3. Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari


-rasm. Xalqaro valyuta jamg‘armasining jahon iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlari



Download 1,67 Mb.
bet9/11
Sana15.06.2022
Hajmi1,67 Mb.
#675366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pulning kelib chiqishi

8-rasm.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining jahon iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlari

Manba: XVJ, Jahon iqtisodiy istiqbollari (Oktabr, 2021 yil)
Bunda, asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxlarining keskin oshishi fonida aksariyat davlatlarda shakllangan joriy inflyatsion jarayonlarning vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lishi kutilayotgan bo‘lib, inflyatsiyani pasaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati choralari ta’sirida kelgusi yil yakuniga qadar asosiy savdo hamkorlarimizda ham inflyatsiya darajasining o‘zining maqsadli ko‘rsatkichiga qadar pasayishi kutilmoqda.
9-rasm.
Jahon bankining jahon iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozlari

Manba: Jahon banki, Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiy istiqbollari.

O‘rta muddatli istiqbolda asosiy rivojlanayotgan davlatlarda pulkredit sharoitlarining joriy qat’iylashtirib borish fazasining


yakunlanishi neytral yoki rag‘batlantiruvchi fazaga o‘tish va yuqori
iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi.
Iqtisodiy faollikning tiklanishi va neft narxining yuqori
darajada saqlanib qolishi sharoitida 2022 yilda ham asosiy savdo
hamkorlarimiz milliy valyutalari almashuv kurslarida keskin
o‘zgarishlar (dollar indeksi o‘zgarishi ta’siridan tashqari)
kutilmayapti.
Bu o‘z navbatida, milliy valyutamiz almashuv kursiga ham tashqi
bosim ehtimolini pasaytiradi, real samarali almashuv kursi o‘zining
uzoq muddatli trendi doirasida bo‘ladi.
Tashqi talabning ortib borishi, asosiy eksport tovarlarimiz
bo‘yicha narxlarning qulay shakllanishi va real samarali almashuv
kursining fundamental trend doirasida tebranishi fonida eksport
(oltinsiz) hajmi 2022 yilda 20-25 foizga, 2023-2024 yillarda
15-22 foiz atrofida o‘sib borishi prognoz qilinmoqda.
Bunda, kelgusi yilda ham birja tovarlari narxlarining ijobiy
kutilayotganligi sababli rangli metallar va tekstil mahsulotlari
eksportining yuqoriroq sur’atlarda o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi sharoitida
xizmatlar eksportida (turizm xizmatlari) ham sezilarli tiklanish va
o‘sish sur’atlari kutilmoqda.
O‘z o‘rnida, iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarning faol davom
ettirilishi, investitsion loyihalar samaradorligining ortishi va
xususiylashtirish jarayonlarining jadallashishi hisobiga o‘rta
muddatli istiqbolda ichki ishlab chiqarish hajmining ortishiga
mutanosib ravishda import hajmining ham o‘sib borishi kutilmoqda.
Import hajmining 2022 yilda 10-12 foiz, 2023 yilda 13-17 foiz,
2024 yilda 9-10 foiz atrofida o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Import tarkibida mashina va uskunalar importi ulushining yuqori
saqlanib qolishi, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmi va uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan bo‘ladi hamda o‘rta muddatli
istiqbolda xomashyo importi oshib boradi.
Buning natijasida, to‘lov balansining joriy operatsiyalar
hisobvarag‘i manfiy saldosi YAIMga nisbatan 5-7 foiz darajasida
saqlanib qoladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning
kutilayotgan oshishi hamda qarz mablag‘larining jalb etilishi mazkur
manfiy tafovutni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan bo‘ladi.
Ayni paytda, investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishiga
mutanosib ravishda tashqaridan qarz jalb qilish hajmlarining qisqarib
borishi kutilmoqda.
Bunda pul-kredit siyosatining nisbatan qat’iy sharoitlarining
saqlanib qolishi va iqtisodiyotda inflyatsiyaning pasayib borishiga mos
ravishda doimiy real foiz stavkalarining ta’minlanishi
iqtisodiyotda ichki xususiy va tashqi investitsiyalar barqaror oshishi uchun
zarur fundamental sharoit yaratadi (2-jadval).
Tashqi savdo hajmlarining tiklanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan
transchegaraviy aloqalarning yaxshilanishiga, davlatlar o‘rtasida inson
harakati bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi, aviaqatnovlar,
logistika va transport harakatining tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy yilda transport-logistika tizimidagi muammolar va
uzilishlar fonida transport xarajatlarining keskin ortganligi
eksport va import narxlariga ta’sir etgan asosiy omillardan bo‘ldi.
Kelgusi yillarda ushbu nomutanosibliklarning bosqichma-bosqich
bartaraf etib borilishi narxlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish