3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Download 138.38 Kb.
bet1/14
Sana15.05.2021
Hajmi138.38 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Iqtisodiy munosabatlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur bobda ij- timoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ulami bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ulaming xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.

Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amal- ga oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni, ulaming o‘zgarish va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi.

Mamlakatimizda taraqqiyotning hozirgi bosqichida mulkchilik mu- nosabatlarini takomillashtirish, ulaming rivojiga keng yo‘l ochib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham e’tibor beriladi.


    1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar

Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqa- mvchi kuchlaming o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqich- ga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlami o‘rganish iqtisodiy jarayonlami, ulaming o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.

Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilami ajratib ko‘rsatish mumkin:



  • tarixiy-formatsion yondashuv;

  • madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;

  • texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

  • iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e'tibor berilgan.

Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqa- rish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqa- rishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ish- lab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bi- lan tabiat o‘rtasidagi bogManishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqa- ruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko'rsatkichidir.

Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya'ni ishlab chiqarish muno- sabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tash- kil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon boTib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlaming xususiyatlarini va ulaming ijti- moiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir. Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega boTadi. Bu ijtimoiy shakl iqtisodiy munosabatlami vu- judga keltiradi, ulaming mohiyati va asosini ishlab chiqarish vosita- lariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.


Download 138.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat