2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari Reja 1 Gips bog‘lovchi moddalarini kuydirishda kechadigan jarayonlar. 2.Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar 3 .Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar. 4.Romantsement
Tayanch so’z va iboralar:bog‘lovchi materiallar, sement, gips, ohaq, qurilish gips, alebastr, angidrit, ikki molekulali gips, ekstrix gips, fosfogips, texnologiya, kuydirish.
Gipsning qotishi. Gipsning qotish jarayoni uning gidratatsiyalanishi bilan boshlanadi, ya’ni bunda yarim molekula suvli gips qaytadan kristall holatdagi ikki molekula suvli gipsga aylanadi:
CaSO40,5H2O+1,5H2O=CaSO42H2O
Aslida gipsning qotishi uchun kam suv talab qilinsaham, gips qorishmasini ishlatish qulay bo‘lishi uchun suv ko‘proq solinadi. Buyumning mustahkamligini oshirish uchun undagi ortiqcha suv quritish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Akademik A.A.Baykovning nazariyasi bo‘yicha, gips qotayotganda asosan, kuyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ruy beradi. Yarim molekula suvli gips suvda qisman erib, ikki molekula suvli kiyin eruvchan gips hosil qiladi . Gips zarrachalari gel deb ataluvchi elimsimon holatga aylanadi, bu esa gipsning, gidratatsiyalanishi deb ataladi. Natijada kolloid holatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips hamiri hosil bo‘ladi va u tezda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalarida o‘sayotgan ignasimon kristallar o‘zaro zichlashadi va mustahkam tutashgan kristallga aylanadi. Kolloid eritma hosil bo‘lishi va bu eritmaning kristallanish jarayoni, yarim molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga to‘laaylanishiga qadar davom etadi. Buym quritilganda undagi eritma holida qolgan yarim suvli gips kolloid hamirga aylanadi, so‘ng ikki molekula suvli gips kristallari ajralib chiqadi, buning hisobiga buyumning mustahkamligi yanada ortadi. Shuning uchun, gipsdan ishlangan buyumlar temperaturasi 70°C gacha bo‘lgan maxsus quritish kameralarida quritiladi.
Qurilish gipsidan asosan suvoq ishlari uchun ohak-gips qorishmasi tayyorlashda va binoqorlik detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shuniaytib o‘tish muximki, qurilish gipsiga xech qanday qo‘shimcha aralashtirmay, o‘zini sof holda ishlatish mumkin, chunki u quriganda yorilib ketmaydi. Ohak-gips suvoq qorishmalarida bir hajm gipsga 1...5 hajm ohak qo‘shiladi, natijada qorishmaning tishlashishi sekinlashib elastikligi ortadi.
Bog‘lovchi moddani tejash va ohakning darzketishini yo‘qotish uchun gips va ohak aralashmasiga 1…3 hajm qum yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa modda (toshqol, pemza, yog‘och kipig‘I va qirindi singari narsalar) qo‘shiladi. Suvoq qorishmasi tayyorlashda qurilish gipsiga ohak qo‘shmasa ham bo‘ladi, biroq bunda tishlashishni susaytiruvchi biror qo‘shimcha modda aralashtirish kerak.
Ohak-gips qorishmalari ohak qorishmasini tez qotishi va ancha mustahkamligi bilan, gips qorishmasidan esa, elastikligi hamda sekin tishlashishi bilan farq qiladi. Gips qorishmasini tayyorlashda gil ham ishlatiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, suvoqchilikda ohak va suvoq gipsidan iborat binoqorlik qorishmalari ishlatiladi. Ohak, odatda ohak hamiri ko‘rinishida ishlatiladi, buning uchun u so‘ndiriladi. Ohakni so‘ndirish ekzotermik jarayon bo‘lib, bunda ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Gipsni kuydirish esa endotermik jarayon bo‘lib, bunda suv ajralib chiqadi va issiqlik yutiladi. Mak-Enelli gipsdan chiqadigan namdan ohakni gidratatsiyalashda, ohak gidratatsiyasi issiqligidan esa gipsni kuydirishda juda o‘rinli foydalangan.
Qurilish gipsidan turli gips va gips-beton mahsulotlari tayyorlanadi, bular quruq suvoq, devor plitalari va panellar, qavatlar orasiga qo‘yiladigan detallar, arxitektura-binoqorlik mahsulotlari, ventilyasiya qutilari, termoizolyasiya plitalari va boshqalardir.
Qurilish gipsining rangi oq bo‘lgani uchun u sun’iy marmar va ba’zi xil bo‘yoqhamda bur tayyorlashda ham keng qo‘llanilmoqda, keramika sanoatida gipsdan qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, ko‘zgu va optik shishalar ishlab chiqarishda ham gips ishlatiladi. Gips asbest va boshqa materiallar bilan aralashma holida issiqlikni o‘tkazmaydigan buyumlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, qurilish gipsi bino devorlarining ichki tomonini suvashda, naqqoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi. Gips o‘tga chidamli bo‘lganligi uchun, undan binoni shamollatuvchi qurilmalar, lift kataklari va boshqalar tayyorlanadi.