3- mavzu: shakli o‘zgargan novdalar va ularning tuzilishi. Reja



Download 34,57 Kb.
bet1/5
Sana27.05.2023
Hajmi34,57 Kb.
#944429
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3- mavzu shakli o‘zgargan novdalar va ularning tuzilishi. Reja


3- Mavzu: SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR VA ULARNING TUZILISHI.
Reja:

  1. Novda va barg metamorfozi.

  2. Ildizpoya

  3. Yer ostki stolonlar va tugunaklar.

  4. Yer ustki stolonlar va bachkilar.

  5. Piyozboshlar.

  6. Sukkulent o‘simliklarning novdalari.

  7. Yer ustki novdalarining boshqa shakl o‘zgarishlari.

  8. Xashoratxo‘r o‘simliklar.

  9. Ildizning metamorfozlari.

Tayanch iboralar: tugunak-piyozboshlar, kaudeks, portikulyasiya, nepentes, venerina, rosyanka, g‘amlovchi ildiz, mikoriza.
Novda xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashganligi uchun ham tashqi ko‘rinishi o‘zgaruvchandir. Evolyusiya jarayonida barg, poya va ba’zan kurtak bir vaqtda metamorfozga uchraydi. Novdalarning asosiy shakl o‘zgarishlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Ildizpoya deb yer ostida gorizontal yoki bir oz egri bo‘lib o‘sadigan, ba’zi moddalarni g‘amlaydigan va ko‘pincha vegetativ ko‘payishi uchun xizmat qiladigan shakli o‘zgargan novdaga aytiladi. Ildizpoyada bo‘g‘in va bo‘g‘in oralig‘i, reduksiyalangan barg va yon kurtaklar, qo‘shimcha ildizlar yordamida erga mustahkam o‘rnashib turadi. Har yili ildizpoyadan yer ustiga chiqadigan bir yillik novdalar hosil bo‘ladi. Ildizpoyaning uchida kurtak bo‘ladi va uning faoliyati tufayli har yili bir tomonga qarab o‘sadi. Tik o‘sadigan ildizpoyalar valeriana, cheremitsada , gorizontal ildizlar esa rang, bug‘doyiq, g‘umay, ajriq, landin, kupena, kasatik va boshqa o‘simliklarda uchraydi. Ildizpoyaning xayoti uch-to‘rt yildan bir necha yillargacha davom etishi mumkin.
Ba’zi o‘simliklar poyasining eng ostki qismidagi kurtaklardan yoz oylarida yangi novdalar hosil bo‘ladi, ular yer osti bo‘ylab gorizontal o‘sadi. Ana shu novdalar stolonlar deyiladi. Oq rangdagi ingichka hamda mo‘rt poyachalar bo‘lib, rangsiz tangachasimon mayda-mayda bargchalarga ega. YOz oxirida stalonning uchi tepaga qayriladi va o‘sha erda kichkinagina tuguncha hosil bo‘ladi., ostki tomonida qo‘shimcha ildizlar tutami shakllanadi. Qishlab bo‘lgandan keyin tugunakcha kurtaklaridan yangi yer usti novdalar o‘sib chiqadi. Stolonlar esa o‘ladi, emirilib ketadi. Bu hodisani sedmichnik o‘simligida kuzatish mumkin. Demak, stolonlarda zapas modda yig‘ilishi sodir bo‘lmaydi. Bu funksiyani tugunaklar bajaradi. Tugunaklarning ildizpoyalardan farqi asosan ularning shaklidir (ovalsimon, sharsimon). Tugunak o‘qi kuchli yo‘g‘onlashgan barglar juda ham reduksiyalangan bo‘lib, umuman qo‘shimcha ildizlar hosil qilmaydi. Tugunakdagi kurtaklarni “ko‘zchalar” deb yuritiladi. Agar kartoshka tugunagi yer yuziga chiqib qolsa, ular yashil rangga kiradi, bu belgi uning poyadan kelib chiqqanligini isbot qiladi. Ba’zi o‘simliklar siklamenda tugunak stolonda emas, balki poyaning asosi yo‘g‘onlashishidan ham shakllanishi mumkin.
Ba’zi o‘simliklarda ularning har bir yangi novdasi bahorda bachkilar ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Ular yer usti bo‘ylab o‘sib boraveradi va ildiz otadi. Ildiz otgan joydan yangi o‘simliklar hosil bo‘ladi. Bachkilarning vazifasi ko‘proq maydonni egallash va vegetativ ko‘payishdir. SHuning uchun bachkilarni yer ustki stalonlar deyish mumkin. yer ustki stalonlarning umri qisqa, yangi o‘simlik gullagunga qadar yashaydi. yer ustki stalonlariga ega bo‘lgan o‘simliklarga jivuchka, kostyanka, zemlyanika, qulupnoy kiradi. Qulupnoy stolonlari barg qo‘ltiqlaridan o‘sib chiqadi. Ularning ustki kurtagi tepaga qayrilib, yangi o‘simlikni hamda ildizpoyani hosil qiladi.
Piyozboshi – qisqargan yer ostki poya ya’ni novdadir. Uning qisqargan poyasi (donsegi) bo‘lib, erda qo‘shimcha ildizlar orqali birikib turadi. Qisqargan poyaga shakli o‘zgargan barglar etdor suvli tanachalar birikadi. Ularda oziq moddalar g‘amlangan holda to‘planadi. Piyozboshning uchki va yon kurtaklaridan yer ustki novdalar shakillanadi. Piyozboshlar vegitativ yo‘l bilan ko‘payishiga xizmat qiladigan organ bo‘lib xilma-xil tuzilishlariga ega. Ular asosan bir pallalilarga uchraydi.tugunakpiyozboshi tugunak bilan piyozbosh o‘rtasidagi oraliq shaklni egallaydi. Ustki tomondan ular quruq tangachalar bilan qoplanganligi uchun piyozboshga o‘xshab turadi. Ichki qismida esa tangachalar emas balki poya qismi – donse yaxshi rivojlangan bo‘ladi. G‘amlangan oziq moddalar ham tangachalarda emas, ana shu qisqargan poya qismida to‘planadi, kelgusi yil sarflanadi. (g‘amlangan oziq moddalar) tugunak piyozboshlar gladiolus va shafran o‘simliklarida uchraydi.
Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarning va yarim butachalarning ko‘pchiligida yaxshi taraqqiy etgan ildizdantashqari kaudeks shakillanadi. U kelib chiqishi jihatdan novda hisoblanadi. Undan ko‘p kurtaklar bo‘lib oziq moddalar to‘plangan holda g‘amlanadi. Kaudeks odatda yer ostida, yer ustida joylashadi. Kaudeksning o‘lishi va emirilishi uning ichki markazidan, ya’ni o‘zagidan boshlanadi. Kaudeks o‘rtasida bo‘shliq paydo bo‘ladi, u kengayib boraveradi va ildiz bilan birgalikda alohida bo‘laklarga ajraladi. Ana shu alohida qismlar partikulalar deb ataladi. Partikulalar yordamida bir o‘simlikning bo‘linib ketish jarayoni partikulyasiya deb yuritiladi. Kaudeksli o‘simliklarga dukkadoshlar (beda, lyupin), soyabonguldoshlar (bedrenets, ferula), murakkabguldoshlar (shuvoqlar, ermon, tausag‘iz), labguldoshlar oilasi (ko‘kparang) kiradi.
Suv g‘amlashga faqat ter ostki novdalar – piyozboshlilargina emas, balki yer ustki novdalar ham moslashgan bo‘lishi mumkin. Dunyoda sukkulentlarga semizo‘tlar, lolaguldoshlar, chuchmo‘madoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar (Rhodiola rosla, sedum, aloe, Yasteria, Adave) misol bo‘ladi. Ularning barglari o‘z funksiyasi fotosintezni saqlagan holda suvni to‘playdigan kuchli parenximaga egadir. Kurtakning sukkulent organga aylanishini madaniy karam o‘simligida ko‘rish mumkin. Uning uchki kurtagi kuchli ravishda kattalashib bosh o‘raydi. Barglari xloroplastlarga deyarli ega etdor, suv va oziq moddalarni ko‘plab to‘playdi. Qishlab chiqqandan so‘ng karamning o‘sha uchki kurtagi o‘sadi va gul beruvchi novdani hosil qiladi, barglari nobud bo‘ladi. Poyali sukkulentlarga kaktuslar, sutlamadoshlar oilasining vakillarini misol keltirishimiz mumkin. Bunday o‘simliklarda poya shakli o‘zgarib sukkulenttorganga aylanadi. SHuning uchun barglar yo‘qolib ketadi yoki metamorfozga uchraydi. Suvli poya ikki xil vazifani bajaradi, suv g‘amlaydi., assimilyasiya jarayonini amalga oshiradi.
O‘simliklarda uchraydigan tikanlar kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘lishi mumkin. Kaktusning va zirk daraxtining tikanlari bargning shakl o‘zgarishiga kiradi. Ko‘p o‘simliklarning, masalan, yovvoyi olma, noklarning, do‘lana va gledichiyaning tikanlari poyaning shakl o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Har qanday tikonlarning hosil bo‘lishiga asosiy sabab namlikning butunlay yoki qisman etishmasligidir. Bundan tashqari ular himoya vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklarning poyasi yoki butun novdasi metamorfozga uchrab bargsimon tuzilishga ega bo‘lgan fillokladiy yoki kladodiyga aylanadi. Misol qilib, iglitsa (Ruscus) turkumini olish mumkin.
Ularning novdasidagi tikan shakli o‘zgargan barg bo‘lib, rangi yashil, fotosintez shu erda sodir bo‘ladi. Uning ustida gullar shakllanadi. Odatdagi barglarda bu hol hech qachon uchramaydi. O‘zining haqiqiy barglari eng uchki qismida tikan yoki tangachaga aylangan bo‘ladi. Ilashib o‘suvchi o‘simliklarda ularning bargi yoki poyasi gajaklarga aylanishi mumkin. Bunday o‘simliklarning poyasi ingichka, nozik tuzilganligi uchun mustaqil ravishda o‘zini tik tutolmaydi. Dukkakdoshlar oilasining ko‘p turlarida bargning shakl o‘zgarishidan hosil bo‘lagan gajaklarni ko‘rish mumkin. Poyaning shakl o‘zgarishidan hosil bo‘lgan gajaklarni yovvoyi va madaniy toklarda uchratish mumkin. Kserofit o‘simliklarda barglarning ma’lum bir qismi tikanga aylanadi., oqkovrak yoki govtikan (Arpordon), qo‘ytikan (Xanthium), echkisoqol (Tragopogon), bo‘ritikan (Acanthop hyllum), paxtatikan (Cirsitum), qunduz (Echinops) va boshqalarda. Bu tikanlar bargning uchidan (apeks) yoki chetidan chiqib turgan qattiq tikanlardan iborat. Zirkning uzun novdalaridagi barglar 3-7 bo‘lakli tikanga aylangan. Ularning barg ekanligini qo‘ltiqlaridagi qisqargan novdalarga aylangan kurtaklari bilan aniqlanadi.
SHo‘rxok cho‘llarda o‘suvchi qizil sho‘ra, qumli cho‘llarda o‘suvchi qora saksovul va boshqalarda barglar reduksiyalangan, ular biroz ko‘rinadigan bo‘rtmalar shaklida, shuning uchun ham, bu xildagi o‘simliklar afill (yunoncha a – inkor, fillon - o‘simlik) o‘simliklar deb ataladi. Bunday o‘simliklarda fotosintez vazifasini xlorofilga boy bo‘lgan bir yillik novdalar bajaradi.
Ba’zi avtotrof o‘simliklar batqoq va torfzorlarda o‘sib, odatdagi oziqlanishidan tashqari azotga bo‘lgan ehtiyojini hashoratlar bilan oziqlanish bilan qoniqtiradi. Bu xildagi ajoyib biologik guruhlar xashoratxo‘r o‘simliklar deb ataladi. Bunday o‘simliklarning 500 dan ortiq turi bo‘lib, barcha qit’alarda tarqalgan.SHarqiy Osiyo tropik va subtropik mintaqalarida uchraydigan nepentes, SHimoliy Amerikaning Atlantika okean qirg‘oqlaridagi botqoqlarda uchraydigan venerina, Janubiy Evropa, Janubiy Osiyo, Avstraliya, Kavkaz, Ukraina, Belorussiya, Volga suvlarida o‘sadigan aldrovanda, torfli botqoqlarda uchraydigan rosyanka xashoratxo‘r o‘simliklar jumlasiga kiradi. Nepenteslar – barglarning shaklini o‘zgartirib o‘ziga xos ko‘rinish va xususiyatlarga ega: yuqori qismi yaproqsimon shaklda bo‘lib, assimilyasiya vazifasini bajaradi. Ko‘zachaning chetiga shira chiqib sirpanib, uning ichiga tushadi, cho‘kib hazm bo‘lib ketadi. Ko‘zacha og‘zidan qopqoqcha faqat ichidagi suyuq shirani yomg‘irdan saqlash uchun xizmat qiladi, ammo xashoratni tutishda mutloqo aloqasi yo‘q.

Download 34,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish