Qadimgi Rim shahrida yashab o‘tgan
faylasuf, shoir va siyosiy arbob Se-nekaning
vatani Ispaniya edi. Ota-si uni go‘daklik chog‘ida Rimga olib keldi. Seneka bu
yerda Pifagorning izdoshi Sotion qo‘lida tahsil oldi. Seneka Knchik Agrippinning
o‘g‘li, 11 yoshli bo‘lajak imperator Neronga murabbiylik qilgan. U o‘z
ta’limotlarida haqiqiy falsafada bir-biriga sira o‘xshamaydigan nazariyotchilarning
g‘oyalari amalda bir narsaga borib taqalishini ochib berishga intilgan.
Seneka o‘z qarashlarini quyidagi asarlarida bayon etgan:
«Lutsilliyga bitilgan axloqiy maktublar» (Ushbu qo‘lyozma
Senekaiing eng yirik
asari bo‘lib, uning asl nusxasi hozirga qadar saqlanib qolgan)
«Tabiatshunoslik masalalari»
«Baxtli hayom haqida»
«Taqdiri ilohiy haqida»
«Qahru g‘azab haqida»
«Ruhiy xotirjamlik haqida» «Rahm-shafqat haqida» «Yupanch»
«Lutsilliy! — deb yozadi Seneka o‘z maktubida. — Sayyohning yuki qanchalik
qimmatli bo‘lsa, u dengizning osu-daligi haqida shunchalik ko‘p qayg‘uradi.
Suvning sokinligi uchun iloh Neptundan minnatdor bo‘ladi.
Faylasuf ham
xotirjamlikda fikr yuritish uchun yurt tinch bo‘li shini istaydi hamda ana shu
osoyishtalikni tuhfa etgan larga minnatdorchilik izhor etadi...»
Ma’naviy qullikdan sharmandaliroq mutelik yo‘q.
* * *
Men hech qachon kullarcha itoatguylik qilmayman va hech kimga ergashmayman.
Ko‘p hollarda buyuk odamlarning
fikrlariga ishonaman, ammo ba’zi masalalarda
o‘z qarashlarimga tayanaman.
* * *
Taqdir tan beruvchilarning qo‘lidan tutadi, qarshilik ko‘rsatuvchilarni esa sudraydi.
* * *
Inson qalbi buyuk va bepoyondyr. U chegara bilmaydi.
* * *
Jamiki narsalar bir-biridan paydo bo‘ladi. Masalan:
havo suvdan, suv havodan,
olov havodan, havo olovdan yuzaga keladi. Shunday ekan, nima sababdan Yerning
suvdan, suvning esa o‘z navbatida Yerdan paydo bo‘lishi mumkin emas?
Sen xudoni taqdir deb atashni istaysanmi? Yanglishmaysan.
Chunki butun olam
unga bog‘liq. U barcha sabablarning sababkoridir.
Xudoni tabiat deb atasang ham xatoga yo‘l qo‘ymaysan. Chunki hamma narsani U
yaratadi va biz Uning nafasidan bahra olib yashaymiz.
Uni dunyoi jahon deb atamoqchidirsan balki? Aldanmaysan. Chunki sen ko‘rib
turgan bir butun olam ham Uning o‘zidir. Bu olamni tashkil etuvchi har bir qismni
U mukammal tarzda yaratgan. U o‘z qudrati bilan o‘zini asray-di, himoya qiladi.
* * *
Tabiat bizni kirishda ham, chiqishda ham tintuv hiladi. Yalang‘och kelgandik,
yalangoch ketamiz. Bu yerdan olib kelganingdan ortiq narsani olib ketolmaysan.
* * *
Kulfat tashqaridan kelmaydi, u bizning o‘zimizda, ichichimizdadir.
* * *
Ezgulikning hadisini olgan odam uni unutib qo‘yish
esidan chiqarishi mumkin
emas.
* * *
Kichik qayg‘u kishini so‘zlatadi. Kattasiga esa so‘z yo‘q.
* * *
Faqat aql-idrok osoyishtalikni ta’minlay oladi.
* * *
Ozga qanoat qilgan me’da ko‘p narsadan ozod bo‘ladi.
* * *
Biror narsani yo‘qotishdan dahshatga tushish — judolik g‘amini chekish bilan
barobardir.
* * *
Ezgu ishning mukofoti — uning amalga oshishidadir.
* * *
Falokat yuz bergan chog‘ida qaltis qarorlar qabul qilishga tug‘ri keladi.
Haddan ortiq shodlik ham insonni ezib yuboradi.
* * *
Yoshlik chog‘da
ilm olib, keksayganda esa ana shu ilm-fan zavqlanib yashamoq
eng tug‘ri yo‘ldir.
Do'stlaringiz bilan baham: