib qo'yadi.Davlat o'z ish faoliyatida huquqqa tayangan holda ish ko'radi va shu huquq orqali shaxs,jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solinadi.Huquq davlat hokimiyat tizimini qonuniy doiraga olib kiradi va boshqaruvni huquqiy tartibga bo'ysundirishi orqali jamiyatda huquqning ustuvorligini ta'minlaydi.

Davlatning yana bir asosiy belgisi sifatida soliq tizimiga ega bo'lishini keltiramiz.Davlatning soliq tizimi bu eng asosiy mexanizmi hisoblanadi.Davlat soliq tizimi orqali aholidan belgilangan miqdordagi pul yig'imlarini yig'ib oladi va yig'ib olingan mablag' davlat apparatini saqlashga va faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy mablag‘larni undirib olishda ifodalanadi.

Davlatning yana bir belgisi bu uning suverenitetiga ega bo'lishidir.Ma'lum hududga ega bo'lgan davlat o'z faoliyatini olib borish jarayonida mustaqil faoliyat olib borsagina uni biz davlat deb atamiz mumkin.Ya'ni,davlat o'z davlatining ichki va tashqi siyosatdagi to'la mustaqilligi ta'minlashi kerak bo'ladi.Agar o'z ichki va tashqi mustaqilligiga ega bo'lmagan ma'lum bir hudud bo'lsa,biz uni davlat emas balki avtonom bir viloyat sifatida qarashimiz mumkin.O'z o'rnida,davlat hokimiyatining suverenligiga– uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustunligi va ulardan mustaqilligi kiradi.Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi:

– ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi;

– davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va davlat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishida ko'rishimiz mumkin.Ushbu barcha jihatlar birlashgan holda davlatni tashkil etadi va shu belgilar orqali davlat,davlat deb ataladi.

Olimlarning fikrini tasdiqlagan holda,yuqoridagi fikrlar davlat belgilarini aniqlashda mezonlar sifatida ko'rib oldik.Olimlarning qarashlarini umumiylashtirgan holda,shuni aytishim mumkinki,davlat tashkil topishi va boshqa davlatlar tomonidan e'tirof etilishi uchun davlatning yuqoridagi belgilarining barchasi bo'lishi shart,ya'ni davlatning hududi, fuqarolari, ommaviy hokimiyatga egaligi va yagona soliq tizimi kabilari bo'lsagina uni davlat deb atashimiz mumkin.Agar yuqoridagi belgilardan birontasi mavjud bo'lmasa,biz uni davlat deb atashimiz mumkin emas.Misol uchun,davlat suverenitetiga ega bo'lmasa uni davlat deb atashimiz mumkin emas.Masalan,hozirgi kunda BMT ga 193 ta davlat a'zo hisoblanadi,lekin dunyoda 250 dan ortiq davlat bor deb taxmin qilishadi.Bundan ko'rinib turibdiki,ushbu davlatlarning davlat belgilaridan birontasi mavjudemas.Shunday davlatlar sirasiga,Chechenistonni kiritishimiz mumkin.Chechenistonda davlat belgilaridan hududi va aholisi kabi belgilari mavjud.Lekin uni davlat suvereniteti va o'z mustaqil huquq tizimining mavjud emasligini uni davlat deb tan olinishiga sabab bo'la olmaydi.




Download 17,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish