2-mavzu: Aholi statistikasi


Shundan Erkaklar 17 428 494,Ayollar esa 17 234 282 kishini tashkil etmoqda



Download 73,35 Kb.
bet4/4
Sana08.09.2021
Hajmi73,35 Kb.
#168409
1   2   3   4
Bog'liq
aholi statistikasi.2021 yangilangan varianti 2 mavzu

Shundan Erkaklar 17 428 494,Ayollar esa 17 234 282 kishini tashkil etmoqda

Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  653,7 ming kishiga ko‘paygan. 

Hududlar bo`yicha shahar va qishloq aholisi soni

(yil boshiga; ming kishi)













 

Jami aholi

shu jumladan:

shahar aholisi

qishloq aholisi

2021*

O`zbekiston Respublikasi

34558,9

17487,5

17071,4

Qoraqalpog`iston Respublikasi

1923,8

942,1

981,7

viloyatlar:

 

 

 

Andijon

3188,2

1665,9

1522,3

Buxoro

1946,9

715,5

1231,4

Jizzax

1410,6

659,9

750,7

Qashqadaryo

3334,5

1433

1901,5

Navoiy

1013,8

495,7

518,1

Namangan

2867,4

1852,9

1014,5

Samarqand

3947,4

1458,6

2488,8

Surxondaryo

2681

971,4

1709,6

Sirdaryo

861,1

366,9

494,2

Toshkent

2994

1469,6

1524,4

Farg`ona

3819,9

2152

1667,9

Xorazm

1893,1

626,8

1266,3

Toshkent sh.

2677,2

2677,2

0

2.3.Aholini tarkibini o`rganish

Аholidan murakkab majmuani alohida guruhlar va guruhchalarga boʼlmasdan oʼrganib boʼlmaydi. Bu amal avvalo aholi tarkibi xaqidagi turli xil koʼrsatkichlar boʼyicha muayyan tasavvur beradi.

Аholi statistikasida aholini guruhlash quyidagilar boʼyicha olib boriladi: jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, millati.

1. Аholini jinsi boʼyicha guruhlash va taqsimlash uning tarkibida erkaklar va ayollar sonini aniqlashga imkon yaratadi. Xududlar boʼyicha olingan jinsiy tarkibi toʼgrisidagi maʼlumotlar mamlakatning aholi regionlarida erkaklar bilan ayollar soning oʼzaro teng yoki teng emasligi xaqidagi tasavvurni beradi. Oʼz navbatida bunday munosabat region iqtisodining ishlab chiqarish yoʼnalishiga ham bogʼliq boʼladi. Masalan, koʼmir, neftь, metallurgiya tarmoqlari bor joyda erkaklar, yengil yoki tuqimachilik sanoati rivojlangan joylarda ayollar nisbatan koʼp boʼladi.

Jins boʼyicha guruhlash boshqa guruhlash belgilari (yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, malumota va boshqalar) bilan birga amalga oshiriladi.

2. Аxolini yoshi boʼyicha guruhlash ham aholi statistikasining asosiy va muhim vizifalaridan biri hisoblanadi. Koʼplab amaliy masalalarni yechishda turli xildagi yosh kontingentlarini aniqlash zarur: bogʼcha yoshdagi, maktab yoshidagi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi sonini, mehnatga layoqatli yoshdan kichik yoki kattalar soni va boshqalar.

3. Har bir davlatda turli xil millatdagi shaxslar yashaydi. Shuning uchun roʼyxatga olish xujjatlari shakllarini ishlab chiqishda millat boʼyicha taqsimlanish haqidagi koʼrsatkichlar ifodalanishini talab etuvchi savollar beriladi.

Аholini millat tarkibini oʼrganishda alohida millatlar gaplashadigan til hisoblanadi.

4. Аholi statistikasida aholini oilaviy ahvoli boʼyicha guruhlarga taqsimlash muhim ahamiytga ega. Bu masala boʼyicha roʼyxatga olish xujjatlari har xil tarzda ishlab chiqilishi mumkin. Chunonchi ular boʼyicha baʼzan nikoxdan oʼtgan va nikoxdan oʼtmagan shaxslar soni aniqlanadi. Oilaviy holat toʼgʼrisida toʼliq va toʼgʼri tasavvur beradigan guruhlash quyidagilarni oʼz ichiga oladi: hech qachon nikoxdan oʼtmaganlar, beva qolganlar, nikoxdan oʼtmaganlar, ajrashganlar va boshqalar. Bu tarzdagi guruhlash erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida oʼtkaziladi. Bunda ular 16 yoshdan boshlab turli guruhlarga boʼlinadi.

Guruhlashda shu bilan birga mehnatga layoqatli shaxslar orasida iqtisodiyotda band boʼlganlar soni va ishsizlar soni ham oʼrganiladi. Oʼz navbatida, band boʼgan aholi uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari boʼyicha guruhlanadi.

Ruyxatga olish xujjatlarini ishlab chnqishda aholining maʼlumoti aks ettirishga katta eʼtibor beriladi. Bunda aholi maʼlumotini darajasi boʼyicha quyidagi guruhlarga boʼlinadi: oliy, tugallanmagan oliy, oʼrta maxsus, umumiy oʼrta, toʼliqsiz oʼrta.

2.4.Aholining tabiiy harakati statistikasi

Maʼlumki, aholi soni muttasil oʼzgarib turadi. Аholi sonnning tugʼilishlar va oʼlishlar xisobiga oʼzgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladn.

Аholning tabiiy harakatini nfodalovchi asosiy koʼrsatkichlar tugʼilish, oʼlish, tabiiy oʼsish koʼrsatkichlari, shuningdek, ular bilan bogʼliq boʼlgan nikoxdan oʼtish va ajralishlar soni hisoblanadi.

Аholining tugʼilish, oʼlish, tabiiy koʼpayish koʼrsatkichlari mutloq ifodalarda hisobga olinadi. Аholining tabiiy oʼsishi bu tugʼilganlar bilan oʼlganlar orasidagi farqqa teng. Lekin aholining tabiiy xarakati koʼrsatkichlari toʼgʼilish, oʼlish, tabiiy oʼsish darajalarini ifodalay olmaydi, bu aholning umumiy soniga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun aholining tabiiy harakatini ifodalash uchun qayd etib oʼtilgan koʼrsatkichlar 1000 kishiga nisbatan hisoblanadi, yaʼni nisbiy koʼrsatkich promille (%0)da hisoblanadi.



2020 yilda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning umumiy soni 13 611 kishini tashkil etdi.

Ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 64,3%), Rossiya (29,3%), Isroil (1,2%), Qirg‘iziston (0,9%), Tojikiston (0,6%) va boshqa mamlakatlarga (3,7%) to‘g‘ri keldi.

Mamlakatga ko‘chib kelganlarning soni 1 105 kishini tashkil etdi. Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 37%), Rossiya (22,3%), Tojikiston (20%), Qirg‘iziston (8,5%), Turkmaniston (1,3%) va boshqa mamlakatlarga (10,9%) to‘g‘ri kelgan.

Spot’ning yozishicha, O‘zbekistonda yashash uchun ko‘chib kelganlar soni keskin pasaydi. Agar avvalgi yillarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2500 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu raqam 1000 nafardan oshgan. Boshqa mamlakatlarga yashash uchun ketganlar soni esa nafaqat kamaymadi, balki ko‘payib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy aholi soni 34 million 558 ming 913 kishini tashkil qilmoqda.

Migratsiya. 2019 yil yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha ko’chib kelganlar soni 78,9 ming kishini (77,5 ming kishi respublika hududlaridan, 1,4 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko’chib ketganlar soni esa 82,4 ming kishini (77,5 ming kishi respublika hududlariga, 4,9 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishi bo’lib, 2018 yilning mos davrida minus 6,2 ming kishi bo’lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi), Toshkent, (minus 1,9) viloyatlatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (minus 1,7 ming kishi) qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plus 12,9 ming kishi) kuzatildi.

Аholi tabiiy harakatining asosiy nisbiy koʼrsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: tugʼilish koeffitsienti, oʼlish koeffitsienti, tabiiy oʼsish koeffitsienti, nikohdan oʼtish koeffitsienti, ajralish koeffitsienti. Nikohdan oʼtish koeffitsientini aniqlash uchun joriy yildagi nikohlar soni aholining oʼrtacha yillik soniga boʼlinadi, ajralish koeffitsientini esa, shu yilda bekor qilingan nikohlar sonini aholining oʼrtacha yillik soniga boʼlish yoʼli bilan aniqlanadi.

Tugʼilish va oʼlish orasidagi farqni aniqlash uchun aholi statistikasida hayotiylik koʼrsatkichiga tayaniladi. U oʼzida tugʼilganlar soni bilan oʼlganlar soni orasidagi farqni ifoda etadi.



Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda 2020- yil davomida tirik tug‘ilishlar soni 841,8 ming kishini tashkil etgan.

2017- yil  715,5 ming kishi

2018- yil  768,5 ming kishi

2019- yil  815,0 ming kishi



2020- yil  841,8 ming kishi



Tug’ilish koeffistienti -Jami

(yilda; 1000 aholiga nisbatan, promille)


 

2017

2018

2019

2020*

O'zbekiston Respublikasi

22,1

23,3

24,3

24,6

Qoraqalpog'iston Respublikasi

20,6

21,6

21,8

20,6

Andijon

22,6

23,8

25,1

25,8

Buxoro

20,0

21,5

21,5

21,4

Jizzax

23,6

25,2

26,7

27,2

Qashqadaryo

24,6

25,8

26,7

27,3

Navoiy

21,6

22,2

23,0

23,7

Namangan

22,9

24,4

25,8

26,3

Samarqand

24,4

26,3

26,2

25,9

Surxandaryo

26,1

26,9

28,0

28,1

Sirdaryo

21,8

22,3

24,8

24,7

Toshkent

19,3

20,6

21,9

22,3

Farg'ona

21,0

22,3

23,6

24,6

Xorazm

21,0

22,0

22,2

22,3

Toshkent sh

17,7

18,3

19,8

20,9






Аholning tabiiy xarakatini ifodalovchi barcha koʼrsatkichlar odatda bir yilga nisbatan hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda u bnr muncha uzoqrok davr oraligʼida nisbatan ham hisoblanishi mumkin.

Yuqorida ifodalangan barcha aholini 1000 kishiga nisbatan hisoblangan koʼrsatkichlar umumiy koeffitsientlar sanaladi. Аholini yanada mukammalroq tavsiflash uchun xususiy (maxsus) koeffitsientlar ham anniqlanadi. Bu xususiy koiffitsientlarda umumiy koeffitsientlardan farqli oʼlaroq aholining yoshi, jinsi, kasbi yoki guruhlarning boshqa koʼrsatkichlari boʼyicha ham hisoblanadi.

Demak, tugʼilishni oʼrganishda maxsus tugʼilish koeffitsienti (baʼzan bu fertil koʼrsatkich ham deyiladi)dan keng foydalaniladi. Bu tugʼilishlar sonining 15 yoshdan 49 yoshgacha boʼlgan ayollarning oʼrtacha soniga nisbati koʼrinishida hisoblanadi.

Аholi statistikasida quyidagi maxsus koeffitsientlar ham hisoblanadi:

a) ayollarning alohida yoshlari boʼyicha guruhlari uchun tugʼilish koeffitsienti;

b ) Kmax.tugʼ=(T*1000)/S15-49 yosh ayollar

Bu yerda T – tugʼilgan bolalar soni; S- 15-49 yoshgacha boʼlgan ayollarning oʼrtacha yillik soni;

v) vafot etish koeffitsienti;

g) tabiiy oʼsish koeffitsienti;

d) nikox koʼrsh va ajralish koeffitsienti;

e) xayotiylik koeffitsienti.

Аholi soni oʼzgarmasdan doimiy bir xil boʼlib qolmaydi. Аholi soni tugʼilish, vafot etish hisobiga oʼzgarib turadi. Tabiiy harakatni ifodalovchi koʼrsatkichlar bu tugʼilish, vafot etish va tabiiy oʼsish koeffitsientlaridir.

I. Аholining umumiy tugʼilish koeffitsienti.

Bir yilda tugʼilganlar sonini 1000 ga koʼpaytiriladi. Hosila aholining oʼrtacha yillik soniga nisbatiga teng boʼladi, yaʼni:

Ktugʼlish=(T*1000)/

Bu yerda T – tugʼilgan bolalar soni;

- aholining oʼrtacha yillik umumiy soni.

2. Vafot etish koeffitsienti.

Vafot etish koeffitsienti yil davomida vafot etganlar sonini 1000 ga koʼpaytirilgach, olingan natija aholini yillik oʼrtacha soni nisbatiga teng:

Kvafot= (V*1000)/ .

Bu yerda V – vafot etganlar soni.

3. Tabiiy oʼsish koeffitsienti. Ktab.us=Ktugʼ-Kvafot

4. Nikox qurish koeffitsienti:

Knikox=(N*1000)/

N – nikoh koʼrganlar soni.

5. tugʼilish va vafot etish orasidagi nisbat hayotiylik koeffitsientini hisoblaydi.

6. Аjralish koeffitsienti:

Kajralish=(А*1000)/

Bu yerda А – ajrashganlar soni.

2.5. Аholi migratsiyasi. Аholi sonining istiqbolini aniqlash

Аlohida aholi punktlari, hududlari aholining soni faqat tabiiy xarakat natijasida oʼzgarmasdan, balki mexanik xarakat natijasida yoki alohida shaxslarning xududiy koʼchishi natijasida, yaʼni aholi migratsiyasi ham oʼzgaradi.

Аholining mamlakat ichkarisida u yerdan bu yerga koʼchishi ichki migratsiya, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga koʼchishi esa tashqi migratsiya deb ataladi. Ichki va tashqi migratsiya har xil sabablardan kelib chiqishi mumkin: masalan, ish qidirish sababli.

Sobiq Ittifoq tarqab ketganidan soʼng uning tarkibidagi ittifoqdosh respublikalarda migratsiya jarayonlavri ancha kuchaydi.

Hozirgi vaqtda statistikada aholi migratsiyasining quyidagi sabablari ajratib koʼrsatiladi: oʼqishni davom ettirish, ish joyini oʼzgartirish, ishga joylashishi imkoniyatlarining yoʼqligi, shuningdek qishloq xoʼjaligi bilan shugʼullanish, tadbirkorlik yoki individual mehnat faoliyati, ekologik sharoitlardan qoniqmaslik, qishloq (shahar) joylarida yashashni istamaslik va boshqa sabablar.

Har bir aholi punkti va umuman mamlakat uchun aholi migratsiyasining asosiy koʼrchsatkichlari qu yidagilar hisoblanadi: kirib kelganlar soni, chiqib ketganlar soni va ularning koeffitsientlari.

Kirib kelish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:

Kkirib kelish k(kirib kelganlar soni/ )*1000

Chiqib ketish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:

Kchiqib ketishq(chiqib ketganlar soni/ )*1000

Kmex.oʼsk (kirib kelganlar soni – chiqib ketganlar soni)/ *1000

Kirib kelganlar va chiqib ketganlar soni mamlakat boʼyicha hisoblanadi, shuningdek, u jinsi, yoshi migratsiyasi sabablari boʼyicha taqsimlanadi.

Migratsiya haqidagi maʼlumotlarning tahlili aholining davlatning qaeriga va qaeridan, qanday miqdorda koʼchishi yuz berayotganligini koʼrsatadi, bu esa oʼz navbatdagi koʼplab xoʼjalik va boshqa tadbirlarni rejalashtirishda muhim hisoblanadi.

Аholining kelajakda maʼlum vaqt oraligʼidan keyin boʼladigan sonini turli xil usullar yordamida aniqlash mumkin.

Аholi sonining umumiy istiqbolini maʼlum tahlil qilinayotgan maʼlum davrda aholi sonining tabiiy va mexanik oʼsishi haqidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, agar aholining soni muayyan davr boshiga maʼlum boʼlsa va umumiy oʼsish koeffitsienti hisoblangan boʼlsa, u holda aholi sonining t yildan keyin boʼladigan istiqbolini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.



Sb – rejalashtirilayotgan davr boshiga aholi soni;

T – bashorat qilinayotgan yillar soni;

Kum.oʼs – shu davrga aholining umumiy oʼsish koeffitsienti.

Umumiy aholi sonini bashorat qilishning boshqa ususi ham mavjud. U dinamika qatorlarini eksttropoliyatsiya qilishga asoslanadi.

Аholi soni istiqbolini alohida yosh boʼyicha guruhlarga ajratib ham hisoblash mumkin. Buning uchun aholi soni va yosh strukturasi haqida, yoshi boʼyicha tugʼilish koeffitsientlari haqida maʼlumotlar va xakozolar boʼlishi kerak.

Qisqacha xulosalar

Аholi dinamikasi – statistikasining eng qadimgi tarmogʼi boʼlib, u aholining sonini, tarkibini mamlakat hududi boʼyicha joylashishi, uning ьtabiiy va mexanik harakatini oʼrganadi. Аholi soni doim oʼzgarib turuvchi miqdor boʼlgani uchun, unga maʼlum bir hudud va muayyan kunga nisbatan aniqlanadi. Bunda maʼlumot manbai boʼlib, aholi roʼyxati maʼlumotlari hisoblanadi. Аholi jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, millati va xakozo boʼyicha guruh va guruhchalarga boʼlinadi. Аholining tabiiy harakati deyilganda, uning tugʼilishi, vafot etishi va tabiiy oʼsishi (nokamayishi) tushuniladi. Ular avvalo mutloq miqdorlarda ifodalanadi, lekin ular bu harakatlarning darajalarini ifodalaolmaydi. Shu maqsadda qayt etilgan koʼrsatkichlar ming kishi nisbtan hisoblanadi, yaʼni nisbiy koʼrsatkichlar promille (%0)da ifodalanadi (tugʼilish koeffitsienti vafot etish koeffitsienti, nigohdan oʼtish koeffitsienti, ajralish koeffitsienti va xakozolar).

Аholining mamlakat ichida bir punkdan ikkinchisga koʼchishi ichki migratsiya, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga koʼchishi esa tashqi migratsiya deb ataladi. Bu koʼrsatkichlar ham absalyut va nisbiy miqdorlarda ifodalanadi.

Asosiy adabiyotlar



  1. Набиев Х.Н., Азимов М.Я., Акбарова З. Макро-микроиқтисодий статистика. ўқув қўлланма. – Т., 2004.

  2. В.Е.Адамов. и др. Экономика и статистика фирм. Учебник. 2003 г.

  3. Под ред. С.Д.Ильенковой. Микроэкономическая статистика. Учебник. – М., 2004 г.

  4. Салин В.Н. Макроэкономическая статистика. – М.: Дело, 2001.

  5. Фон Дер Липпе. Штутгарт, 1995.

  6. Под ред. В.Н.Салин. Социально – экономическая статистика: Практикум. Учеб. пособие. – М., 2004 г.

  7. Адамов В.Ё. Экономика и статистик фирм. –М.: Финстабинформ, 2000.

  8. europa.eu.int

  9. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm

  10. www.euireland.ie

www.cec.org.uk
Download 73,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish