2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar



Download 0,74 Mb.
bet1/10
Sana17.08.2021
Hajmi0,74 Mb.
#150105
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu.Asosiy
fuarovijlik fuarovij ong va fuarovij , Органик Кимё (Моддаларнинг Ишлатилиши), Savanna, ms excel dasturida diagrammalar bilan ishlash, 3004-london-ppt-template-0001, Ona tili va adabiyot 2019 - @ABITURIYENTINFO, yamm va yaim ularni hisoblash usullari 3, сссссссссссссс, Бошқарув психологияси, Бошқарув психологияси, lesson plan, shartnoma, 5- Personal Letters, Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo, Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo

2-mavzu.Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash.

Reja:

1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar

2. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash usullari

3. Amaliy topshiriq

1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan farqli tarzda bu ko’rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.

Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste’mol(S), Jamg’arish (S) ko’rsatkichlarining hajmi va o’sish sur’atlari;

-iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;

-mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o’sish suratlari;

-resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);

-davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholari indeksi, inflyatsiyaning o’sish sur’atlari;

- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;

-aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko’rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo’llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko’rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.

Bu ko’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o’tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o’rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o’tilgan barcha ko’rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’yilishi mumkin.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot