4-mavzu: shaxsning ijtimoiy ustanovkalari reja



Download 53,46 Kb.
bet1/9
Sana28.04.2022
Hajmi53,46 Kb.
#589185
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

4-MAVZU: SHAXSNING IJTIMOIY USTANOVKALARI
REJA:

  1. Ijtimoiy ustanovka tushunchasi

  2. Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich

  3. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari

  4. Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida o‘rganilishi

  5. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi

  6. Ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon boiishi

  7. Ijtimoiy ustanovkalarning o‘zgarishi



1.Ijtimoiy ustanovka tushunchasi

Psixologiya fanida shaxsning xulq-atvori va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllari orasidagi bogiiqlik muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegishlidir. Ustanovka inglizcha set so‘zidan olingan boiib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud bo'lsa, bu munosabat bizning his-tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir. Masaian, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli bolgan ma’lumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning istalgan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Ba’zi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi. Demak, ustanovka — insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni bilish asosida javob berishga harakat qilamiz.


Bir qarashda «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchasi bir-biriga juda yaqin va o'xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda ta'riflash ham juda mushkul. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtayi nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va ijtimoiy psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qiladi.
Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasmrusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. Ustanovka — insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir. Ustanovka — bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir. Ustanovka — insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir.
Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qim m ati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi m azm unni anglatuvchi, bir-biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi ko‘pchilik olim lar tom onidan qayd etilgan. Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyektning m a’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bog‘liqligi ta’kidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir ma’lumotlarni tahlil qilamiz.
Ijtimoiy psixologiyada esa shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (ingl. social attitude) — insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotlarga, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga, voqea-hodisalarga bo‘lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish shaxsni tushunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.



Download 53,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish