2-jalval.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysi bo‘yicha prognozlar (foizda)
Ko‘rsatkichlar
|
2020 y.
(fakt)
|
Asosiy ssenariy prognozlari
(yillik o‘sish, foizda)
|
2021 y.
|
2022 y.
|
2023 y.
|
2024 y
|
Yillik inflyatsiya
darajasi
|
11,1%
|
9,8-9,9%
|
8-9%
|
5-6%
|
5%
|
YAIM real o‘sishi
|
1,7%
|
6,5-7,2%
|
5,5-6,5%
|
5-6%
|
6-6,5%
|
Yakuniy iste’mol
xarajatlari o‘sishi
|
-0,5%
|
9-10%
|
6-6,5%
|
6,3-7,2%
|
5,2-5,7%
|
-uy xo‘jaliklari
|
-1,2%
|
10-12%
|
6-7%
|
6,1-7,2%
|
5,1-5,8%
|
-davlat boshqaruv
organlari
|
2,0%
|
8-9%
|
5-6%
|
6,4-7,5%
|
4,4-5,1%
|
Asosiy kapitalga
investitsiyalar o‘sishi
|
-8,2%
|
13-17%
|
6,3-8,4%
|
8,5-10,3%
|
9,4-11,2%
|
-markazlashgan investitsiyalar
|
-34,9%
|
30-40%
|
1-2,2%
|
8,4-10,2%
|
8-9%
|
-markazlashmagan investitsiyalar
|
2,0%
|
10-14%
|
9-11,3%
|
8-11%
|
9-11%
|
-shundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
|
-32,7%
|
15-20%
|
50-60%
|
25-30%
|
10-15%
|
Umumiy fiskal balans (YAIMga nisbatan)
|
-4,4%
|
-(4,5-5,5)%
|
-(2,6-3,1)%
|
-(2-3)%
|
-(2-2,5)%
|
-Eksport hajmi o‘sishi (oltinsiz)
|
-25,6%
|
25-30%
|
20-25%
|
15-20%
|
17-22%
|
-Import hajmi o‘sishi
|
-12,8%
|
16-19%
|
8-10%
|
13-17%
|
9-10%
|
-Kredit qo‘yilmalari
qoldig‘i o‘sishi
|
34,3%
|
18-20%
|
17-19%
|
15-17%
|
14-15%
|
Manba: Markaziy bank
Asosiy savdo hamkorlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining
tiklanishi va milliy valyutalari almashuv kursining barqaror bo‘lishi,
o‘z navbatida, mamlakatimizga transchegaraviy pul o‘tkazmalari
hajmining 2022-2024 yillarda yillik 10-12 foizga ortishiga xizmat
qiladi. Bunda, Rossiya va Qozog‘istondan pul o‘tkazmalarining jamidagi
ulushi yuqori bo‘lib, pul o‘tkazmalari hajmi ko‘p jihatdan ushbu
davlatlarda makroiqtisodiy jarayonlarning shakllanishiga bog‘liq
bo‘ladi. Joriy yilda jahonda yalpi taklif hajmida kuzatilgan ayrim
uzilishlarga qaramasdan global savdo hajmlari 2022-2024 yillarda
barqaror o‘sib borishi taxmin qilinmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari narxlari o‘zida ifodalovchi FAO indeksining yillik
o‘sishi 2021 yilning sentabr oyida 32,8 foizni tashkil etgan bo‘lsada,
oziq-ovqat mahsulotlari taklifining tiklanishi va qishloq xo‘jaligida
hosildorlikning ortishi hisobiga indeksning kelgusi yillarda
barqaror pasayishi kutilmoqda. Bunda, “yashil iqtisodiyot”ni
rivojlantirish hisobiga uzoq muddatli istiqbolda iqlim
o‘zgarishlarining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hosildorligiga va
narxiga ta’siri minimallashib boradi.
Shuningdek, neft narxining (Brent markasi) 2022-2023 yillarda
1 barreli uchun o‘rtacha 65-80 dollar doirasida shakllanishi kutilmoqda.
Bu o‘z navbatida, ichki bozorda yoqilg‘i mahsulotlari narxi shakllanishida
asosiy omil bo‘ladi.
Shu bilan birga, global iqtisodiy o‘sishning tiklanishi va yetakchi
davlatlar tomonidan pul-kredit sharoitlarining kutilayotgan
qat’iylashtirilishi fonida moliyaviy aktivlar narxida o‘sish
tendensiyalari kutilmoqda. Bu esa, kapital qo‘yilmalarining xavfsiz
aktiv hisoblangan oltindan, davlat qimmatli qog‘ozlariga va boshqa
moliyaviy instrumentlarga o‘tishiga olib keladi.
Shu sababli, oltinning xavfsiz aktiv sifatidagi roli va mos
ravishda narxining pasayib borishi hamda 2022-2023 yillarda 1 troy
unsiya uchun 1 600-1 700 dollar atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Jahon iqtisodiyotining tiklanishi va joriy tezlashgan inflyatsion
jarayonlar sababli rivojlangan davlatlar tomonidan pul-kredit
sharoitlarining qat’iylashtirilishi (“taper tantrum”1) joriy yil
so‘ngidan boshlab amalga oshirilishi ehtimolligi ortib bormoqda.
Miqdoriy yumshatish hajmining qisqarishi va foiz stavkalarining
ortishi fonida jahon iqtisodiyotida inflyatsiya darajasining pasayib,
kelgusi yillarda maqsadli ko‘rsatkichi (targeti) doirasida
shakllanishiga yordam beradi.
Xulosa va takliflar
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
• iqtisodchilar o‘rtasida pul nazariyasiga oid qarashlar hozirgi vaqtda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa bunday qarashlar hozirgi texnologiya asrida yanada faollashmoqda. Iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanatiga erishish masalasi pul-kredit siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Bunday muvozanatga erishish monetar instrumentlarning ta’sirchanlik va samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan izohlanadi;
• tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud pul-kredit siyosati indikatorlari o‘rtasida ayrim nomutanosibliklar mavjud bo‘lib, ularni muvofiqlashtirish lozim (depozit va kreditlar hajmi, ularning elastikligi, pul multiplikatori koeffitsiyenti va uning pul massasiga ta’siri, real pul massasi va YAIM o‘sish suratlari o‘rtasidagi nomutanosibliklar);
• yuqoridagi nomutanosibliklar iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanatini ta’minlashga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Natijada, pulga bo‘lgan tanqislik qo‘shimcha ravishda YAIM hajmini oshirish, davlat budjetiga soliqlar ko‘rinishidagi tushumlarning kelib tushish, budjet sarf-xarajatlarini moliyalashtirish va aholi real daromadlarini o‘stirish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Yuqoridagi xulosalarga asoslangan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin:
• mavjud pul-kredit siyosati instrumentlari va indikatorlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Bunda asosiy e’tibor pul multiplikatori va devalvatsiya indikatorlariga qaratilib, ularning ta’sirida iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talab va taklif hajmini real qondirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, so‘nggi yillarda ta’sir samaradorligi past bo‘lgan devalvatsiya siyosatini suzuvchi kurs rejimiga o‘tkazish va shunga mos ravishda pul multiplikatori indikatorini qayta ko‘rib chiqish orqali pul taklifini muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqdir;
• real pul massasi va YAIMning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nomutanosiblik tendensiyalariga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash va ularni monetar vositalar orqali muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Aks holda bunday nomutanosiblik holatlari monetar vositalarning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi nazariy va amaliy xulosalarini inkor etishga yoki ularni asossiz chalg‘ituvchi paradoksga aylantirishi mumkin;
• pul massasi va uning aylanish tezligi o‘rtasidagi nomutanosiblik holatlarini ham takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda asosiy e’tibor, pul aylanish tezligini oshirish imkoniyatini beruvchi bank xizmati infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlariga qaratilishi lozim. Xususan, jismoniy shaxslar o‘rtasida mol-mulk va boshqa shaxsiy aktivlarni oldi-sotdi qilishda ularni o‘zlarining bank hisob-raqamlari orqali amalga oshirilishini rag‘batlantiruvchi hisob-kitob mexanizmlarini ishlab chiqish zarur;
• iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talab va taklifini muvozanatlashtirishda mavjud fond bozori instrumentlaridan samarali foydalanish, shuningdek kapitallar mobilligini izchil takomillashtirish va fond bozori faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maqsadida amaliyotga hisob stavkasi instrumentini joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |