4-mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi



Download 0,98 Mb.
bet1/9
Sana10.09.2022
Hajmi0,98 Mb.
#848538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi


4-MAVZU: Elektron jadval muharrirlari. MS Excel dasturi.
REJA:

  1. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.

  2. Asosiy tushunchalar: katak, diapazon, sahifa, satr va ustun.

  3. Ma’lumotlar turlari va formatlari. Ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash..

  4. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari



MS Excel 2010 elektron jadvalida yangi interfeysi asosida tasma (ingliz tilida “Ribbon”) deb nomlanuvchi va asosiy oynaning yuqori qismida joylashgan ko‘p varaqli soha joylashgan.
MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:

    • Главная – jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashga mo‘ljallangan;

    • Вставка – jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan;

    • Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchin sahifalarning

chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan;

    • Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xil formulalardan

foydalanish uchun mo‘ljallangan;

    • Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, nusxalarini ko’paytirish, keraksizlarini yo’qotish, tashqi axboratlarni kiritish;

    • Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;

    • Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish.

Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.
Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.
Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa varaq (Лист) lardan tashkil topgan. Standart holatida ular uchta bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega bo‘ladi.
Jadvallar muharriri EXCEL WINDOWS da ishlash uchun yaratilgan. Uni ishga tushirish uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo‘limni tanlaymiz va shu bo‘limda Microsoft Excel dasturni tanlaymiz, yoki С: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Offise papka ichidagi exel.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini kurasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, formulalar satri, ish sohasi va ma’lumotlar satri


Nom satrida aktiv bo‘lgan jadvalning nomi yoziladi, agar aktiv jadval yangi yaratilgan bo‘lsa u holda uning nomi КНИГА 1 ko‘rinishida bo‘ladi.
Nom satri pastida Menyu Satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruqlar quyidagi guruhlarga ma’nosi yoki ishlash holati bo‘yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ДАННЫЕ, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
Menyu satri pastida Yordamchi Tugmalar Satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko‘rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo‘yicha guruhlarga bulinadi: стандартная, форматирование, рисование, таблици и заливка, wordart, настройка изображения, формы, элементы управления va boshqa.

Yordamchi tugmalar satri tagida formulalar satri joylashgan bo‘lib, u yordamida biz jadvalning
qaysi xonasida joylashganligimizni va uning ichida nima borligini kurishimiz mumkin. Formulalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu soha ustun va satrlarga bulingan tayyor jadval ko‘rinishida bo‘lib, har bir ustun va satr uzinig nomiga ega. Satr nomi raqamlar bilan kuyiladi, ustun nomi esa lotin harflar bilan kuyiladi. Har bir xona ustun va satr nomi bilan nomlanadi, masalan A5 bu A ustundagi 5 satrdagi xona. Agar biz satr (ustun yoki xona) nomiga sichqonchaning ung tugmasi bilan bossak shu satr (ustun yoki xona) menyusi ekranda paydo bo‘ladi. Shu menyu yerdamida biz satr (xona, ustun) nusxasini xotiraga olishimiz yeki uni xotiradan olib kuyishimiz, yangi satr (ustun yoki xona qo‘shishimiz), satr (ustun yoki xona) shriftini va boshqa kerakli ammallarni bajarishimiz mumkin. Excel dasturi bilan ishlashning asosiy amallari, Word dasturi bilan ishlash asosiy amallariga uxshaydi.

Ish sohasining pastida ish varaqalarga utish belgilari (koreshoklar) joylashgan. Ular yordamida biz bir ish varaqadan ikkinchi ish varaqaga utishimiz mumkin. Ish sohaning chap va yuqori qismlarida lineyka (chizgichlar), ung va pastki qismlarida esa ko‘rib chiqish sohalari joylashgan.

Eng pastda ma’lumotlar satri joylashgan. U bizga klaviatura tilini, raqamlar tugmalar holatini va boshqa yordamchi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
EXCEL da biz bitta fayl ichida bir nechta jadval kitoblar bilan ishlashimiz mumkin, lekin har bitta jadval yangi kitobda joylashgan bo‘ladi.
Tanlangan xona quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Kursor 3 xil bo‘lishi mumkin:

  • Oq rangli katta plyus - xona tanlash uchun. Xonani ustiga sichqonchani olib kelganimizda

paydo bo‘ladi,

  • Strelka - xona yoki obyektlarni tanlab boshqa joyga ko‘chirib olish uchun. Xona tagidagi chegarasiga yoki obyektning ustiga sichqonchani olib kelganimizda paydo bo‘ladi,

  • Qora rangli kichkina plyus - xona ichidagi ma’lumotlarga uxshash ma’lumotlar bilan boshqa

yonidagi xonalarni avtoto‘ldirish. Xonaning pastki ung tomondagi burchagida joylashgan nuktaga sichqoncha bilan ko‘rsatganimizda paydo bo‘ladi.
Excel dasturdagi har bitta xona o‘zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlarni ko‘rish va o‘z- gartirish uchun xonani tanlab CTRL+1 tugmalarni bosamiz. Natijada ekranda oyna paydo bo‘ladi.

Shu oynaning
ЧИСЛО qismi yordamida xonaning ma’lumotlar turini (oddiy, raqam, pul, kun, vaqt, foiz, kasr va boshqa)o‘zgartirishimiz mumkin.
ВЫРАВНИВАНИЕ qismi yordamida esa xonani ichidagi ma’lumotlar joylanishi (gorizontal va vertikal joylanishi), bir nechta sartga bulish holati, ma’lumotlarni avtosigdirish holati, xonalarni birlashtirish holatini yokib uchirishimiz mumkin, va xonaning ichidagi ma’lumotlar yozilish yunalishini o‘zgartirishimiz mumkin. ШРИФТ qismi yordamida esa harflar shakli, kattaligi, rangi, chiziqlar turini va boshqa har xil effektlardan foydalanishimiz mumkin.
ГРАНИЦА qismi yordamida tanlangan xonaning chegaralar turini va rangini o‘zgartirish mumkin. ВИД qismi yordamida esa tanlangan xonalar orqa rangini o‘zgartirishimiz mumkin. ЗАЩИТА qismi bizga tanlangan xonarni parol bilan ximoyalanishi va ichidagi formulalarni kurinmasligini ta’minlaydi.
Excel jadval muharriri tezkor tugmalari bilan tanishish.
Kompyuterda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Shulardan eng kup uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ush bu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, vash u sabali shunaqa vaziyatlarda ish tuxtab yoki sekinlab qoladi.
Shunaqa vaziyatni yechish uchun bizga tezkor tugmalar yordam berishadi. Tezkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb kuyiladi. Quyidagi ruyxatda asosiy tezkor tugmalar ko‘rsatilgan:

  1. Ctrl + N - Yangi jadvallar faylini yaratish

  2. Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud bo‘lgan (ilgari yaratilgan) jadvallar faylini kurish yoki o‘zgartirish uchun ochish

  3. Ctrl + W - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini berkitish.

  4. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini saqlash

  5. Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan jadvallar faylini chop etish

  6. Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish (orqaga)

  7. Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harkatni qaytarish (oldinga)

  8. Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga ko‘chirib

(qirkib) olish.

  1. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga olish

  2. Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan jadval qismini chiqarib kursor turgan joyiga kuyish

  3. Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun jadvalni tanlash

  4. Ctrl + F - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani izlash

  5. Ctrl + H - Butun jadvalda biror bir suz yoki jumlani topib uning o‘rniga boshqa suz yoki

jumla bilan almashtirish

  1. Delete - Tanlab olingan jadval qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan belgilarni uchirish

  2. F7 - Butun jadvalni imlo xatolarini tekshirish

  3. Shift + F7 - Tanlangan suzning sinonimlarini topish

  4. F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan faylni qayta nomlash

  5. Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan jadvalni sahifaga joylashishini ko‘rish.

  6. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzatsni) markaz bo‘yicha tekkislash

  7. Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzatsni) chap chegara bo‘yicha tekkislash

  8. Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzatsni) ung chegara bo‘yicha tekkislash

  9. Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzatsni) ikala chegara bo‘yicha tekkislash

  10. Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga o‘tish yoki bekor qilish

  11. Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga utish yoki qaytish

  12. Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish

  13. Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga utish yoki undan chiqib ketish

  14. Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) o‘zgartirish

  15. Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini o‘zgartirish

  16. Ctrl + D - "Format shrifta" ga tegishli menyu bo‘limini ochish

  17. Ctrl + Shift + ~ - Sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish

  18. Ctrl + Shift + $ - Pulli ma’lumotlar turini o‘rnatish

  19. Ctrl + Shift + % - Prosent ma’lumotlar turini o‘rnatish

  20. Ctrl + Shift + ^ - Yeksponensial turini o‘rnatish

  21. Ctrl + Shift + @ - Vaqt ma’lumotlar turini o‘rnatish

  22. Ctrl + Shift + ! - Verguldan keyin 2 sonli ma’lumotlar turini o‘rnatish

  23. Ctrl + Shift + = - Xona, satr, yoki ustunni qo‘shishi

  24. Shift + F11, yoki Alt+Shift+F1 - Yangi varaqa qo‘shish

  25. Alt + Enter - Bitta xona ichida bir necha satr bulishni ta’minlash

  26. F2 - Xonani ichini tahrirlash

  27. F11 - Diagramma yaratish

  28. Ctrl + 0 - Ustunni kurinmas qilish

  29. Ctrl + 9 - Satrni kurinmas qilish

  30. Shift + Ctrl + 0 - Ustunni ko‘rsatish

  31. Shift + Ctrl + 9 -Satrni ko‘rsatish

  32. Ctrl + probel tugmasi - Butun ustunni guruhga olish

  33. Shift + probel tugmasi - Butun satrni guruhga olish

  34. Ctrl + Shift + * - Jadvalni guruhga olish

  35. Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv hujjat oynasiga utish

  36. Ctrl + Shift + F6 - Hamma aktiv hujjat oynalarini kurish

  37. Shift + strelka - Guruhga olish (belgilarga tegishli)

  38. Ctrl + Shift + strelka - Guruhga olish (suzlarga tegishli)

  39. Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish

  40. Ctrl + Shift + Home yoki End – Hujjat (sahifa) boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish

Excel jadval muharriri Данные menyusi bilan tanishish.



    1. Сортировка - Tanlangan sohani saralash

    2. Фильтр - Jadvaldagi ma’lumotlarni saralab qaysi dur qism bo‘yicha kurish.

    3. Форма - Forma yordamida ma’lumotlarni kurish

    4. Итоги - Oralik va oxirgi natijalarni sanash

    5. Проверка - Kiritiladigan ma’lumotlarni chegaralash

    6. Таблица подстановки - Oralik jadvalni yaratish

    7. Текст по столбцам - Ustundagi ma’lumotlarni bir necha ustunlarga bulish

    8. Консолидация - Bir necha jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirish

    9. Группа и структуры - Tanlangan ma’lumotlarni saralash va guruhlash

    10. Сводная таблица - Oraliq jadvalni yaratish

    11. Внешние данные - Boshqa programmalar yoki joylardan ma’lumotlarni qo‘shish

4.MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari
MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega bo‘ladi.
Qaralayotgan katakni faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tuqmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Jadvalning tagida holat satri bo‘lib, u yerda ishchi sohaga tegishli ma’lumotlar berilgan.
Jadvalga qiymat kiritib, amallar bajarish tugallangan bo‘lsa, sichqoncha orqali (masalan
B2:F5) bloklarni ajratib olish mumkin.
Masalan B1 katakka 231 ni, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling. Bajarish: B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.

Yuqoridagi kabi boshqa arifmetik amallarni bajarish mashq sifatida ko‘rib chiqishimiz


mumkin.
MS Excel 2010 da ishlash jaroyonida turli xatolar yuzaga kelishi mumkin. Ko‘p uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz:

  • ##### – ma’lumot katakka sig‘magan.

  • #ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo‘lish holati mavjud.

  • #ЗНАЧ! – formulada mumkin bo‘lmagan ifodalar qatnashmoqda, masalan: kirill shriftida o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.

  • #ИМЯ? – Excel formuladagi o‘zgaruvchining nomini aniqlay olmadi.

  • #ЧИСЛО! - formulada funksiya o‘zgaruvchisi yoki qiymat noto‘g‘ri ishlatilmoqda.

  • #ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan.

  • #ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan.

Masalan: Quyidagi amallarni bajaraylik:

  • A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini bajaring va natijani tahlil qiling.

  • A1 katakka “Xato” matnini, A2 ga 10 kiriting va A3 katakda A1*A2 amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;

  • A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1 amalini bajaring va hosil

bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;

Topshiriq :A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang; Yuqoridagi mashqlardan ko‘rinmoqdaki, MS Excel 2010 yordamida ixtiyoriy arifmetik amallarni tez va oson usulda hisoblash imkoniyati mavjud. MS Excel elektron jadvali kalkuliyatordan farqli bo‘lgan kengroq ifodalarni hisoblashda umumlashtirish imkoniyati ham


mavjud. Ushbu imkoniyatlarni keyingi darslarda ko‘rib o‘tamiz.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish