Kirish
Mavzuning dolzarbligi. 1940 yildan boshlab fashistlar bosqinida o‘tgan to‘rt yil Fransiya uchun og‘ir sinov yillar bo‘ldi. Ozod qilingan mamlakatda eng murakkab vaziyat iqtisodiy tiklanish masalasi bilan bog‘liq edi. SHarl de Goll va uning safdoshlari faoliyati, Muvaqqat rejim hamda to‘rtinchi respublikaning o‘rnatilishi kabi masalalar yana uzoq vaqt mobaynida Fransiya tarixining muhim masalalaridan bo‘lib qoladi.
Mavzuning maqsad va vazifasi. Mavzuning maqsadini belgilovchi jihati shundan iboratki, inson tinchlikni qadriga etmasdan, ko‘p halqlarda o‘tmishini unutib qo‘yib, fashizmga o‘xshash kuchlar rivoji uchun katta yo‘l ochib, ularga sharoit yaratib qo‘yadi. SHunday holtlarni takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida moziyga qarab ish tutmoqlikni ta’kidlab o‘tishga intildik. CHunki Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov aytganidek “ tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi1 ”.
Fransiyadagi Qarshilik harakatining to‘liq mukammal tarixini yaratish uchun hozirga qadar tadqiqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Biz diqqatimizni Qarshilik ko‘rsatish maqsadlari, uning asosiy tashkilotlarining siyosati, maqsadga erishish yo‘llari, harakat ichidagi ziddiyatlarning sabablariga qaratdik.
Fransiya tarixining tarkibiy qismi bo‘lgan Qarshilik harakati ayni paytda halqaro harakatlar tarixining ham bir qismidir. Ma’lumki ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm bosib olgan barcha mamlakatlarda Qarshilik harakati bo‘lgan. Bu harakat o‘nlab davlatlarni qamrab olib, katta hududda – Fransiyadan Fillipingacha va Norvegiyadan YUnonistongacha yoyilgan har bir mamlakatda bu harakat o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Masalan, Fashistlar bosib olgan mamlakatlarda Qarshilik harakati qatnashchilarining asosiy maqsadi bosqinchilardan ozod bo‘lish bo‘lib, bu yerlarda partizanlik usuli bilan jang qilishardi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qarshilik ko‘rsatishning kenroq tarqalgan shakllari dastlab yashirin ma’buot tarqatish, ish tashlash, bosqinchilarga suiqasd uyushtirish kabilar edi.
Biz o‘z kurs ishimizda o‘rganib chiqqan Fransuz Qarshilik harakati tarixi bu ko‘hna davlat uchun juda qadrli sahifalarni egallaydi. CHunki hukmron doiralarning xiyonatiga qaramasdan, fransuz halqi o‘z ozodligi uchun kurashdi va kurash harakatini davom ettirib dushmanni quvib chiqardi.
“ Qarshilik harakati ” tushunchasi milliy iste’molga allaqachon kiritilgan bo‘lsa-da, uning ta’riflanishi turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. “ Qarshilik ” so‘zi Fransiyada 1040 yilgi mag‘lubiyatdan so‘ng dolzarb bo‘lib qoldi. Har bir Fransuz oldida nemis - fashistlariga bo‘ysunish yoki ularga qarshilik ko‘rsatish muammosi ko‘ndalang bo‘ldi. Dastlabki mahfiy varaqalar va gazetalarda, General de Gollning Londonda so‘zlagan nutqlarida, fashizmga qarshi kurashayotganlar orasida bu so‘z juda keng ishlatildi. Keyinroq Fransiya hududidan chiqib, dunyo mamlakatlariga tarqalib, mashhur bo‘lib ketdi. Qarshilik ko‘rsatish ( Resistance ) aniq ma’nosi va qo‘llanilish o‘rni to‘g‘risida harakat ishtirokchilari o‘ylanib o‘tirishmasdi. Ularni bir maqsad - fashizmni ildizi bilan yo‘q qilish maqsadi birlashtirib turardi.
Biz o‘z kurs ishimizda Fransiya bosib olingandan so‘ng bu yerda Vishi hukumatining tuzulishi, uning faoliyati, Milliy qo‘zg‘olon, uning tayyorgarlik ko‘rishi va mamlakatning fashistlardan ozod qilinishi kabi masalalarni ko‘rib chiqdik.
Ikkinchi jahon urushidan ancha vaqt ilgari gitlerchilar Fransiyaga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishgan edi. Fransiya “Germaniyaning eng yovuz dushmani ” hisoblanib, uni yo‘q qilib yuborish zarur hisoblangan. Uning hududini Muqaddas Rim imperiyasi (962 – 1806 yillar davri ) chegaralariga keltirish rejalashtirilgan edi. Nemis fashistlari Yevropada, xususan Fransiyada o‘rnatilmoqchi bo‘lgan “ yangi tartibini “ ning tarkibiy qismi demokratik harakatni tor - mor qilish, milliy madaniyat, ma’naviyat, an’analarni qo‘porib iashlash, hayotning barcha jabhalarini Germaniya fashizm manfaatlariga bo‘ysundirish dasturi edi. Biz Fransiyada o‘rnatilgan fashistik tartibni, milliy va ijtimoiy zulmni, terrorni, o‘zibo‘larchilik, inson shaxsini badnom qilishga qaratilgan siyosatning tarixini o‘rganib, kerakli xulosalar chiqardik.
Qarshilik harakatining genezisi, yuksalib borishi, uning g‘alabaga erishishi muqarrar natija ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirdik. Asosiysi shuki, Qarshilik ko‘rsatish harakati tarixi hali uzoq davrgacha tadqiqot ob’ekti bo‘lib qolishiga ishonch hosil qildik, chunki biz bu harakat tarixini birgina Fransiya misolida ko‘rib chiqdik, holos.
Do'stlaringiz bilan baham: |