2-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI.
REJA
1. Tijorat banklari foiz siyosati xaqida umumiy tushuncha.
2. Foiz stavkalarining turlari.
3. Kredit baxosi va uni urnatish tartibi.
4. Foiz stavkasi va kredit bahosiga ta’sir etuvchi omillar.
5. Marja va uning hisoblanishi.
Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.
Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali
amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart - sharoit
yaratar ekan, demak, o‘zining manfaatini ham amalga oshirgan bo‘ladi. Banklar foiz
si¸satini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘laydigan foizni ularning o‘zlari
taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi.
Olingan va to‘langan foizlarning summalari o‘rtasidagi farq banklarning foydasini
tashkil etadi. Unga boshqa xil operatsiyalardan ko‘rilgan daromadlar ham kiradi.
Bank foydaning bir qismini soliqlarni to‘lashga, o‘z harajatlarini (bank xizmatlariga,
xodimlariga ish haqi to‘lash, binolarni saqlash, idora chiqimlari, reklama harajatlari,
transport xarajatlari va boshqalar uchun mablag‘ sarflash)
qoplashga ishlatadi,
qolgan qismi esa sof foydani hosil kiladi.
Tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‘zlarining foiz si¸satini
yuritadilar. Tijorat bankida ko‘p foyda olish imkoniyatlari cheklangan. Birinchidan,
katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin,
chunki ular haddan tashqari yuqori quyilgan foiz stavkali kreditdan voz kechishlari
mumkin. Ikinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidagi
bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin.
Foyda olish qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo‘la olmaydi. Bank
tijoratining bu qoidasi asosan “Arzonroq sotib olish, qimmatroq sotish” formulasi
orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga madaniy ¸ndashmoq lozim. Demoqchimizki,
har bir sharoitda mijozga beriladigan kredit u uchun qulay va samarali bo‘lishi
lozim. Mijoz uchun samara keltirgan kredit bank uchun ham samarali hisoblanadi.
CHunki kredit uchun foizlar mijozning foydasi hisobidan to‘lanadi.
Rossiyalik yirik iqtisodchi N.G.Antonovning fikricha,
foiz stavkasi bu
tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat bo‘lib,
kreditning oqilona foydalanishini ta’minlaydi.
Kredit uchun foiz stavkalarining vujudga kelishi va kredit narxining
shakllanishi.
Barcha tovarlarga bo‘lgani kabi kredit uchun ham narx talab va taklif asosida
vujudga keladi. Buni sxematik tarzda quyidagicha ko‘rishimiz mumkin.
Alohida kelishuvlar bo‘yicha foiz stavkasining vujudga keladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to‘lash.
Bu haq qarz qilingan
yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb
yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi.
Bozorga chiqarilgan
pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu
uning ma’lum to‘lov ehti¸jini qondirishdek xossasidan
foydalanilganlik uchun
beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida ¸yoki odatdagi to‘lov ¸ yoki xarid
vositasida ishlatiladi. SHuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini
to‘laydi.
Foiz miqdori ¸yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (FD) qarz
foizining (QF) berilgan qarz miqdoriga (QM) bo‘lgan
foizlarda ifodalangan
nisbatidir