3. Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari



Download 1,67 Mb.
bet1/11
Sana15.06.2022
Hajmi1,67 Mb.
#675366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pulning kelib chiqishi



MUNDARIJA:

Kirish
1.Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish shakllarining tarixiy rivojlanishi.............................................


2.Jamiyat taraqqiyotida tovar ishlab chiqarish va pulning zarurati...............................................................................................
3.Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari
4.Pul taklifining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir samaradorligi....................................................................................
5.Pulning iqtisodiyotga ta’siri portfelli yondashuvlari va
yo‘nalishlari.......................................................................................
6.Makroiqtisodiy rivojlanishning pul-kredit siyosatini rivojlantirish yo‘llari...................................................................
Xulosa va takliflar....................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakatimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda Umumjahon savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog‘liq. Chunki pul-kredit tizimi mamlakat iqtisodiyotini mablag‘ bilan ta’minlovchi va iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi infratuzilma bo‘lib hisoblanadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida 2022 yil va
2023-2024 yillarda pul-kredit siyosati sohasida amalga oshiriladigan
ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda
Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar, pul-kredit siyosatini
yuritishdagi yondashuvlar va takomillashtirish istiqbollari aks
ettirilgan.Mazkur hujjatni ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda
narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiya darajasini
2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib
chiqilgan.Tashqi va ichki sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha hali ham
yuqori noaniqliklar saqlanib qolayotganligini inobatga olib, o‘rta
muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishda ikki xil
ssenariy asosidagi rivojlanish kutilmalariga tayanildi. Bunda, tashqi
va ichki omillarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘lami va
davomiyligini inobatga olib o‘rta muddatli makroiqtisodiy
rivojlanishning asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.
Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan
davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi,
rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini
belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar
shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil
sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy
oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari,
amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning
kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va
ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi
kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda
tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson
resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha cheklovlar
joriy etilmaydi. Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi. Asosiy ssenariy doirasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlar qaralmoqda.Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysida jahonda
pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi
sharoitlarning noqulay shakllanishi, xalqaro moliya bozorlarida
vaziyatning taranglashishi va asosiy savdo hamkorlarda iqtisodiy
faollikning pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan.
Ushbu ssenariy shartlari yuz bergan holatda tashqi talab darajasi
2022 yilda pasayib, ichki iste’mol va investitsion xarajatlar
sur’atlarida biroz sekinlashish kuzatilishi mumkin. Prognozlarda inobatga olingan xatarlarning birma-bir yoki bir
nechtasining bir vaqtda ro‘y berishiga qarab ularning qanchalik davom
etishi va milliy iqtisodiyotga salbiy ta’siri baholandi.
Asosiy ssenariyda pul-kredit siyosatining nisbatan qat’iy
sharoitlari saqlab qolinsa, muqobil ssenariyda esa pul-kredit
sharoitlarini biroz yumshatish hamda narxlar barqarorligi va
iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadlari o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin.
Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish
va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta
bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish,
tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit
siyosati transmission mexanizmi samaradorligini oshirish borasida
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Markaziy bankning diqqat
markazida bo‘ladi.
Transmission mexanizm samaradorligini oshirish vazifasi moliya
bozorini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini
rivojlantirish, xususiy kapital bozori ko‘lamini oshirish va
iqtisodiyotda banklardan tashqari moliyaviy vositachilik
institutlarini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi.
Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan
masala – bu inflyatsiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini
bartaraf etish masalasi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, iste’mol
bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tovarlar importida
konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish, hududlarda savdo va
xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi choralarni
amalga oshirishni taqozo etadi.
Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
inflyatsiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit
sharoitlarini bosqichma-bosqich neytral shartlarga o‘tkazish imkonini
beradi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish