Kognitiv qism — shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va hokazolar kiradi.
Attityudning affektiv qismi (emotsional) — o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki potensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qamrab oladi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jamiyatda bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:
1. Bilish funksiyasi. Mazkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyektlar haqidagi bilimlarni operativ qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali realizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).
2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo‘-
ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jamiyat bilan munosabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. Mazkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi.
3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon boiadi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jamiyatning (guruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga mazkur jamiyatga (mazkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi.
4. Ijtimoiy ustanovka muammosining rus psixologiyasida o‘rganilishi
Tadqiqotchilarni har doim shaxs ustanovkalari uning qilayotgan ishlariga qanchalik darajada ta’sir qilishi qiziqtirib kelgan. Shaxsning qarashlari, his-tuyg‘ulari orqali uning jamiyatdagi xulq-atvori aniqlanadi, bu xulq-atvorni o‘zgartirish uchun aqlni va yurakni o‘zgartirish kerak, degan taxmin mavjud.
«Ustanovka» tushunchasini rus psixologiyasiga gruzin psixologiya maktabining yetakchisi D.N. Uznadze olib kirgan, bu tushuncha ruscha «ustanovka» so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish, yo‘naltirish ma’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda D.N. Uznadze ustanovkaga quyidagicha ta’rif beradi:
Ustanovka — kishining tevarak-atrofdagi odamlarga yoki obyektlarga qanday munosabatda bo‘lish, ularni ma’lum darajada idrok qilish, sezish, baho berish va ularga nisbatan qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatidir. Ijtimoiy ustanovkalar esa sof ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida o‘ziga xos mazmun kasb etadi va uning ma’nosi — yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizmdir. Demak, ijtimoiy ustanovka — shaxsning atrofmuhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni m a’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga yo'naltirilgan ruhiy ichki hozirlik bo4ib, bu hozirlik asosida shaxsning dunyoqarashini ham o‘zgartirish mumkindir.
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi (Obuxovskiy, 1972) insonlarning xatti-harakatlarini bashorat qilishda kundalik hayotda ham qoilaniladi: «Nilufar bu konsertga bormasa kerak, chunki u estrada musiqasiga mutlaqo qarshi». Bu holatda kundalik hayotdagiijtimoiy ustanovka tushunchasi «munosabat» tushunchasiga yaqinroq yuradi.
L.I. Bojovich yo‘nalganlik muammosini o‘rgana turib, quyidagi ta’rifni beradi: «yo‘nalganlilik shaxsning ichki pozitsiyasi sifatidaijtimoiy muhitga nisbatan shakllanib boradi. Ushbu ta’rifdagi «yo‘nalganlilik» tushunchasi ijtimoiy ustanovka tushunchasi bilan bir qatorda turuvchi ma’noni bildiradi.
Shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (social attitude — ingl.) bu insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotiarga, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisalarga bo'lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar birfikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish shaxsni tushunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir.
Ijtimoiy ustanovka atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga egaligi va g‘arb ijtimoiy psixologiyasida ijtimoiy ustanovkalarni «Attitude» atamasi bilan nomlashganligini yuqorida qayd etib o‘tgan edik.
Attityud tushunchasiga G.M.Andreyeva (1988) tomonidanquyidagi to‘rt ilmiy yo‘nalishni belgilash asosida yanada oydinlik kiritiladi:
1) muvofiqlashtirish — o‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat qiluvchi attityudning obyektga nisbatan subyektni yo‘naltira olishi;
2) bilish — u yoki bu obyektga nisbatan attityudning soddalashtirilgan xulq-atvor ko'rsatmasini ta’minlay olishi;
3) ifodalilik — shaxs o'z-o'zini idora qilishida attityud shaxs sifatida o‘zini ifodalash uchun subyektning keskin, tang holatlaridan xalos qilish usuli sifatida namoyon eta olishi;
4) himoya — attityudning shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf etishga xizmat qilishi. Demak, aytish mumkinki, attityudning bu to‘rt vazifasi ham inson va faoliyat taraqqiyoti uyg'unligiga xizmat qiluvchi psixologik muhofazaning qaror toptirilishiga ko‘maklashishi tabiiy. Chunki ijtimoiy taraqqiyot omillari hamisha inson ustanovkalari kamolotiga hamohangdir. Bu hamohanglikni toliq his etgan holda attityudni yanada kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan (V.A. Yadov, D.N.Uznadze, G.M.Andreyeva, P.N.Shixerev, Sh.A.Nadirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.). Bu esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan psixologik muhofaza metodologiyasini nazariy-ilmiy jihatdan yanada oydinlashtirishga xizmat qiladi. Chunonchi, D.N. Uznadzening tadqiqotida ustanovka ma’lum ehtiyojlar va ularni qondirish majmuasi sifatida mukammal ochib berilgan bo‘lsa (Uznadze D.N., 1961), V.A. Yadov tadqiqotlarida ustanovka m a’lum vaziyatlar bilan bog‘liq «o‘z-o‘zini idora qilish» mezoni sifatida o‘rganiladi va bu o‘z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanining taraqqiyotiga «ijtimoiy faoliyat ierarxiyasi», degan yangi tushunchaning olib kirilishiga sabab bo‘ladi (Yadov V.A., 1979).
Do'stlaringiz bilan baham: |