4-mavzu. Sharq Uyg‘onish davridagi qomusiy olimlarning asarlarida
pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar).
1.Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning didaktik qarashlari.
2.Abu Nasr Forobiyning pedagogik g‘oyalari.
3.Abu Ali ibn Sinoning pedagogik g‘oyalari.
4.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.
Asosiy tushunchalar:
Renessans, uyg‘onish, aljabr, mamun akademiyasi, mineralogiya, fanlar
tasnifi, logika, mantiq, baxt-saodat, “Geodeziya”, “Donishnoma”, “Tib
qonunlari”, “Shohnoma”, maktab, madrasa, ta’lim-tarbiya,
dialektika,
borliq, olam, fan, sanat, adabiyot, adabiyotshunoslik, ijtimoiy ong, qonuniyat,
insonshunoslik, fanlararo aloqa, mumtoz adabiyot, pedagogik tahlil, tarixiy-
badiiy asar.
Xitoy sayyohi Sima Szyan 630 yilda Samarqand haqida quyidagilarni
yozadi: bu shaharda o‘g‘il bolalarning hammasi besh yoshdan boshlab yozish va
hisoblashga o‘rgatiladi, o‘smirlik yoshiga yetganda esa savdo ishini o‘rganmoq
uchun savdogarlarning karvonlariga qo‘shilib, safarga jo‘naydilar. “Buyuk ipak
yo‘li” bo‘yida savdo sotiq ishlarida yetarli tajriba, malakaga ega bo‘lgan bolalar
savdo kasbida vorislik qilganlar.
Savdogarlardan tashqari soliq o‘ndirish va mamuriy yozishmalar bilan
shug‘ullanuvchi mirzalar ham savodli bo‘lshi kerak edi. O‘sha davrga doir
arxeloglar topilmalarda qog‘oz, yog‘och, teri va boshqa vositalarda yozilgan
ashyolar topilgani arablar istilosiga qadar O‘rta Osiyoda maktablar ta’limi
rivojlanganidan dalolat beradi.
Islom dini joriy etilgandan so‘ng ta’lim mazmuni o‘zgardi. Savod chiqarish
harf va so‘zlarni yozishni o‘rganishdan boshlanardi “Maktab” arabcha yozishni
o‘rgatadigan joy manosidan kelib chiqqan.machitlar huzuridagi maktabalar xalqni
ma’naviy jihatidan buysindirish uchun xizmat qiladigan joy bo‘lib qoldi
“Madrasa” kotib bo‘lishni istagan kishi musulmon ulamolarning darslari
(maruzalari)ni tinglanadigan keyingi dars o‘qitiladigan yuqori ta’lim maskani
hisoblangan. Madrasani xatm qilgan (tamomlab chiqqan) kishilar machitlarning
imomi bo‘lib ishlar edilar, va mamuriy ishlarda xizmat qilardilar. XI asrda
Bog‘dodda 300 bola o‘qitiladigan o‘sha davr uchun eng katta madrasa qurilgan.
“Nizomiya” deb atalagan shu madrasada Al-G‘azzoliy matematika va boshqa
fanlarni o‘qitishni joriy qildi. Dunyoviy fanlarni o‘qitishga boshqa madrasalarda
ham urinib ko‘rildi, jumladan Samarqanda Ulug‘bek tashkil etgan madrasasida
ham dunyoviy fanlar o‘qitildi. Ammo ruhoniylar bunga doimo to‘sqinlik qiladilar,
madrasa foydasiga inom qilingan yer va boshqa mulklar ularning moddiy bazasi
bo‘lib xizmat qildi.
Machitlar huzuridagi maktablarning asosiy vazifasi bolalarga «Qur’on»
o‘qishni o‘rgatishdan iborat bo‘lib qoldi. Bolalar maktabga kirgan dastlabki
kundan boshlab ularga harflarni hijjalab o‘qish usuli bilan savod o‘rgatilar edi; bu
usul alfavitli xatni o‘z tiliga moslab qabul qilgan xalqlar orasida qadimdan davom
qilib kelgan usul bo‘lib, kotiblar tayyorlaydigan maktablarda har bir xalqning o‘z
yozuviga uyg‘unlashtirilar edi, lekin bu usulning umumiy belgilari hamma joyda
bir xil edi.
Bu qiyin usulga ko‘ra, o‘quvchi dastlab hamma harflarni alfavit tartibida yodlab
olishi, yani har bir harfning nomini bilib olishi (masalan, arab alfavitida: alif, be,
te, se va hokazo), so‘ngra esa shu harflarni hijjalab qo‘shib o‘qishni mashq qilishi
lozim edi.
Shu mashqlar oxiriga yetkazilgandan keyin o‘quvchining qo‘liga birinchi
kitob tariqasida «Qur’on» berilar edi. Maktabdor domla «Qur’on»ning boshidan
boshlab har bir surasini jumlama-jumla baland ovoz bilan o‘qib berar, shogirdlar
esa shu jumlalarni qayda-qayda takrorlab, aytib berar edilar.
Islom dinining birinchi asrlarida arab bolalari mana shunday og‘ir usul bilan
«Qur’on»ni o‘qishni o‘rganganlar: «Qur’on» tili ularning o‘z ona tili edi. Dastlabki
arabcha maktablarning o‘quvchilari “«Qur’on»ni o‘tgan vaqtlarida alfavitdagi
harflarning shakli bilan ancha tanish bo‘lar edilar, chunki ular hamma harflarning
shaklini ham, harflar birikmalarini ham o‘z qo‘llari bilan yozar edilar. Keyinroq
borib esa «Qur’on» tekstini o‘qish hatto arab o‘quvchilari uchun ham qiyinroq
bo‘lib qoldi, chunki arab og‘zaki tili «Qur’on» tilidan anchagina farq qiladigan
bo‘lib qolgan edi. Boshqa xalqlarning bolalari uchun arabcha tekstni o‘qish juda
ham og‘ir edi.
O‘quvchidan hamma harflar va harflar birikmalarini o‘z qo‘li bilan yozish
kerakligi talab qilinmaydigan bo‘lib qolganidan keyin savod chiqarish tag‘in ham
qiyinlashib qoldi; harflarni va harflar birikmalarini domlaning o‘zi yozar, o‘quvchi
esa ularni faqat domlaning ovoz chiqarib o‘qishiga qarab, unga taqlid qilib o‘qir
edi, xolos. «Savod chiqarish»ni bunday «osonlashtirish» shunga olib keldiki,
o‘quvchi hali harflarni yaxshi o‘qiy olmay turiboq, uning qo‘liga o‘qish uchun
berilgan «Qur’on»ni o‘qib berolmay, juda qiynaladigan bo‘lib qoldi. Shu tariqa
maktablarda kitob o‘qishga o‘rgatish yozishga o‘rgatishdan ajratib qo‘yildi; yozuv
alohida «fan» qilib ajratildi, kotiblik kasbini tanlab olgan kishilargagina yozuv
o‘rgatiladigan ko‘pchilik dehqonlar va hunarmandlarning o‘g‘illari uchun yozuvni
bilish ortiqcha bir narsa bo‘lib qoldi.
Islom dini tarqalgan mamlakatlardagi ko‘pdan-ko‘p maktablarda yozuv
qurollarining yetishmasligi sababli ham hamma o‘quvchilarga yozishni o‘rgatish
qiyin bo‘lib qoldi. O‘quvchilarni yozishga o‘rgatish uchun turli mamlakatlarda
turli xil vositalardan foydalanar edilar, masalan, palma yaproqlariga yozib xat
mashq qildirar, tuyalarning kurak suyaklariga harf o‘yib yozishni o‘rgatar, mis
qozonning orqasiga ko‘mir bilan harf yozib mashq qildirar edilar; kamdan-kam
joylardagina yozuv mashq qilish uchun qog‘oz, qamish qalam va qora siyohdan
foydalanar edilar; ko‘p maktablarda harf yozishni ko‘pincha cho‘p bilan qumga
chizib o‘rgatar edilar.
Shunday bo‘lsa ham, maktablarga juda ko‘p o‘g‘il bolalar tortildi. Ayrim
musulmon davlatlarining amirlari hamma musulmon bolalarining islom dinining
asosi bo‘lgan «Qur’on»ni o‘rganishi uchun qattiq choralar ko‘rdilar; o‘g‘lini
maktabga yubormagan otalarni jazolaydigan bo‘lib qoldilar.
O‘rta Osiyodagi musulmon pedagoglar «Qur’on»ni yodlash har qancha
mashaqqatli bo‘lsa ham shuni to‘g‘ri usul deb hisobladilar. Ular, bola «Qur’on»ni
yodlab olish bilan arabcha so‘zlarni esda yaxshi saqlab qoladi, bu esa madrasada
o‘qishni davom ettirish uchun kerak bo‘ladi; mashaqqatsiz o‘qishning samarasi
bo‘lmaydi degan xulosaga kelganlar.
Ota-onalar o‘z farzandlarini maktab tashvishidan barvaqt qutqarmoq uchun
o‘g‘illarini, odatda olti-yetti yoshida va hatto besh yeshga kirishi bilanoq maktabga
eltib berar edilar. O‘z o‘g‘lini maktabga yuborma-gan ota ko‘pchilikning tanasiga
uchraydigan bo‘lib qoldi.
Shaharlardagi boy va o‘ziga to‘q kishilar o‘g‘illarini maktabdor domlaga
(o‘zi maktab ochib, o‘zi o‘qitadigan kishiga) qo‘yib o‘qitardilar. Yaxshi maktabdor
o‘quvchiga husnixat va og‘zaki hisobni o‘rgatishga e’tibor berar edi, uning
kattaroq yoshdagi o‘quvchilari «Qur’on»dan tashqari fors-tojik tilida va turkiy
tillarda yozilgan bir necha kitobni o‘qib chiqar, ular turli usulda yozilgan qo‘l
yozmalarni o‘qishni o‘rganardilar.
Arab bo‘lmagan bolalarga islom dini asoslarini o‘rgatishni darsliklari O‘rta
Osiyo maktablarida keng tarqalgan edi. Shulardan biri «Haftiyak» edi. Bu kitobni
eron pe-dagoglari «Qur’on» suralaridan («yettidan birini») tanlab olib, taxminan
VIII asrda tuzganlar. X—XII asrlarda esa islom dini ruknlarini fors tojik tilida sher
va nasr bilan bayon qilgan «Chorkitob» paydo bo‘ldi. «Chorkitob» o‘zbek
maktablarida ham o‘qitilar edi. XII asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda
yozilgan sherlarda (XII asrda yashagan Ahmad Yassaviyning «Hikmat» degan
to‘plamida, XVII asrda yashagan kattaqo‘rg‘onlik eshon So‘fi Allayorning ikkita
to‘plamida va boshqa to‘plamlarda ommalashtirish boshlandi.
Hunar va tabiat to‘g‘risidagi bilimlar, odatda, maktabda o‘qitilmasdan,
yakka shogirdlik tartibida o‘qitilar edi. Shaharlarda turli kasb-hunar rivojlana bordi
muayyan bir kasb bilan shug‘ullanuvchi ustaxonalarning egalari uyusha
boshladilar. Hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan bola hunarmandga, masalan, temirchiga,
novvoyga va shu kabi boshqa kasbdagi ustalarga shogird tushar edi, lekin buning
uchun shu kasbdagi hunar ahllarining rozilik berishi shart edi. Bunday shogird
ancha yil ustaning qo‘lida hunarga aloqasi bo‘lmagan ishlarni bajarib yurar,
dastyorchilik qilar edi. Usta bunday tekin ishchi kuchidan mumkin qadar uzoq vaqt
foydalanishga harakat qilar edi. Bunday shogirdlar hunarni taqlid qilish yo‘li bilan
o‘rganar edilar, o‘qitishning muayyan tizimi yo‘q edi. Kasb deyarli otadan
o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tardi
Malaka bilan birga maxsus bilimlar ham talab qiladigan hunar ahllari —
ustalar orasida tabiat to‘g‘risida ilmiy bilimlarning to‘plandi. Masalan, tabiblik
shunday kasblardan biri bo‘ldi.
Ayrim atoqli hakimlar ham tib ilmini o‘rgatar edilar. Buxorolik Abu Ali ibn
Sino shunday hakimlarning eng mashhurlaridan edi. U tib ilmiga doir ko‘pgina
qo‘l yozma asarlarni o‘rganib, eng yetuk hakim bo‘ldi, shu bilan birga, ilmiy
maqsadlarni ko‘zlab, muntazam ravishda kuzatishlar va tajribalar olib bordi.
Tajribali hakim bo‘lgan ibn Sinoning shogirdlari ham bor edi. U o‘z shogirdlari
uchun tib ilmidan «Tib Qonunlari» degan kitob yozdi. Yevropada bu kitob lotin
tiliga tarjima qilinib, besh asr davomida vrachlar uchun har taraflama qo‘llanma
bo‘lib xizmat qildi va shu kitobi tufayli ibn Sino butun dunyoga «Avitsenna» nomi
bilan mashhur bo‘ldi. Hozirgi zamon sovet olimlari ibn Sinoning «Tib qonunlar»
kitobining maydonga kelishini meditsina taraqqiyotidagi bir bosqich deb
hisoblamoqdalar.
VII-VIII asrlarda Sharqda aniq fanlarni rivojlanishida ulkan yutuqlarga
erishishldi. Madaniyat va marifat markazlaridan biri bo‘lgan O‘rta Osiyoda
yashagan xalqlar juda qadim zamonlardan Xitoy va Hindiston mamalakatlari bilan
savdo, siyosiy va madaniy aloqa qilib turar edilar. Osiyoda fan va madaniyat juda
og‘ir sharoitda-xalq ommasining mahalliy va chet el zolimlariga qarshi kurashlari
sharoitida taraqqiy etdi. Falakiyot, matematika, tibbiyot hamda ijtimoiy fanlar
rivojlana boshladi. Bu fanlarni markazlashtirish maqsadida halifa Mamun
hukmronligi davrida dastlab Xorazmda bugungi Mamun akademiyasiga asos
solindi. Keyinchalik u Bog‘dod shahriga “Dorul-Hukomo” (“Donishmandlar uyi”)
barpo etilib, uning huzurida kutubxona va rasadxona tashkil etildi. Bu
“Donishmandlar uyi”ga bir qancha mamalakatlardan istedodli olimlar chaqirildi.
Mamun buyrug‘iga binoan, Xorazmdan Muhammad ibn Muso Xorazmiy ham
taklif qilindi. U bu ilmiy markazga (Akademiyaga) bir qancha vaqt ilmiy rahbarlik
qildi.
Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Sharq uyg‘onish davri madaniyati
fanlarning rivojlanishi, qomusiy olim, mutafakkirlar yetishish bilan butun kishilik
jamiyati rivojlanishining yuksak bosqichi bo‘ldi. Al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-
Beruniy, ibn Sino, Ahmad bin Muhammad Farg‘oniy, Umar Xayyom kabi
qomusiy olimlar va Ro‘dakiy, Firdavsiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Zamahshariy,
Abdishukur Balhiy, Ahmad Yugnakiy kabi mutafakkirlar samarali faoliyat
ko‘rsatdilar. Ularning aksariyati avvalo, mudarislik yuzlab shogirtlarga ustozlik
qilganlar.
Natijada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etdi, renesansning beshigi
bo‘ldi, XI asr Beruniy asri deb atalishiga yerishildi. Ta’lim-tarbiya borasidagi
tajribalar rivojlandi, ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili
ekanligi haqidagi ilmiy ta’limotlarga asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |