REJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Narxning mazmuni va vazifalari
2.Talab miqdori va hajmi
3. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar. Taklif qonuni. 4. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
I.KIRISH
Talab – iste`molchi ma`lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog`liqlikni ifodalaydi.
Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta`minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta`minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog`liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta`rif berish mumkin: ma`lum vaqt oralig`ida, narxlarning mavjud darajasida iste`molchilarning tovar va xizmatlar ma`lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir.
Ma`lum vaqt oralig`idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma`lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5—jadvalda ko’rsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko’rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g`ri bog`liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.
2.Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda.
Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.
Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |