3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar). Reja


Tasavvufda ta’lim-tarbiya tamoyillari, metodlari va vositalari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#839508
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
3-маъруза

 
Tasavvufda ta’lim-tarbiya tamoyillari, metodlari va vositalari.
Pedagogika tarixining asosiy ilmiy muammolaridan biri ta’lim – tarbiya 
jarayoni qonuniyatlari va tamoyillarining taraqqiyotidir. XX asr oxirlariga qadar 
ta’lim – tarbiya jarayonining qonuniyatlari aniq masala sifatida o‘rganilmagan edi.
Har qanday obyektiv qonuniyat singari ta’lim – tarbiya jarayonida ham 
barqaror, takrorlanib turuvchi, ichki aloqadorlik, bog‘liqlik qonuniyatlari mavjud. 
YAni, ta’lim – tarbiya jarayonining ham o‘ziga xos qonuniyatlar va tamoyillari 
(prinsiplari) asrlar bo‘yi shakllangan, hayotda o‘z isbotini topgan. Ta’lim 
prinsiplarini ilmiy asoslashda buyuk chex pedagogi va pravaslav dinining 
rahnomalaridan biri Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning, ta’limoti jahonda 
tan olingan. Uning izchillik, ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik, yosh va individual 
xususiyatlarni hisobga olish, jamoa shaklida o‘qitish prinsiplari jahon pedagogika 
tarixida alohida o‘rni tutadi. Mustaqillikdan keyin Abu Ali ibn Sinoning didaktik 
qarashlarida ta’limda uzviylik, tabaqalashtirish, ta’limda o‘quvchi faolligi, bugungi
texnologik yondoshuv tamoyillari ilmiy.
Barcha dinlar, jumladan, islomning nazariy asosi tasavvufda joriy qilingan 
ma’naviy, ruhiy tajribalar, eng avvalo diqqatni insonga qaratgan, insonni o‘zini 
ilohiy mohiyatini bilishga, mushohada etishga ilhomlantiradi. Shuning uchun ham 
bashariyat islom tasavvufiga qiziqishi, o‘zgacha ehtirom bilan orta boshladi. 


Tasavvuf insonning basirat ko‘zini Ruh va Ko‘ngil olamiga qaratadi. Nafsni tanish 
va yengish orqali go‘zal axloqqa erishish tajribasini o‘rgatadi. Ruhoniyat tarbiyasi 
uchun uzluksiz g‘amho‘rlik qilish usullarini ko‘rsatadi. 
Muhammad Payg‘ambar ta’limotining musulmon madaniyati, adabiyoti ilm-
fanning tadqiqot obyektiga aylanishining bosh sabablaridan biri ham shunda. 
Rasululloh uchun dinning kamoli, eng avvalo, axloqning kamoli edi. Bir zot 
Rasulullohning yoniga kelib: “Ey Ollohning Rasuli! Din nimadirq” – deya 
so‘raganda, payg‘ambar: “Din go‘zal axloqdir”, - deb javob beribdi. O‘sha odam 
payg‘ambarning o‘ng tomoniga o‘tib, yana Rasuli Olloh! Din nimadirq deb 
so‘rabdi. Payg‘ambar esa: “Din go‘zal axloqdir”, - debdi. So‘ng haligi kimsa 
payg‘ambarning orqasiga o‘tib “Ey Ollohning Rasuliq Din nedurq” degan ekan, 
payg‘ambar: Anglamasmisan, din g‘azablanmaslikdir”
1
3
, - degan ekan. 
Demak, komil inson mohiyati, fazilati uni shakllantirish omillari taraqqiyoti 
masalasida pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limoti uzviy bog‘liq rivojlangan. 
Komil insonni shakllantirishda ta’lim – tarbiyaning ijtimoiy mohiyati falsafa tarixi, 
jamiyat tarixi kabi fanlar o‘rgansada uning qonuniyatlarini, mazmuni, metodlari, 
vositalari va shakllari tarixiy taraqqiyotini pedagogika tarixi o‘rganadi. 
Ta’lim - tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, maqsadi insoniy hayoti, yashashga 
tayyorlash ekan uning mazmuni har bir davr talabidan kelib chiqadi. Zero, 
pedagogik qonuniyatlardan biri ham ta’lim – tarbiyaning davr talabiga, jamiyat 
buyurtmasiga mosligidir.
Bu borada islom ta’limoti VI – VIII asrlarda jamiyatdagi ma’naviy 
bo‘shliqni to‘latishga qaratilgani, qatiy ta’lim – tarbiya mazmunida ifodalanadi. 
Malumki, ta’lim – tarbiyaning mazmuni ibtidoiy jamiyatda: mehnat 
qurollaridan foydalanish, dehqonchilik qilish, tabiat injiqliklaridan muhofazalash
tibbiy bilim mehnat ta’lim – tarbiyasi mazmunini: hamkorlik, do‘stlik, jamoa 
qoidalariga rioya qilish, kattalarni hurmatlash axloqiy tarbiya; jismoniy chiniqish, 
har xil o‘yinlar jismoniy va nafosat tarbiyasi mazmunini ifodalagan.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida kishilik jamiyati tomonidan 
yaratiladigan tajribalarni aniq mashg‘ulotida tizim asosida ta’lim berish qoidalari 
mazmuni, metodlari shakllanganini yozma manbalar “Avesto” da va yunon 
pedagogikasi tarixida ko‘ramiz. 
Xalq pedagogikasi maqol, rivoyat, dostonlarda ta’lim - tarbiyaning 
mazmuni o‘z aksini topgan. Har bir davr ta’lim – tarbiya mazmuniga o‘z hissasini 
qo‘shgan. Ta’lim – tarbiya mazmuni, avvalo, davr talabiga mos rivojlangan bo‘lsa, 
o‘z navbatida jamiyat, millat va har mamlakat rivojlanishi ta’lim – tarbiya 
mazmuniga bog‘liq bo‘lgan.
Jamiyat tarixi manbalarida malumki, meloddan oldingi ming yillik 
o‘rtalarida insoniyat yashash tarzining oshishi boylik to‘plash, yerlarni bosib olish, 
qullarning kuchidan foydalanish, xalqlar o‘rtasida, urug‘lar o‘rtasida raqobat bir 
1 Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis (Al-jome’ as-sahih). 1-jild 
/Tarjimon Z.Ismoilov. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997. – 572 b.


tomondan ma’naviy – axloqiy tarbiyaga ham salbiy tasir ko‘rsatdi. Ikkinchi 
tomonidan hunarmandchilik savdo – sotiq, memorchilik tibbiyot, davlatchilik kabi 
ilmlarni rivojlanishiga olib keldi. Qaysi halqda ilm – fan, ta’lim – tarbiya 
rivojlangan bo‘lsa, shu xalq ustunlikka erishdi. Buni qadimgi Yunonistonda ilm – 
fanni rivojlanishi va jahonning ko‘pgina qismini zabt etishida ham ko‘rish 
mumkin. 
Bu insoniyatning bir- biri bilan raqobati ma’naviy bo‘hronlarini ham 
keltirib chiqardi. Shunday bir davrda Olloh tomonidan nozil bo‘lgan dinlar 
insoniyatning ma’naviy mezonida aylandi. Insoniy fazilatlar har – bir dinning 
mohiyati, mazmuniga mujassam bo‘ldi.
Islom ta’limoti falsafasi, ma’naviyati, axloqi, huquqining asosi bo‘lgan «Qur’on»i 
Karim”ga ilohiyat, diniy e’tiqod masalalari bilan birga insonparvarlik, insonlarni 
qovushtirish, ularning o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat – nizolarning olidini olish, 
ular orasiga adolat o‘rnatish kabi axloqiy ta’lim – tarbiya mazmuni ifodalangan. 
Tasuvvuf ta’limotini ommoning shaxsning ongiga, qalbiga asrlar bo‘yyi barqaror 
tasiri, dunyoda buyuk shaxslar tomnidan e’tirof etilishi uning tasirchan metod va 
vositalaridan dalolat beradi. Har bir tasavvuf allomasining tariqatida, ta’limotida 
komil insonni shakllanishi metod va vositalari izchil ifodalanadi.
Tasavvuf joriy etilgan ma’naviy ruhiy tajribalar, eng avvalo, diqqatini 
insonga qaratar, uni o‘zining ilohiy mohiyatini mushohoda etishga ilhomlantiradi. 
Tasavvuf insonni ollohga tobeyligiga alohida urg‘u berar ekan insonning, insonga 
qaram va muhtojligi tushunchalarani tubdan isloh aylashni hurriyat, erkinlik 
tenglik kabi aqidalarini targ‘ib qiladi. Tarixiy tarjribalardan kelib chiqadigan 
ta’lim-tarbiya insonparvarlashtirish va demokratlashtirish tamoyili “har bir shaxsni 
erkin rivojlashiga shart-sharoit yaratish” (I. Karimov) imkoniyatini oshiradi. 
Tasavvufda insonshunoslik g‘oyasi ustuvorligi yana ilmiy o‘rganishga 
molik. “Tasavvuf maslagi insonning besurat ko‘zini Ruh va Ko‘ngil olamiga 
qaratadi. Nafsni tanish va yengish orqali go‘zal axloqqa erishish tajribasini 
o‘rgatdi. Va ruhoniyat tarbiyasi uchun uzluksiz g‘amhurlik qilish usullarini 
ko‘rsatdi”
1
.
4
.
Ta’lim – tarbiyaning samaradorligi oshirishda uning shakl va vositalari 
muhim muammo, munozara bo‘lib kelgan. Ta’lim-tarbiya tizimi shakl, va vositasi, 
saboq berish mashg‘ulotlari darsning takomillashuvi uzoq tarixga taqaladi. 
“Avesto” dagi didaktik g‘oyalar qadimgi Yunonistonda pedagogika tizimi 
fikrimizning dalilidir. Malumki xalq pedagogikasida badiiy rivoyat, maqol hikoya, 
doston pand-nasihat asarlar ta’lim-tarbiyaning tasirchan vositasi ekanligi hayotda 
asosalangan. Diniy ta’limotning barchasida shuningdek, tasavvuf allomalarining 
asarlarida ham sher badiiy lavhalar vositasi ta’lim va targ‘ibotning asosiy 
vositasidir. 
Ta’lim-tarbiya metod, usul va vositalarini taraqqiyoti tajribalarini 
umumlashtirish pedagogika tarixining muhim muammodir. Har bir davr ta’lim-
tarbiya mazmuniga xos metod va vositalarini qo‘lanilishi samaradorli omili bo‘lib 
kelgan. Bu boradagi rivojlangan tajribalar umumlashtirilgan, avloddan-avlodga 
1 Ibrohim Haqqul “Tahdir va tafakkur” “Sharq” T., 2007 27-28 b 


o‘tib kelgan. Ta’lim-tarbiya talabi, jamiyat buyurmasi, zamon va makon xususiyati 
asosida milliylik va umuminsoniylik xususiyat qaror topadi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish