109
4.5-rasm. Bir uchi qistirib mahkamlangan
sterjenni mustahkamlikka
hisoblash.
3- §. Cho‘zilish va siqilishda deformatsiyalar
Sterjenning
P
kuch ta’siridagi deformatsiyalanishini sxematik
ravishda (4.1-rasm) ko‘rgan edik. Uzunligi
l
ga teng bo‘lgan
markaziy
P
kuch ta’siridagi sterjenning deformatsiyasini tekshiradigan bo‘lsak
(4.6-rasm), cho‘zilishda uning uzunligi uzayadi (4.6a-rasm), ko‘ndalang
kesim o‘lchamlari esa kichrayadi, siqilishda buning aksi bo‘lib, uzunligi
qisqaradi, ko‘ndalang kesim o‘lchamlari esa kattalashadi (4.6b-rasm).
Bu holda
Δ
l
sterjenning absolyut bo‘ylama
deformatsiyasi
a–a
1
esa sterjenning absolyut ko‘ndalang deformatsiyasi deyiladi.
4.6-rasm. Bir uchi qistirib mahkamlangan sterjenning deformatsiyasi:
a) bo‘ylama deformatsiya; b) ko‘ndalang deformatsiya.
110
Absolyut deformatsiya uzunlik o‘lchov birligida o‘lchanadi.
Sterjenning deformatsiyalari uning o‘lchamlariga nisbatan juda kichik
deb qabul qilinadi. Bu qoida boshlang‘ich parametr prinsipi deb atalib,
tashqi kuchlarni sterjen deformatsiyalangandan keyin ham o‘zaro
joylashishini o‘zgarmas deb hisoblashga asos yaratadi. Cho‘zilish va
siqilishda hosil bo‘ladigan, ko‘ndalang va bo‘ylama
absolyut
deformatsiyalarni qurollanmagan ko‘z bilan kuzatish qiyin, shuning
uchun ularni o‘lchash uchun tenzometr deb ataluvchi maxsus asboblar
ishlatiladi. Absolyut deformatsiyalar ro‘y
berayotgan hodisani sifatli
baholash uchun yetarli emas, shuning uchun deformatsiyalarni baholash,
nisbiy kattaliklar orqali amalga oshiriladi, ya’ni nisbiy bo‘ylama
( )
ε
va
nisbiy ko‘ndalang
( )
1
ε
deformatsiyalar orqali.
ε
ε
=
=
−
Δ
l
l
,
1
1
а а
а
(4.4)
Tajribalardan har bir material uchun nisbiy ko‘ndalang
deformatsiyaning nisbiy bo‘ylama deformatsiyaga nisbati o‘zgarmas
ekanligi
aniqlangan, ya’ni
ε
ε
ν
1
= =
с
onst
(4.5)
Ushbu kattalik
ν
ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti yoki
Puasson koeffitsienti deyilib, uning qiymati 0
05
≤ ≤
ν
,
bo‘lishi
mumkin.
Har xil materiallar uchun Puasson koeffitsientining qiymatlari
ma’lumotnoma jadvallarda keltirilgan bo‘lib, yog‘och
probka uchun
ν
=0,
po‘lat uchun
ν
=0,25
–
030,
suv uchun
ν
=0,5
teng bo‘ladi.
Tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismlarda hosil bo‘ladigan
deformatsiya va kuchlanishning o‘zaro bog‘liqlik masalasi ko‘plab
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. 1676-yilda R.Guk tomonidan
birincha marotaba – «kuch qanday bo‘lsa, cho‘zilish ham shunday»
bo‘ladi degan faraz o‘rtaga tashlanadi.
Keyingi davrlarda olib borilgan ko‘plab
tadqiqotlar yuklanish va
deformatsiya orasida, ya’ni kuchlanish va deformatsiya o‘rtasida
chiziqlikka yaqin bog‘lanish mavjudligini tasdiqladi.
Hozirgi davrda bu qoida – normal kuchlanish
σ
nisbiy bo‘ylama
deformatsiya
ε
ga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi deb aytilib, u quyidagicha
ifodalanadi:
σ
ε
=
Е
(4.6)
111
Bu qonun (4.6) cho‘zilish va siqilishda Guk qonuni deyiladi. Bu
yerda
E
– har bir material uchun o‘zgarmas kattalik bo‘lib, materialning
deformatsiyaga moyilligini xarakterlaydi va u birinchi
tartibli elastiklik
moduli yoki Yung moduli deyiladi.
Elastiklik modulining o‘lchov birligi kuchlanish o‘lchov birligida
bo‘lishi (4.6) ifodadan ko‘rinib turibdi, chunki
ε
o‘lchovsiz kattalikdir.
Masalan, po‘lat uchun
E=2•10
6
kg/sm
2
ga teng. Turli xil materiallar
uchun elastiklik modulining qiymatlari 4.1-jadvalda keltirilgan.