1940 yildan boshlab fashistlar bosqinida o‘tgan to‘rt yil Fransiya uchun og‘ir sinov yillar bo‘ldi. Ozod qilingan mamlakatda eng murakkab vaziyat iqtisodiy tiklanish masalasi bilan bog‘liq edi


SHarl de Goll va yangi konstitutsiyaning ishlab chiqilishi



Download 218,5 Kb.
bet3/5
Sana28.06.2022
Hajmi218,5 Kb.
#714595
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOZILJONOV BOBUR

2. SHarl de Goll va yangi konstitutsiyaning ishlab chiqilishi


SHarl de Goll 1890 yil 22 noyabr Lill (Fransiya) shahrida zodagon oilasida dunyoga keldi. U bolaligidayoq, mashhur ajdodlari haqida farzandlariga so‘zlab berishni yoqtiruvchi otasidan, asrlar davomida “Fransiyani tashkil etishda qirollarga yordam bergan” de Golllar avlodi tarixini bilib oladi. De Golllar oilasida ikkita tushuncha millat va vatan - yuqori ahamiyatga ega edi. Anri de Goll urushda Parij yaqinida yaradorlanib, Fransiya mag‘lubiyati uchun qattiq qayg‘uradi. U ko‘pincha bolalarini sobiq jang maydoniga olib borar hamda halok bo‘lgan jangchilar uchun yodgorlik hisoblangan singan qilich tasviri va ”Mukarram qo‘llarda singan Fransiya qilichi, avlodlar orqali yana yuksalur” epitafeyasini ko‘rsatar edi. Otasi farzandlariga Parij va uning atrofida sayr qilib, ularning vatani tarixining zarvaraqlarini so‘zlab berardi. YOsh SHarl bolaligdanoq vatanparvarlik ruhida tarbiyalanib, milliy g‘urur tushunchasiga ko‘proq ta’sirchan bo‘lib o‘sdi. SHarl ma’lumotni iezuitlar kollejida olgach, Sen-Sir oliy harbiy o‘quv yurtiga qabul qilindi. 1912 yilda o‘quv yurtini tamomlab, harbiy xizmatga yoziladi. Bu vaqtga kelib, u o‘zining hayoti mazmuni haqida o‘ylab “Fransiya uchun buyuk qadam tashlash” qaroriga keladi. Birinchi jahon urushining boshidayoq de Goll frontga ketadi. U mardlarcha jang qilib kapitan darajasiga ko‘tariladi. Urush paytida u 3 marta yarador bo‘ladi, 1916 yil Verden yaqinidagi jangda uni o‘lik hisoblashib jang maydonida qoldirib ketishadi, natijada u asir olinadi. U 5 marta qochishga urinadi, ammo foydasiz. Urushdan so‘ng de Goll vataniga qaytib, harbiy xizmatni davom ettiradi. 1924 yilda (Fransuz General shtabi Akademiyasi hisoblangan) Parijdagi oliy harbiy maktabini tamomlaydi. Fransuz armiyasi muammolari va ularni isloh qilish haqidagi fikrlarini – “SHamshir tig‘ida” va “Professional armiya uchun” 1932 va 1934 yillarda nashr etilgan asarlarida bayon etadi. Asarlarning biri – harbiy inshootlarning barcha muammolariga, ikkinchisi –fransuz armiyasini professional majmua prinsiplariga o‘tishga bag‘ishlanadi. Uning asarlari siyosatchilar va harbiylar orasida uni mashhur qildi. 1937 yilda de Goll polkovnik lavozimiga ko‘tariladi, tank korpusi kommandiri sifatida Mets shahriga jo‘natiladi. Ikkinchi jahon urushi SHarl de Goll hayotida tub burilish yasadi. 1939 yil sentyabr oyigacha u fransuz umum harbiy armiyalaridan birida tankchilar bo‘limini boshqarar edi. 1940 yil mart oyida Fransiya bosh vaziri uning eski qadrdoni hamda qandaydir ma’noda uning harbiy teoriyalari muhlisi Reyno saylangandan so‘ng, de Gollning xizmatdagi ko‘tarilishi yanada tezlashdi. Oz fursatda u diviziya kommandiri etib tayinlanib, 1940 yil 17-20 mayda Lionda bo‘lib o‘tgan jangda vermaxt bosimni mohirona qo‘lladi. 1940 yil iyunda de Gollga general unvoni berildi. Keyinchalik Reyno uni Fransiya vazirlari islohot kabinetiga taklif qiladi, u yerda general milliy xavfsizlik masalalariga javobgar bo‘ldi. De Goll CHerchill bilan hokimiyat raisi sifatida muzokaralar olib boradi, ammo muzokaralar Fransiyaga vermaxt kuchlarining bostirib kirishlari orqali to‘xtatiladi. Fransiya harbiy boshliqlaridan bir qismi, eng avvalo, Marshal Peten, mamlakat uchun eng yaxshi yo‘l kapitulyasiya deb qaror qiladi. Ularning shu nuqtai nazarlari orqali Fransiya kapitulyasiya qilindi. Reyno uabineti nafaqaga ketib, mamlakat boshlig‘i Marshal Peten bo‘ldi.
SHarl de Goll Petenning tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlamadi, natijada 17 iyunda kurashni davom ettirish uchun Angliyaga jo‘nab ketdi. 1940 yil 18 iyunda u ingliz radiosi orqali barcha fransuzlarga “ Men SHarl de Goll, hozirda Londondaman. Britaniya hududlaridagi hamda shu yerda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ofitser va soldatlarni men bilan aloqa o‘rnatishga taklif qilaman. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar fransuz Qarshilik ko‘rsatish olovi so‘nishi kerak emas va so‘nmaydi.” Ingliz hukumati uni tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatladi. 1940 yil avgustda de Goll okkupatsiya hududidan tashqaridagi fransuz soldat va ofitserlari oldida “ Ozod Fransiya” harakati tuzilganini e’lon qildi. Harakat shiori “ Vatan va Or” so‘zlari bo‘ldi. 1941 yil “ Fransiya Milliy qo‘mitasi” ga asos soldi. 1942 yildan “ Kurashayotgan Fransiya” vatanparvarlik harakatiga. 1943 yil Jazoirda tuzilgan “ Fransiyani ozod qilish Milliy Qo‘mitasi”ga rahbarlik qildi. 1944 yil iyunda SHarl de Goll bu qo‘mitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirdi. 1944-1946 yillarda Fransiya Muvaqqat hukumati boshlig‘i. Urushdan so‘ng “ Fransuz halqini birlashtirish” partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958 yil Fransiya bosh vaziri.
SHarl de Goll 1970 yil 9 noyabrda soat kech ettilarda Kolombe - le Dyoz – Eglizda aorta tomiri uzilishi natijasida olamdan ko‘z yumdi. 12 noyabrda Kolombe - le Dyoz – Egliz (300 km Parijgacha) qabristonida xotini va qizi Anna qabri yoniga joylashtirildi.


Urush yillari eski burjuaziya partiyalari inqirozga uchrab, saxnadan ketishdi. Fashistlar bilan qiilingan xamkorlik sababli, urushgacha bo‘lgan 164 deputat va 110 senator sotsialistlar SFIO11 safidan chiqarildi. Urush yillari tasir kuchi o‘lchab bo‘lmas darajada o‘sgan yagona partiya Fransuz Komunistik partiyasi (FKP) Qarshilik ko‘rsatish harakatida faol rol o‘ynadi. Hokimiyat, ko‘pchilik fransuzlar milliy qaxramoni xisoblangan, general SHarl de Gollni boshqaruvchi (prezdent) qilib qo‘ydi.
1946 yil Konsitutsiya tasis etuvchi majlisda bo‘lajak davlat tuzish xususidagi masalalar bo‘yicha kuchli kurash bo‘lib o‘tdi. De Goll xokimyatni respublika prezidenti qo‘liga o‘tishi va parlamentni qisqartirish xaqidagi fikrida turib oldi. Burjuaziya partiyasi 1875 yildagi konstitutsiyani oddiy tiklanishi tarafdori, kommunistlar esa yangi respublika haqiqatdan ham demokratik bo‘lishi, xalq xohishlarini ko‘rsatuvchi parlament to‘la xokimligi tarafdori bo‘lishdi.
Mavjud tarkibda (tasis etuvchi majlisda) uning konsitutsion proektini qabul qila olmasliklariga ko‘zi etgan de Goll 1946 yil yanvarda istefoga chiqadi. 6 ta kommunist ishtirokida yangi 3 partiyaviy xokimyat shakillandi.
Ta’sis etuvchi majlisda ikkinchi proekt ishlab chiqildi. Xalq ovozi bilan tayinlangan konstitutsiya 1946 yil oxiriga kelib kuchga kirdi. Fransiya suverniteti xalqqa tegishli bo‘lgan yagona va bo‘linmas oliy demakratik va sotsial respublika" deb elon qilindi.
1946 yil aprelida Ta’sis majlisi yangi konstitutsiya loyihasini qabul qildi. Loyihada kommunistlar taklif etgan keskin tomonlar bo‘lganidan reaksiya kuchlari AQSH monopolistlarining va Vatikanning yordamiga tayanib, ushbu konstitutsiya loyihasiga, demokratiyaga qarshi kurashni kuchaytirdilar. O‘sha yili 5 mayda o‘tgan referendumda bir oz ko‘proq ovoz bilan konstitutsiya loyihasi ma’qullanmadi. SHundan keyin 2 iyunda Ta’sis majlisining o‘ziga qayta saylov o‘tkazildi, unga yana ko‘proq reaksionerlar kirib oldi. Sotsialistlar 300 mingdan ortiq ovoz yo‘-qotdilar. Lekin kommunistlar olgan ovozlar 5 million 200 mingga etdi. Konstitutsiya masalasida kurash davom etib, 1946 yil sentyabrida keskin ahamiyatga ega bo‘lgan Konstitutsiya loyihasi qabul qilindi. 13 oktyabr referendumida u ma’qullandi. Konstitutsiya Fransiyani demokratik respublika (IV respublika) deb, mustamlaka yerlari bilan esa Fransiya uyushmasi deb, e’lon qildi.
Konstitutsiya Fransiyani «yagona va bo‘linmaydigan dunyoviy demokratik va ijtimoiy respublika» deb e’lon qildi; xalq ommasining suverenitetini va bir qator demokratik huquq va erkinliklarni, xotin-qizlarning erkinliklar bi­lan hamma sohada teng xuquqqa ega bo‘lishini, mehnat qilish majburiyatlarini, ish tashlash va mehnat qobiliyatini yo‘-qotganda davlat yordamini olish huquqlarini, ozodlikni Himoya qilgani uchun ta’qib qilinayotgan ajnabiylarga boshpana berilajagini bayon qildi va milliy, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamma korxonalar mulkini jamiyat mulki bo‘lishi kerak deb ko‘rsatdi; iqtisodni rejalashtirish va korxonalarni boshqarishga ishchilarni jalb etish kerakligini ta’kidladi. Konstitutsiya bosqinchilik urushlarini taqiqladi va tinchlik siyosati yuritish lozimligini ko‘rsatdi.
Konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi oliy organ ikki palatali parlament, ya’ni Milliy majlis va Respub­lika Soveti bo‘ldi. Milliy majlis qonunlarni chiqarish, byudjetlarni qabul qilish, hukumatga ishonch bildirish, sulh shartnomasini tuzish, xalqaro siyosat hujjatlarini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi. U to‘g‘ri saylov asosida 5 yilga saylandi. Saylov huqukidan 21 yoshga etganlargina foydalanadi. Respublika Soveti ikki tabaqali saylov aso­sida 6 yilga saylandi. Sovet qonun loyihalarini kuchga kirishini kechiktirish huquqiga ega bo‘ldi.
Respublika boshlig‘i — Prezident Milliy majlis va Respublika Sovetining qo‘shma majlisida 7 yil muddatga saylanadi. Prezident ikkinchi marta ham saylanib, o‘z o‘rnida qolishi mumkin bo‘ldi. Ijroiya organi — Ministrlar Sovetining raisi Prezident tomonidan tayinlandi.
1946 yil konstitutsiyasi kapitalistik dunyoda eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‘ldi. Lekin uning bir qator nuqsonlari bor edi, bir tomondan cheklangan edi, xususiy mulkka bo‘lgan huquq muqaddas Huquq deb e’tirof etildi. Reaksion unsurlar Respublika Sovetida ko‘pchilik o‘rniga ega bo‘lib oldilar va amalda qonun chiqaruvchilik ishlariga aralashdilar. Konstitutsiya xalq ommasining istaklariga to‘la javob bermadi. Konstitutsiyada aytilgan ko‘p huquqlar ham amalga oshmay qoldi.
1946 yil 10 noyabrda Milliy majlisga saylovlar o‘tkazildi. Kompartiya 6 millionga yaqin ovozga va 182 mandatga, sotsialistik partiya esa 3 million 431 ming ovozga v a 102 mandatga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaga muvofiq kommunist siyosiy arbob hukumat boshlig‘i lavozimini egallashi mum­kin edi. Lekin burjuaziya va uning sotsialist sheriklari buni istamadilar. Sotsialistlar bu gal ham kommunistlar bilan hamkorlik qilishdan, birga hukumat tuzishdan bosh tortdilar.
O‘ng sotsialistlar va ular boshchiligida bo‘lgan hukumatlar mexnatkashlarining turmush darajalarini yaxshilash choralarini ko‘rmadi, ish haqlarini oshirmadi. Avvalo L. Blyum hukumati o‘z imperiyasini saqlab qolish tashvishida mustamlakachilik urushlari yo‘liga kirdi. 1946 yil martida Laosga qarshi, 1946 yil oxirida Vet­nam xalqiga qarshi mustamlakachilik, bosqinchilik urushini boshlab yubordi. Urush Kambodjeda ham olib borildi. P. Ra­made hukumati de Gollning mustaqil tashqi siyosat yo‘lidan voz kschdi. 1947 yil martida Angliya bilan o‘zaro yordam haqida shartnoma tuzdi. Bu rasman Germaniya tomonidan bo‘ladigan agressiya xavfiga qarshi, amalda esa G‘arbiy Yevropa davlatlarini separativ birlashtirishga qaratildi. Fransiya Rur ustidan xalqaro nazorat qilishdan va reperatsiya yuzasidan olinadigan Rur ko‘miridan G‘arbiy Germaniya foydasiga voz kechdi. Angliya va AQSH bilan birgalikda avvalo Fransiyannng o‘zi uchun xavfli bo‘lgan G‘arbiy Germaniya harbiy sanoatining va militarizmining tiklanishiga keng yo‘l ochib qo‘ydi. Fransiya iqtisodiga Amerika kapitali ko‘plab kirib bordi. 1946 yil yozida AKSHdan olnngan zayom hisobiga Amerika tovarlaridan olinadigan boj haqi bekor qilindi. Fransiya AQSHdan moliyaviy yordam so‘radi. Milliy majlisda shu masalada kommunistlar bilan sotsialistlar o‘rtasida kelishmovchnlik keskinlashdi. Sotsialistlar kommunistlarni hukumatdan chetlatish yo‘liga tushdilar. AKSH prezident Trumen Fransiya hukumati tarkibidan kommunistlarning chiqarilishnni talab kildi.


Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish