21-Ma’ruza: Issiqlik tashuvchilarni haydash texnologiyasi.
Ma’ruza rejasi
21.1. Issiqlik eltuvchilar yordamida neftberuvchanlikni oshirish tajribasi.
21.2. Quduq tanasida va quvurlarda issiqlik yo‘qotilishi.
21.3. Qatlamga termokimyoviy ta’sir qilish.
Tayanch so’zlar:
Neftni issiqlik kengayish koeffitsienti. - harorat 10 S ga
o'zgarganda o'zining boshlanqich hajmining qar bir qismida nefthajmini o'zgarishini
ko'rsatuvchi koeffitsient.
quduqlarni ishlashni tehnologik tartibi - Ishlash ob'ektining holatidan kelib chiqib,
ishlatish quduqlarini ko'rsatgichlari (neftva
gazning sutkalik debiti, quduq tubi
bosimi, Mahsulotning
suvlanganlik foizi, gaz omili va b.), shuningdek quduq
jiqozini suyuqlikni ko'tarishi va uni ishlash tehnologik parametrlarini ma'lum davr
uchun o'rnatish.
Issiqlik eltuvchilar yordamida neftberuvchanlikni oshirish tajribasi.
Bu usulga ko'ra issiqlik tashuvchilarni uzluksiz haydash o'rniga,
ularni qatlamga
kirganidan keyin ma'lum vaqg o'tgach qatlam haroratidagi isitilgan suv haydash
mumkin. Bunda qatlamda neftni siqish jarayoni yo'nalishida qarakatlantiruvchi issiq
qoshiya nomini olgan isitilgan hudud’ qosil qilinadi. Isitilgan hudud’ni qatlam ichiga
sovuq suv, shuningdek qatlam haroratiga yaqin bo'lgan haroratgacha
isitilgan suv
bilan siljitish usuli 50-yillarda taklif kilingan, lekin faqat 60-yillardagina
eksperimental va nazariy ma'lumotlar bilan issiq qoshiya
usulini neftkonlarini
ishlash uslubi sifatida asoslangan. qatlamlarning turli geologik-fizik sharoitlarida
issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash sur'atlarida,
ularni parametrlarida va
konlarni ishlashni boshqa tehnologik ko'rsatgichlarida issiq qoshiyaning eng ma'qul
o'lchamlarini tanlash usullari ishlab chiqildi. qatlamga issiq suv eki bug’ haydash
jarenida qatlamda isitilgan zona qosil bo'lar ekan. Zonaning katta-kichikligi qatlam
va konning geologik tuzilishiga hamda toq jinslarining issiqlik o'tkazuvchanlik
hususiyatlariga boqliq bo'ladi. Isitilgan zonaning katta kichikligi suv eki bug’
haydashda ham farq qilar ekan. Chunonchi bir hil sharoitda suv va bug’ haydalganda
zonaning kattaligi suv haydalganda ko'proq (kattaroq), bug’ haydaganda kichikroq
ekan, bunga sabab bug’ning suvga nisbatan issiqlik siqimi ortiqroq ekanligidadir.
qatlamga bug’ eki issiq suv haydalganda qatlamdan siqib chiqariladigan neft
bosqichlari bo'yicha sodir bo'ladi. Chunonchi, qatlamga bug’ haydalganda bu jaraen
uch bosqichga ega bo'ladi:
- neftning suv bilan siqib chiqarilishi qatlam haroratida kechadi, qali bu joylarga
issiqlikning ta'siri etib kelmagan bo'ladi;
- neftning issiq suv bilan siqib chiqarilishi, bunda harorat
dastlabki qatlam haorati
bilan bug’ning tuyinganlik haroratigacha bo'lgan oralikda sodir bo'ladi;
- neftni bug’ erdamida bug’ zonasida siqib chiqariladi,
qatlamga issiq suv
haydalganda siqib chiqarish yuqoridagi ikki bosqich jaraenida sodir bo'ladi.
Shuni hayd qilmoq lozimki, qatlamning chukurligi oshgan sari unga haydaladigan
issiq suv va bug’ning farqi kamayib boradi, chuqurlik kam bo'lganda bug’ning siqib
chiqarish jaraenidagi samarasi anchagina ortiqligi hayd etiladi. Bu holat ko'pgina
qazib chiqarish ob'ektlarida kuzatilgandir.
YUqori qovushqoqlikka ega bo'lgan neft konlarida ularni qazib chiqarish hamda
qatlamga issiqlik manbalarini yuborish uchun qazilgan quduqlar to'ri siyrak
bo'lmasligi taqozo etiladi. Chunonchi, Usinskoe konida 1-2 ga/kud. AKShda ham
huddi shunday konlarda quduqlar to'rining zichligi 1-4 Ga/kud. dan iboratdir. quduq
to'ri 20-40 ga/kud. bo'lgan hollarda qatlamga haydalgan
issiqlik manbalarining
quvvati quduqlar orasidagi masofada qolib ketib,
uning samarasi mutlaqo
sezilmasligi mumkin. Tajriba shuni ko'rsatadiki, haydovchi va oluvchi quduqlarni
maydon bo'ylab joylashtirish maqsadga muvofiqdir.