3-mavzu. Radiouzatuvchi qurilmaning tuzilish sxemasi



Download 58,11 Kb.
Sana13.01.2020
Hajmi58,11 Kb.
#33807
Bog'liq
2224308417e023357215112cc40bb0ef20757eb2

3-MAVZU. RADIOUZATUVCHI QURILMANING TUZILISH SXEMASI


3.1. Radiouzatuvchi qurilma tuzilish sxemasining tarkibi va elementlarining mo‘ljallanishi

3.2. Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar

Nazorat savollari

3.1. Radiouzatuvchi qurilma tuzilish sxemasining tarkibi va elementlarining mo‘ljallanishi


Radiouzatish qurilmasi (qisqacha aytganda radiouzatgich (RU)) deb antennaga beriladigan va fazoda tarqaladigan yuqori chastotali (YuCh) va o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) tebranishlarni generatsiyalash, quvvat bo‘yicha kuchaytirish va modulyatsiyalashga xizmat qiladigan radiotexnik apparati aytiladi.

RU alohida kaskadlardan va qismlardan tashkil topadi. Ularning har biri ham mustaqil, ham butun qurilmaning boshqa qismlari bilan qo‘shilgan holda shakllanadi. Shuning uchun dastlab RU tarkibiga kaskadlar va qismlar kirishini va ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.



Kaskadlarga quyidagilar kiradi:

- YuCh yoki O‘YuCh tebranishlar manbai avtogenerator yoki o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli avtogenerator bo‘lishi mumkin. Chastotani stabillash uslubiga bog‘liq ravishda kvarsli va kvarssiz avtogeneratorlarga ajratiladi;

- YuCh yoki O‘YuCh signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirgich tashqi yoki mustaqil qo‘zg‘atishli generator. O‘tkazish oralig‘iga bog‘liq ravishda qisqa va keng oraliqli generatorlarga ajratiladi;

- Tebranishlar chastotasini ko‘paytirish uchun xizmat qiladigan chastota ko‘paytirgichi;

- Talab qilinadigan qiymatga tebranishlar chastotasini siljitishga mo‘ljallangan chastota o‘zgartirgichi;

- Tebranishlar chastotasini bo‘lish uchun xizmat qiladigan chastota bo‘lgichi;

- Chastotaviy modulyatsiyani amalga oshiradigan chastotaviy modulyator;

- Fazaviy modulyatsiyani amalga oshiradigan fazaviy modulyator;

- Signalni faqat ma’lum chastota oralig‘ida o‘tkazishga xizmat qiladigan filtrlar. Ularni oraliq, past chastotali, yuqori chastotali va rejektorli filtrlarga ajratiladi;

- Bir turdagi signallar quvvatlarini qo‘shish yoki signal quvvatini talab qilinadigan songa bo‘lish amalga oshadigan signallar quvvatlarini summatori (bo‘lgichi);

- Ikki signallar quvvatlarini qo‘shish yoki signal quvvatini ikkiga bo‘lishda summatorning boshqa ko‘rinishi bo‘lgan ko‘priksimon qurilma;

- Asosiy tarqalish kanalidan signal quvvatining qismini olishga xizmat qiladigan yo‘naltirilgan ajratkich;

- Antenna kirish qarshiligi bilan RU chiqish qarshiligini moslashtirishga mo‘ljallangan moslashtirish qurilmasi;

- Signal quvvatini rostlash uchun xizmat qiladigan attenyuator;

- Signal fazasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan faza aylantirgich;

- Signalni faqat bitta yo‘nalishda o‘tkazishga xizmat qiladigan ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar (sirkulyatorlar va ventillar). Asosan O‘YuCh diapazonida qo‘llaniladi;

- Quvvat tarqalishi amalga oshadigan ballast qarshiliklar;

- Signal parametrlarini o‘lchash imkoniyatlarini beradigan turli xil asboblar.



Kaskadlardan tuziladigan asosiy qismlarga quyidagilar kiradi:

- Ketma-ket ulangan tashqi qo‘zg‘atishli generatorlardan iborat YuCh yoki O‘YuCh signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirish qismi;

- Katta ko‘paytirish koeffisienti talab qilinadigan hollarda qo‘llaniladigan chastotani ko‘paytirgichlari qismi;

- Diskret chastotalar ko‘pligini vujudga keltirishga mo‘ljallangan chastota sintezatori;

- Tarkibida chastota sintezatori va chastotaviy yoki fazaviy modulyator bo‘lgan qo‘zg‘atkich;

- Amplitudaviy modulyatsiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan amplitudaviy modulyator;

- Impulsli modulyatsiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan impulsli modulyator;

- Tarkibida filtr, yo‘naltirilgan ajratkich, ferritli bir yo‘nalishli va moslashtiruvchi qurilmalar bo‘lgan va RU chiqishini antenna bilan ulaydigan antenna-fider qurilmasi;

- RU parametrlarini boshqarish yoki stabillash uchun xizmat qiladigan avtomatik rostlash qismi. Ularga chastotani avtomatik sozlash, kuchaytiruvchi kaskadlar elektr zanjirlarini avtomatik qayta sozlash qurilmalari, moslashtirgich qurilmasini avtomatik qayta sozlash, quvvatni avtomatik boshqarish va issiqlik rejimini avtomatik ushlab turish kiradi. Zamonaviy avtomatik rostlash qurilmalari mikroprotsessorlar asosida quriladi.

Xar xil ko‘rinishdagi RUlar turlari mos ravishda kaskadlar va qismlar kombinatsiyasidan tashkil topadi. RUning umumiy tuzilish sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. Uning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz.



Qo‘zg‘atkich talab qilinadigan barqaror ishchi chastotalar to‘rini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lmaganida qo‘zg‘atkich «kvars-to‘lqin» prinsipi bo‘yicha quriladi, bu chastotalarning har biri o‘z kvarsli avtogeneratoriga ega bo‘ladi. Bir chastotadan ikkinchi chastotaga o‘tish elektron kommutator yordamida amalga oshiriladi.

Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lganida qo‘zg‘atkich raqamli sintezator hisoblanadi. Uning tarkibiga kvarsli tayanch avtogenerator, o‘zgaruvchan koeffisientli bo‘lgich (O‘zKB) va chastotani avtomatik sozlash qurilmasi kiradi. Bunday sintezator katta integral mikrosxema asosida bajarilishi mumkin.


3.1-rasm. RUning umumiy tuzilish sxemasi


Kvarsli avtogeneratorlar chastotasi etarli darajada baland bo‘lmaydi. Shuning uchun RU chastotasi bu qiymatdan katta bo‘lsa qurilmaga signal chastotasini talab qilinadigan songa oshiradigan chastota ko‘paytirgichi kiritiladi.

RU talab qilinadigan chiqish quvvatini olish ketma-ket ulangan YuCh generatorlar yoki tashqi qo‘zg‘atishli O‘YuCh generatorlar quvvatni kuchaytirish qismi yordamida amalga oshiriladi. Uzatgich chiqish quvvati bir elektron asbob quvvatidan ortiq bo‘lsa, chiqish kaskadida generatorlar quvvatlarini qo‘shish amalga oshiriladi.

RU chiqish kaskadi va antenna orasiga antenna-fider qurilmasi (AFQ) qo‘yiladi. AFQ tarkibiga RU yon nurlanishlarini so‘ndirish uchun filtr, tushadigan va qaytadigan to‘lqinlar asboblari va moslashtiruvchi qurilma kiradi. O‘YuCh diapazonida moslashtiruvchi qurilma o‘rnida odatda ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar ventil yoki sirkulyator qo‘llaniladi.

Chastotaviy modulyatsiya RU qo‘zg‘atkichida, fazaviy modulyatsiya ko‘zg‘atkichda yoki YuCh ko‘paytirgichlarda va kuchaytirgichlarda, amplitudaviy va impulsli modulyatsiya esa YuCh kuchaytirgichlarda amalga oshiriladi.

Avtomatik boshqarish qurilmasi yordamida RU parametrlarini avtomatik barqarorlash (birinchi navbatda quvvatni va harorat rejimni), normal ekspluatatsiya sharoitlari buzilganda himoya (masalan, antenna uzilganida) va boshqarish (o‘chirish-yoqish, chastota bo‘yicha qayta sozlash) amalga oshiriladi.

Shunday qilib, radiouzatish qurilmasi deb antennaga beriladigan va fazoda tarqaladigan yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalash, quvvat bo‘yicha kuchaytirish va modulyatsiyalashga xizmat qiladigan radiotexnik apparati aytiladi. Radiouzatish qurilmasi alohida kaskadlardan va qismlardan tashkil topadi. Ularning har biri ham mustaqil, ham butun qurilmaning boshqa qismlari bilan qo‘shilgan holda shakllanadi.




3.2. Radiouzatgichlarning tasnifi. Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar


Radiouzatgichlarning tasnifi

Radiouzatgichlar beshta asosiy belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:

- vazifasiga ko‘ra;

- foydalanish ob’ektiga ko‘ra;

- chastotalar diapazoniga ko‘ra;

- quvvatiga ko‘ra;

- nurlanish turiga ko‘ra.

Radiouzatgichning vazifasi shundan iboratki u foydalanadigan radiotexnik tizim orqali aniqlanadi va uzatiladigan ma’lumot turiga bog‘liq. Shuning uchun ular radioaloqa, radioeshittirish, televizion, radiolokatsion, radioo‘lchov, radionavigatsion, radioboshqaruv va boshqa radiouzatgichlar turlariga bo‘linadi.

Foydalanish ob’ekti radiouzatgichni o‘rnatish joyi orqali aniqlanadi va bu uning ishlatishi sharoitlariga ta’sir qiladi. Bu belgi bo‘yicha radiouzatgichlar er ustida statsionar, samolet, sun’iy yo‘ldosh, kema, ko‘chma, mobil radiouzatgichlarga ajratiladi. Ya’ni, ular avtomobillarga, temir yo‘l transportiga va boshqa er ustida harakatdagi ob’ektlarga o‘rnatiladi.

Chastotalar diapazoni bo‘yicha RUlar radiochastotalar diapazonini qabul qilish bo‘icha mos ravishda o‘ta uzun to‘lqinli, uzun to‘lqinli, qisqa to‘lqinli, ultra qisqa to‘lqinli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli RUlarga ajratiladi. Birinchi beshta diapazon uzatgichlari umumiy nomda yuqori chastota RUlari, keyingi uchta diapazon uzatgichlari o‘ta yuqori chastota RUlariga birlashtiriladi. Shunday qilib YuCh va O‘YuCh diapazonlari RUlari orasidagi chegara 300 MHz hisoblanadi.

300 MHzdan kichik bo‘lgan chastotalarda uzatgich YuCh diapazonga, 300 MHzdan yuqori bo‘lgan chastotalarda O‘YuCh diapazoniga kiritiladi.

Antennaga beriladigan YuCh yoki O‘YuCh signal quvvati bo‘yicha RUlar uzluksiz rejimda quvvat nurlanishi bo‘yicha kichik - 100 W gacha, o‘rta – 100...1000 W, katta – 1 kW…10 kW, o‘ta katta - 10 kW dan yuqori quvvatli RUlarga ajratiladi.

Nurlanish turi bo‘yicha uzatgichlar uzluksiz va impulsli rejimlarda ishlaydigan RUlarga ajratiladi. Birinchi holda axborot uzatilayotganda signal uzluksiz, ikkinchi holda esa impulslar tarzida nurlantiriladi.

RU turlarini tavsiflash uchun yuqorida aytilgan beshta razryaddan qaysi turiga tegishli ekanligini ko‘rsatish kerak.



Radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar

1. Ishchi chastotaning turg‘unligi. Radiouzatgichlarga qo‘yiladigan talablaridan biri – bu butun chastotalar diapazonida ishchi chastotalarning yuqori turg‘unligini ta’minlanishidir. Radiouzatgichning ishlash jarayonida ishchi chastotaning qiymatini o‘zgarmas va boshidan o‘rnatilgan (nominal) qiymatiga teng saqlash qobiliyati.

δ =

bu erda, ∆fish =(fish – f) – ishchi chastotaning nisbiy emas noturg‘unligi.

f ≈ fish – ishchi chastotaning oddiy va nominal qiymatlari.

2. Ishchi chastotalar diapazoninning kengligi. Radiouzatuvchi qurilmaning vazifasiga qarab, ishchi chastotalar diapazoninning kengligi Kδ chastota bo‘yicha diapazonni to‘sish koeffisienti bilan tavsiflanadi:
Kδ =
bu erda, fish.mak va fish.min – ishchi chastotalar diapazonining maksimal va minimal chastotalar.

3. Elektrmagnit mosligi sharoitini ta’minlash. Zamonaviy radiouzatuvchi qurilmalar ishlash jarayonida boshqa radioaloqa liniyalarga xalaqitlarni minimal darajada xosil qilishi kerak.

Boshqa radioliniyalarga ta’sir beradigan xalaqitlar manbai radiouzatuvchi qurilmaning ishchi chastotada asosiy nurlanishlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, radiouzatgichlarning sxema va konstruksiyalar mukammal emasligi sababli radiouzatuvchi qurilmalar ko‘p noasosiy nurlanishlarni xosil qiladilar.

Noasosiy nurlanishlar qo‘shimcha (ishchi chastotalarining uyg‘unlari, nochiziqli o‘zgartirishlarning chastotalari) va yondosh (foydali signalining spektrga tutashgan tebranishlar). Noasosiy nurlanishlar qo‘zg‘atkichdagi etarli darajada bosilmagan noasosiy tebranishlarning kuchaytirishi uchun, hamda ularning kuchaytirish traktida paydo bo‘lishi uchun yuz berishi mumkin.

Uzatgich chiqishida qo‘shimcha tebranishlari paydo bo‘lishining asosiy sabab quvvat kuchaytirgichlarning nochiziqli rejimlarida ishlashi va kuchaytirilgan signalining yuqori uyg‘unlarini yomon filtrlash. Qo‘shimcha nurlanishlar asosiy nurlanishlarga ko‘ra 60 dB ga kam bo‘lishlari kerak.

Uzatgich chiqishida yondosh tebranishlari paydo bo‘lishining asosiy sababi kuchaytirish traktdagi kaskadlarida yuklamaning ortishi, bu esa kuchaytirish traktda amplituda tavsifi chiziqligining buzilishiga keltiradi va foydali signalining chastotalar polosada ichki va sirtqi tebranishlar paydo bo‘ladi.

4. Uzatish quvvati. Radiouzatish qurilma aloqani kerakli masofasiga ta’minlash uchun butun ishchi chastotalar diapazonining har bir chastotada belgilangan tebranishlar quvvatini ta’minlashi shart.

Shunday qilib, radiouzatgichlar beshta asosiy belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi: vazifasiga ko‘ra; foydalanish ob’ektiga ko‘ra; chastotalar diapazoniga ko‘ra; quvvatiga ko‘ra; nurlanish turiga ko‘ra.



Shunday qilib, radiouzatuvchi qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar – bu, ishchi chastotaning turg‘unligi, ishchi chastotalar diapazoninning kengligi, elektromagnit mosligi sharoitini ta’minlash va uzatish quvvati.
Nazorat savollari

  1. Radiouzatish qurilmasi deb nima aytiladi?

  2. Radiouzatgich kaskadlarga qanday qurilmalar kiradi?

  3. Kaskadlardan tuziladigan asosiy qismlarini aytib bering.

  4. Radiouzatgichning umumiy tuzilish sxemasi tushuntiring.

  5. Qo‘zg‘atkich qanaqa vazifani bajaradi?

  6. Raqamli sintezator tarkibiga qanday asosiy elementlar kiradi?

  7. Antenna-fider qurilmasi tarkibiga qanday asosiy elementlar kiradi?

  8. Modulyatsiya turlarini amalga oshirish haqida gapirib bering.

  9. Radiouzatgichlarning tasnifini yoriting.

  10. Radiouzatuvchi qurilmalariga qanaqa asosiy talablari qo‘yiladi?

  11. Ishchi chastotaning turg‘unligini tushuntiring.

  12. Ishchi chastotalar diapazoninning kengligini tushuntiring.

  13. Elektrmagnit mosligi sharoitini ta’minlash haqida gapirib bering.

  14. Uzatish quvvati haqida gapirib bering.

Download 58,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish