3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar). Reja


Tasavvufda inson o‘zligini bilish ta’limotining pedagogik asosi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#839508
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
3-маъруза

Tasavvufda inson o‘zligini bilish ta’limotining pedagogik asosi
 
1 Komenskiy Y. A. Velikaya didaktika. Izd. Ped. Soch. v 2-x tomax.- M.: Pedagogika, 1982.-344y.


Tasavvuf ta’limotida komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy 
bilimlarni egallagan, ruhi Mutloh ruhga tutash qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo – 
lim pokiza zot. Prof. Najmiddin Komilov “Tasavvuf” kitobida yozishicha komil 
inson tasavvuf adabiyotida ko‘p marta tilga olinib, munozaralarga sabab bo‘lgan va 
bu haqda maxsus kitoblar yozilgan. Shulardan Sayid Abdulkarim Geloniy va 
Aziziddin Nasafiy (XIII asr) larning “Insoni komil” nomli risolalaridir. Komil 
inson tushunchasini birinchi marta Muhyiddin Ibnal Arabiy (1165 - 1240) 
tomonidan muomalaga kiritilgan. Uning fikricha komil insonning yerdagi timsoli 
Hazrat Muhammad salollohu vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, 
dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. 
«Qur’on»i karimda insonga berilgan tariflar ham komil insonga berilgan 
tariflardir. “Valaqat karim – no bani odama” (Odamlar bolalarini mukarram qilib 
yaratdik) va “Laqat xalaqno fiahsanut taqvim” (Chindan ham inson suratini go‘zal 
qilib yaratdik) oyatlari mavjud. Demak, har bir inson barkamol bo‘lish 
imkoniyatiga ega va haqli. 
Shayx Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “maqsadi aqso”, “Zubdatul 
haqoyiq” nomli va boshqa risolalarida komil inson masalasi o‘ziga xos qiyofasini 
ifodalaydi.Unda bu tushuncha insonning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti martabalar 
topishi bilan bog‘liq holda olib qaraladi. Natijada biz Aziziddin tariflarida aynan 
hayotiy odamga xos belgilar, axloqiy sifatlarni ham ko‘ramiz. Yana shuni ham 
aytish kerakki, Nasafiy islomdagi bir nechta ilmning insonga bo‘lgan qarashlari va 
munosabatini chog‘ishtiradi, insonni kayhoniy vujud sifatida ham, yer maxluqoti 
sifatida ham tahqiq va tadqiq etadi. Nasafiyda komil inson ruh tushunchasi bilan 
zich aloqada tasvirlanadi. Inson martabalari ruh martabalari sifatida olib qaraladi. 
Shu uchun umumiy tushunchadan (konkret) tushunchalarga o‘tib turish bor. 
Buning sabablaridan yana biri Aziziddin Nasafiyning kamolotni uruj (kutarilish) va 
nuzul (tushish) nazariyasi asosida tushunishidir. Bu nazariya o‘z navbatida ulug‘ 
olam va kichik olam tushunchalari bilan bog‘lanib ketadi. Chunki Nasafiy Ibnal 
Arabiyga qo‘shilib, insonni olam sag‘ir (kichik olam) ilohiy olam va moddiy 
olamni birgalikda olami kabir (ulug‘ olam) deb ataydi. - Ulug‘ olamdagi jamiki 
narsa va xususiyatlar kichik olamga mavjud, deydi u. Shu tariqa, inosn yuqori olam
- olami kabirning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib hisoblanadi.
Aziziddin Nasafiy komil insonga tarif berib yozadi: “Bilgilki, Komil inson 
deb shariat va tariqat va haqiqatga yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu 
iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday 
insondirkim, unga quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi 
fel, yaxshi axloq, va maorif”.
Pedagogika tarixida tasavvuf tariqatlarining komil inson haqidagi qarashlarni 
o‘rganish va kishilik jamiyatida milliy ta’lim – tarbiyaning hayotiy tajribalarini, 
ilmiy g‘oyalarni qiyosiy tahlil etish bugungi kunda foydalanish imkoniyatini 
oshiradi. Barkamol shaxsni shakllantirishda tasavvuf ta’limotining buyuk qudrati 
inson o‘zligini anglashi, uning botuniy, ruhiy olami va hayotiy uyg‘unligi jahonda 
dolzarb ta’lim – tarbiyada refleksiya yo‘nalishini rivojlantiradi.


Demak, ta’lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni komil inson mohiyatida o‘z 
ifodasini topgani pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limotining o‘zaro aloqasidan 
dalolat beradi.
Pedagogika tarixini o‘rganishda metodologik yondashuv boy ma’naviy 
merosimizning ilmiy-amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. Milliy 
g‘oyaning komil inson ta’limotini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimida ma’naviy 
merosdan foydalanish samaradorligini oshiradi. 
Ana shu qonuniyatlar jamiyatimizning ma’naviy qudratini oshirish, 
barkamol avlodni tarbiyalashda tasavvuf ta’limoti va pedagogik merosimizdan 
izchil foydalanishning metodologik asosidir.
Pedagogika tarixi va tasavvufning o‘zaro aloqasini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Ijtimoiy ong shakllari sifatida bir-biri bilan uzviy боғлиқлиги; инсонни o‘zligini 
bilish predmetida tasavvuf va pedagogik merosimizning bevosita aloqasi; milliy 
mafkurani yaratishda va ommanining ongiga singdirishda yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashda o‘zaro hamkorlik kabilar. Shuni takidlash lozimki, har bir 
ijtimoiy voqeylik, jumladan, insonni bir butunlikda o‘rganish, barkamol avlodni 
tarbiyalash, shaxsni shakllantirishda fanlararo bog‘liqlikni bayonchilik, 
chaqiriqlardan aniq qonuniyatlar asosida yondashish vaqti keldi. Zero, shaxsni har 
qanday g‘oyaviy manqurtlik ruhida tarbiyalash barham topmoqda, insoniyat 
taraqqiyoti tarixi tajribalari asosida “insondagi imkoniyatlarni erkin namoyon 
qilishga shart-sharoit yaratish davr imkoniyati va talabi mavjud qonuniyatlar 
asosida yondashish tizimini ishlab chiqish davri keldi.
Shaxs o‘zligini bilishi o‘z-o‘zini tarbiyalashga tarixiy taraqqiyoti izchil 
o‘rganilman Vaholanki, o‘z-o‘zini tarbiyalash barkamol shaxsni shakllantirishning 
samarali omildir. Inson o‘ziligini bilishi va o‘z-o‘zini boshqarishi, tarbiyalashi 
muammosini rivojlantirishda ham bu ikkala ong ijtimoiy shakli bir-birini to‘ldiradi. 
Bu borada komil inson haqidagi qarashlarining umumiy ikki yo‘nalishni ko‘rish 
mumkin. Birinchi turkum qarashlar tarki dunyo etib ollohning yo‘liga o‘zini 
bag‘ishlay olgan; inson o‘zligini bilish, o‘zligida olloh qudratini ko‘rishi komillik 
mezoni sifatida talqin etiladi. Yа’ni, “Hadisi sharif” dagi “Kimki o‘zini tanisa, 
Rabbini taniydi” g‘oya Alisher Navoiy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xaloj va 
Jaloliddin Rumiy kabi mutafakkirlarning so‘fiyona ta’limotida ifodasini topgan. 
Inchunun, Alisher Navoiyning “Lison-ut tayr” asarida inson o‘zligini anglashi 
ramziy obrazlar orqali asoslangan. komillikka erishish bosqichlari, sifatlari hayotiy 
lavhalarda ko‘rsatilgan. 
Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat 
qilib kelgan. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib 
borishi bu ta’limotning asosiy g‘oyasidir. Shu bois tasavvuf chuqur insparvarlik 
g‘oyalari bilan omuxta bo‘lib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo‘l topdi, 
odamlarni poklik, abadiy hayot, ko‘ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab 
keldi. 
Sharq tasavvuf tarixi, ularning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti haqida 
Najmiddin Komilovning “Tasavvuf”, Homidjon Homidiyning “Tasavvuf 
allomalari”, Anvar Choriyevning “Tasavvuf falsafasida inson qiyofasi” kitoblari 
alohida o‘rin tutadi. Sharq malakatlarida tasavvuf ta’limoti “maktab”, “tariqat”, 


tarzida keng tarqalgan. Muhosibiya, malomatiya, tayfuriya, junaydiya, qodiriya, 
suhravardiya, mavlaviya, kubraviya, chishtiya, naqshbandiya, bektoshiya, 
hakimiya, shotiriya, axromiya, yassaviya, kabi tariqat va mazhablarni ko‘rsatish 
mumkin. Bu tariqat va mazhablar malum jihatdan bir-birini to‘ldirsa, ko‘p hollarda 
bir-biri bilan kurash olib borgan. 
Alisher Navoiy “Nasoyimul muhabbat” asarida keltiradikim, Jaloliddin 
Rumiy o‘z zamondoshi Sadriddin Kazviyni xushlamas edi. Bir kuni suhbat 
asnosida gap islomdagi mazhablar haqida borganda, Rumiy Kazviyga qarab “Men 
yetmish uch mazhab bilan birdirman”, deydi. Bu etmish уч мазҳаб-исломдаги 
siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy kurashlarni ifodalab kelgan har xil oqimlar, guruh 
va firqalardir.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish