3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati
Mavzuni o’rganishdan maqsad:
Talabalarga O'zbekiston taraqqiyotning
dastlabki bosqichidagi muammolar, “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos
xususiyatlari, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish
va taraqqiyot yo'li va Konstitutsiyamizning qabul qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati haqida ma'lumot berish.
Tayanch so’z va iboralar:
Taraqqiyot
modellari, global modellar, mintaqaviy
modellar, milliy modellar, tadrijiy yo'l, taraqqiyotning O'zbek modeli,
demokratiya,
fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati va taraqqiyotning O'zbek
modeli, besh tamoyil, islohotlarning konseptual asoslari
Asosiy masalalar (Reja):
1.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar,
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
2.
Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari.
3.
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi:
yangilanish va
taraqqiyot yo'li.
4.
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat
ramzlari.
1.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar,
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan
mustahkamlaydigan huquqiy
tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi
jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni
boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo
yetar yedi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor
andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga
rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan
an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash
uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay,
tezkorlik
bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan
kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga
kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga
ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur
tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining
o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Birinchidan,
iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi
kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki,
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy
munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan,
o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan,
qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning
ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi
lozim.