2-mavzu: Aholi statistikasi



Download 73.35 Kb.
bet1/4
Sana08.09.2021
Hajmi73.35 Kb.
  1   2   3   4

2-mavzu:Aholi statistikasi

2.1.Aholi va uni statistik o`rganish

Аholi statistikasi statistikannng eng qadimgi tarmogʼi hisoblanadi,Qadimgi dastlabki hisob operatsiyalari harbiy va xoʼjalik maqsadlarida aholini xisobga olish bilan bogʼliq holda olib borilgan. Koʼplab maʼlumotlarni oʼrganish natijasida aniqlangan qonuniyatlar birinchi marta aholining tugʼilishi va oʼlishi bilan bogʼliq jarayonlarda aniqlangan.

Hozirgi kunda ham aholi har tomonlama tadqiqotlar obʼekti hisoblanadi, chunki aholi ishlab chiqarish jarayonining bovosita ishtirokchisi va bu jarayon natijasining isteʼmolchisi ham hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini, jamiyatda roʼy berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik oʼrganishga qiziqish ortib bormoqda.

Аholi statistikasining oʼrganish obʼekti maʼlum xududda yashovchi odamlar yigʼindisi hisoblanadi. Xar qanday mamlakatning aholisi oʼz tarkibi boʼyicha bir xil emas va u vaqt boʼyicha oʼzgaruvchan, shuning uchun aholining yashash qonuniyatlari, uning tarkibiy uzgarishlari va boshqalar aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda oʼrganilishi kerak.

Аholi statistikasida kuzatish birligi koʼpincha alohida odam, individ hisoblanadi. Аmmo bitta oila ham birlik boʼlishi mumkin.

Аholi statistikasida kuzatish obʼekti boʼlib esa turli xil yigʼindilar: butun aholi, aholinipg alohida guruhlari, mshnat resurslari va xakozolar boʼlishi mumkin.

Kuzatish obʼekti va birligi tadqiqot maqsadiga bogʼliq holda tanlanadi. Аholi statistikasining asosi manbalari joriy hisob va yoppasiga yoki tanlama roʼyxatga olish koʼrinishidagi kuzatishlar hisoblanadi. Roʼyxatga olish yaholi haqidagi maʼlumotlarni birinchi manbaidir. U aholi soni haqida toʼliq va aniq maʼlumotlarni beradi. Tugʼilganlar, oʼlganlar yoki bu hududga kelganlar yoki chiqib ketganlarning joriy hisobi va oxirgi roʼyxatga olish natijalari asosida yillik aholi sonini aniqlash mumkin.

Roʼyxatga olishlar orasida jamiyatda yuz bergan demokratik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi maʼlumotlarni olish uchun, odatda, tanlama kuzatish oʼtkaziladi.

Аholini statistik tahlil qilishda har xil masalalar yechilishi mumkin. Lekin umuman aholi statistikasi haqida gapirganda uning quyidagi vazifalarini ajratib koʼrsatish mumkin:

- aholi sonini va uning mamlakat hududi boʼyicha taqsimlanishini (joylashishini) oʼrganish;

- aholi tarkibini (jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy axvoli, maʼlumoti, bandligi va boshqalar boʼyicha) oʼrganish;

- aholining tabiiy harakatini (tugʼilish, oʼlim, tabiiy oʼsish, nikoxdan oʼtish va bekor qilish) oʼrganish;

- aholi migratsiyasini oʼrganish;

- aholiga ijtimoiy tavsif berish va xakozo.




Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat