2-Amaliy ish.
Namunalar bo‘yicha magmatik tog‘ jinslarni o‘rganish ularning strukturasi va teksturasi bilan tanishish. Magmatik tog‘ jinslari yotish shakllari.
Ishning maqsadi: Namunal boyicha magmatik togjinslari bilan tanishish bilimlarni mustahkamlash uchun ularini to’g’ri tanlay bilish.Magmadan hosil bo'lgan tog' jinslarilarning tuzilishi, minerallar tarkibi, yotish shakllari bilan tanishishva nazariy -ma'ruzaviy bilimlarni mustahkamlash.
Chuqur yer qarida hosil boluvchi magmatik tog jinslari intruziv yoki chuqurlik jinslari deb nomlanadi. Agar magmaning qotishi yerning yuzasida bolsa effuziv yoki er usti jinslarideb ataladi. Intruziv jinslar magmaning qotish chukurligiga boglik holda 2ta fattsiyaga bolinadi: 1. Obissal jinslar-malum chuqurlikda yuzaga keluvchi obissal jinslar. 2. Gipossal nisbatan katta bolmagan chukurlikda hosil boluvchi gipobissal yarim chuqurlik jinslar.
Gipobissal jinslar yotish sharoiti va strukturasi bo'yicha intruziv jinslardan iffuziv jinslarga o'tuvchi jinslar hisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibidagi SiO2miqdori boyicha tasnifi amaliy ahamiyatga ega (2.1-jadval): SiO2 miqdori kamayish bilan zichlik oshadi erish harorati pasayadi. Effuziv jinslar saqlanuvchanlik ( yaxshi saqlanganlik ) darajasi boyicha bir yoki boshqa tarkib har xil nomlanishi mumkin. Masalan:
Sust o’zgargan o’rtacha tarkibli yaxshi saqlangan effuziv jinslar andizit deb nomlanadi kuchli ozgargan porfirit yoki metaandizit hamda liporit minerallari bilan birlashib o’zgargandan keyin kvarsil porfir deb nomlanadi. Magmatik jinslar bilan tanishish va ularni organishda guruhlar orasida oraliq jinslar bo’lishiga e’tibor qaratish kerak. Masalan granit va diorit orasida granodioritlar joylashadi,sienet va dioritlar orasida sienetodioritlar, andizit va datsitlar orasida andizitodatsitlar va boshqalar joylashadi.
2.1-jadval.
SiO2 miqdori bo’yicha magmatik tog’ jinslarining tasnifi.
Tog’ jinslarinig tarkibi
|
Chuqurlikdagi (intruziv) tog’ jinslari
|
Magmatik tog’ jinslari(chuqur-liklardagini effuziv analogi)
|
Kimyoviy
|
Mineralogik
|
Qadimgi (o’zgarganlari)
|
Yosh (yangi)
|
Nordon
SiO265%
|
Kvars, dala shpatlari, (ko'proq ortoklaz), slyuda (bazida qora rangli minerallar)
|
Granit
|
Kvasli porfir
|
Lipparit
|
O’rta
SiO2 65-52%
|
Dalashpatlari (qismanortoklaz), ozroqsoxtamu-guzaldamchisi, biotit, o’rtaplagioklaz, avgit, biotit.
|
Sienit,
Diorit
|
Ortoklazli porfir.
Porfirit
|
Traxit Andezit
|
Аsos
SiO2-52-40%
|
Asos plagioklaz (ko’proq labrador) avgit ba’zan olivine
|
Gabbro
|
Diabaz
|
Bazal’t
|
O'ta asos SiO24O%
|
Avgit, olivin, rudali minerallar. Olivin va rudali minerallar
|
Piroksenit Peridotit Dunit
|
Pikrit
|
-
|
To'liq kristalli, yarim kristalli va shishasimon kristallari farqlanadi. Birinchilari intruziv jinslarga, ikkinchi xil tuzilmalar efuzif jinslarga, uchinchi xil tuzilmalar esa lavaga xos bo'ladi.
Intruziv tarkibli tuzilmalarning to'liq kristalli, yirik donali bo'lishi ularning yuqorisida joylashgan tog' jinslarining bosimi ostida asta - sekinlik va xotirjamlik bilan kristallanishdan dalolat beradi. Tarkibiy tuzilmalarning yirik donli (donlar o'lchami 5 mm dan oshiq), o'rta donli ( 2 mm dan 5 mm gacha) va mayday donli (2 mm gacha) turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Shuningdek donlari bir tekis joylashgan va porfirsimon tuzilmalar pegmotit tuzilma dala shpati va kvarsning bir vaqtda kristallanishidan vujudga kelgan tuzilma (yozuv granite deb ham ataladi)larni ajratib ko'rsatish mumkin.
To'liq kristalli, donli tog' jinslari odatda og'ir tekisturaga ega bo'ladi. Bazi oqib chiqqan tog' jinslariga flyuidal tekisturaga hos bo'lib, shu magma oqishi bilan bo'gliqdir. Xamda bodomsimon tekisturaga ega bo'ladi, yani bodomda bo'lgani kabi bo'shliqlar kalsit va boshqa minerallardan hosil bo'lgan bo'ladi.
Shuningdek taksid tekistura (tarkibiy tuzilish) bu minerallar to'plamining alohida dog'lar shaklida joylashuvidan xosil bo'ladi. Chiziqsimon tarkibiy tuzilish (tog' jinsida turli mineral bo'laklarining birin-ketin almashib joylashuvi va shakli tarkibiy tuzilish tog' jinsida ko'zga korinadigan bo'shliqlar bo'ladi.) kabi tarkibiy tuzilishlar farqlanad.
Yerning ichki qismidagi mineral massa — magmaning yuqoriga qarab ko‘tarilishi va yer qobig‘i qavatlari ichida yoki ularning ustiga chiqib qotishi jarayonida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bu jinslar o‘zlarining qayerda paydo bo‘lishiga qarab, o‘z navbatida intruziv va effuziv- vulqon, ya’ni vulqonlarning otilishi jarayonida vujudga kelgan tog‘ jinslariga ajratiladilar.
Intruziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga yetib chiqmay, yer qobig‘ining ichki qismi qavatlari orasidagi yoriqlarga batolit, shtok, lakkolit, lopolit, dayka, sill (qatlamlararo tomirlar) holatida kirib qotishi va uzoq vaqtlar davomida sovishi jarayonida paydo bo‘ladi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Magmatik tog’ jinslarining yotish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |