2023-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin



Download 38,92 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi38,92 Kb.
#776411
Bog'liq
233 05.05.2022




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining:
a) 2-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 — 11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshirilishi;
b) 16-bandiga muvofiq:
2022-yilda Agentlik tizimiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalarining yuqori turuvchi birinchi darajali budjet mablag‘lari oluvchilarida bo‘shaydigan budjet mablag‘lari hamda Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi;
2023-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
ixtisoslashtirilgan maktablarga aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilish tartibi;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’limni aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshirish. Bunda har bir sinfdagi o‘quvchilar sonini 24 nafargacha etib belgilash;
o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari safidan chiqarish yoki chetlashtirish asoslari va tartibi.
3. Prezident ta’lim muassasalari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-may,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qaroriga
ILOVA
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar davlat muassasasi hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Ixtisoslashtirilgan maktablar bevosita Agentlikka bo‘ysunadi. Agentlik ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish;
o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish;
o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;
ta’lim va tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarga vatanparvarlik ruhi, milliy g‘urur va iftixor, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat, O‘zbekiston tarixi, ilmiy-ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy merosga hurmat, o‘zlikni anglash, mehnatsevarlik va mas’uliyatlilik, qat’iyat va shijoatlilik g‘oyalarini singdirish;
ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilishni aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshirish;
kirish imtihonlarini Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) bilan hamkorlikda amalga oshirish;
o‘quv dasturlarining uzluksizligini ta’minlash masalalarida milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning huquq va majburiyatlari
6. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayonlarini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarini ishga qabul qilishni Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshirish;
o‘z ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish;
ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni qo‘llagan holda o‘qitilishini ta’minlash, ular xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar va ta’lim muhitini yaratish hamda mazkur jarayonga xorijiy va mahalliy pedagog kadrlarni jalb qilish;
ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi fanini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish;
sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etish;
asosiy o‘quv dasturlari bilan birgalikda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari kasbga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yishga haqli.
Ixtisoslashtirilgan maktablar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida va o‘z ustavida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali bajarishi;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarini ushbu muassasalar huzurida yashash joylari bilan bepul ta’minlashi;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quvchilar uchun autsorsing tizimi orqali bepul sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishi;
10 va 11-sinflar o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkazilishini ta’minlashi;
o‘quvchilarning fanlarni mukammal egallashi bilan birga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash, mustaqil fikr va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalanishi bo‘yicha ta’sirchan pedagogik texnologiyalardan foydalanish choralarini ko‘rishi;
ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishi;
ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlashi;
ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
respublika bo‘ysunuvida Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
9. Ixtisoslashtirilgan maktablarni qayta tashkil etish va tugatish qonun talablariga muvofiq o‘quv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Tugatilgan ixtisoslashtirilgan maktablar muassisi o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoki xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini oladi.
10. Ixtisoslashtirilgan maktab tugatilgan taqdirda, uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, o‘z majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan maktab ustaviga muvofiq foydalaniladi.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilish
11. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
12. Kirish imtihonlari Markaz tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlarining natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan o‘quvchilar ballar ketma-ketligida o‘qishga qabul qilinadi.
O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilinadi.
13. Kirish imtihonlari Agentlik tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida o‘qishga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish muddatlari Agentlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga, ijtimoiy sahifalariga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
14. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish maqsadida Agentlik bilan kelishilgan holda ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
15. Tanlovda ishtirok etish uchun xohish bildirgan o‘quvchining (keyingi o‘rinlarda — talabgor) ota-onasi (qonuniy vakillari) belgilangan muddatlarda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni qabul platformasi orqali elektron shaklda taqdim etadi:
talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 o‘lchamdagi fotosurati;
o‘quv yili natijasiga ko‘ra talabgor baholar (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlangan xalqaro hamda milliy fan olimpiada g‘olibligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
Talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning fuqarolik pasporti hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (agar qonuniy vakili tomonidan hujjat topshirilsa, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi), aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili platformaga kiritiladi.
16. Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan talabgorlar ixtisoslashtirilgan maktabning xuddi shunday sinfiga hujjat topshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
talabgor ta’lim olayotgan maktabning hududiy mansubligi ixtisoslashtirilgan maktabning hududiy mansubligiga mos kelmaganda;
talabgor tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlaridan o‘tish uchun ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini taqdim etganda.
Hujjatlarni taqdim etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi.
18. Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.
19. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida o‘tkaziladi:
a) aniq fanlar yo‘nalishida:
matematika (mantiqiy fikrlash) fani;
fizika fani (6-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
ingliz tili fani;
b) tabiiy fanlar yo‘nalishida:
biologiya fani;
kimyo fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
matematika (mantiqiy fikrlash) fani;
ingliz tili fani.
20. Kirish imtihonlari sinov materiallarini tayyorlash Markaz tomonidan, kirish imtihonlarini pavilionlarda o‘tkazish, nazoratchilar bilan ta’minlash Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
21. Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rinlar) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘z hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.
22. Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.
23. Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.
24. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
25. Ixtisoslashtirilgan maktablarning mavjud sinflarida o‘quv yili davomida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
27. Ixtisoslashtirilgan maktablarni aniq va tabiiy fanlarga yo‘naltirish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
28. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshiriladi.
Har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 24 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayoni Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.
31. O‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalariga asosan ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.
33. O‘quvchilar quyidagi hollarda ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari safidan chiqariladi yoki chetlashtiriladi:
o‘quvchi o‘z tashabbusi bilan boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga ko‘chirish (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida) istagini bildirganda;
individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik o‘zlashtirishning tizimli pasayishi (ketma-ket 2 chorakda ixtisoslik fanlaridan 3 bahoga o‘zlashtirganda) kuzatilganda;
sinfdan sinfga o‘tkazish imtihonlaridan o‘ta olmagan taqdirda;
kirish imtihonlarini topshirish jarayonlarida o‘quvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda;
kirish imtihonlari davomida imtihon topshiriqlarining boshqa o‘quvchi tomonidan bajarilganligi aniqlanganda;
ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarini bir marta qo‘pol yoki muntazam ravishda buzilganda.
7-bob. Yakunlovchi qoida
34. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 09/22/233/0380-son)

Download 38,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish