3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar).
Reja
1.O‘rta Osiyoda islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
2.Qur’on va hadislar axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai sifatida.
3.Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi.
Asosiy tushunchalar:
Qadimgi Rim, Qadimgi Yunoniston, Sparta, Afina didaktikasi, pedagogika,
beshkurash, gimnastika, kiforist, gramatist, maktab.
Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda kichik-kichik
quldorlik davlatlari, jumladan Lakoniya bosh shahri Sparta, Attika bosh shahri
Afina tashkil topadi. Sharq va Rim xalqlarining tajribalarini umumlashtirib va
rivojlantirib pedagogika tarixida Sparta va Afina tarbiya tizimi yaratilgan alohida
o‘rin tutadi.
Ta’lim-tarbiyada yuqori tabaqa vakillarining bolarini jangovar va harbiy
tayyorgarlik va qullarni boshqarish mahoratini shakllantirish maqsadi ustuvor
bo‘lgan bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, 7 yoshdan 13-14 yoshgacha
grammatik va kifarist (sanat) maktablarida tahsil olgan. Ularga o‘qituvchi
didaskallar (didaska saboq beraman keyinchalik “didaktika” ta’lim nazariyasi)
o‘qish yozishdan saboq berganlar. Kifarist maktablarida adabiyot, notiqlik, musiqa
va estetika asoslari o‘qitilgan. 13-14 yoshdan keyin palestra (kurash) maktabida,
18-20 yoshda efibiya maktabida harbiy, siyosiy, ta’lim berilgan. Qobiliyatli bolalar
gimnasiya (keyinchalik gimnaziya)da falsafa, siyosatshunoslk, va adabiyot
o‘rganishga davlatni boshqarishga yo‘nalitirlgan. Spartada hatto qizlar ham harbiy
tayyorlangan. Afinada qizlar faqat uy-ro‘zg‘or ishlarida tayyorlangan.
O‘smiralr tabiyasidan jismoniy chiniqsh, soqvuqqa, ochlikka chidash va
harbiy gimnastikaga e’tibor qaratilgan. Yosh spartaliklar yugurish, sakrash, nayza
va koiya irg‘itish. Kurash, qo‘l jangi, harbiy qo‘shiq, mahoratini egallashlari shart
bo‘lgan. Sport olimpiya o‘yinlari joriy etilishi qadigi Qadimgi Yunonistonda asos
solingan.
Tabiiyki, ana shunday hayotiy tajribalar jahon xalqlari ma’naviy, ilmiy
merosini umumlashtirish asosida ijtimoiy va tabiiy fanlarga asos solingan. Qator
fan va ilmiy tushunchalar jumladan pedagogika (peys-bola, logos-yetaklamoq,
tarbiyalamoq)ning qadimgi yunon tilida ekanligi ham shundan.
Avvalo, mamlakatning siyosiy, madaniy, taraqqiyoti, ijtimoiy buyurtma
ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini rivojlanishiga shart-sharoit yaratgan:
ikkinchidan, qadimgi yunon faylasuflarning ilmiy merosi, pedagogik tavsiyalari,
g‘oyalari mamlakatning rivojlashinida muhim omil bo‘lgan. Bundan jamiyat,
mamlakat xalqining ma’naviy-madaniy, iqtisodiy taraqqiyoti qanday bo‘lsa,
maktablarnining taraqqiyoti shunday bo‘ladi;
Ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lsa, mamlakat xalqining ma’naviy iqtisodiy
va siyosiy taraqqiyoti shunday bo‘ladi degan xulosaga borish mumkin. Bu
jamiyatning taraqqiyoida o‘zaro uzviy bog‘liqlik qonuniyati insoniyat
rivojlanishining keyingi bosqichlarida ham ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |