15-Ma’ruza: SQL tili. SQL tilida ma’lumotlarni tavsiflash.
Reja:
1. SQL tili va uning ko’rsatkichlari.
2. SQL tilida ma’lumotlarni tavsiflash.
Annotatsiya:
SQL tili va uning ko’rsatkichlari, SQL tilida ma’lumotlarni
tavsiflash haqida ma’lumotlar berish, amaliy malaka-ko’nikmalarini
rivojlantirish
va mustahkamlash.
SQL ga kirish.
SQL ni batafsil o’rganishga kirishdan oldin bu tilning umumiy tomonlari va u
bilan ishlashni printsiplari bilan tanishib olsak. Ushbu bo’limda da tilning muxim
xususiyatlari misollar orqali ko’rsatiladi.
Oddiy berilganlar bazasi.
Bu yerda keltirilgan misollar kichik savdo kompaniyasining oddiy relyatsion
berilganlar bazasi asosida olingan. Bu berilganlar bazasining strukturasi 2.1. -
rasmda tasvirlangan. Unda buyurtmalarni qayta ishlovchi unchalik katta bo’lmagan
dasturni realizatsiya qilish uchun zarur bo’lgan axborotlar saqlanadi.
Berilganlar bazasi quyidagi axborotlardan iborat:
Tovarlarni klientlarga sotuvchi kompaniya xizmatchilarni xaqida axborotlar.
Xizmatchilar ishlaydigan ofislar xaqidagi ma’lumotlar.
Kompaniya tavarlarini sotib oluvchi mijozlar xaqida ma’lumotlar
Klientlar tomonidan berilgan buyurtmalar xaqida axborotlar.
Bu berilganlar bazasi realllikning modeli xisoblanadi. Bazada saqlanayotgan
ma’lumotlar ushbu real mavjudliklarni ifodalaydi:
Kompaniya xodimlari;
Ofislar;
Mijozlar;
Buyurtmalar;
Xar bir mavjudlik o’ziga mos jadvalda ifodalanadi.
SQL yordamida
berilganlar bazasiga so’rov berish xam reallikdagi xodisalarni ifodalaydi:
Klientlar buyurtma beradilar, ularni bekor qiladilar yoki o’zgartiradilar.
Kompaniya boshlig’i xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi. SQL
yordamida bu ma’lumotlar bilan qanday ish bajarilishini ko’rib chiqamiz.
SQL da 1-jadvalda keltirilgan taxminan 30 ta operator qo’llaniladi.
Xar bir
operator MBBTidan biror bir belgilangan amalni, masalan, ma’lumotlarni o’qish,
jadval tuzish yoki jadvalga yangi ma’lumot qushishni bajaradi. SQL ning xar bir
operatori fe’l bilan boshlanadi. U bajaradigan operatorning amalini tavsiflaydi.
Fe’llarga CREATE (tuzish), INSERT(qo’shish), DELETE(o’chirish), COMMIT(
tranzaktsiyani yakunlash) kabi kalit so’zlar misol bo’la oladi. Fe’ldan so’ng bir
yoki bir necha gap keladi. Gapda operator ishlaydigan ma’lumotlar tavsiflandi yoki
operator bajaradigan amal xaqida kerakli ma’lumotlar saqlanadi. Xar bir
predlojenie WHERE(qaysiki), FROM (qaerdan), INTO (qaerga), HAVING
(mavjud bo’lgan) kabi kalit so’zlar bilan boshlanadi.
Operatordagi ayrim
predlojeniyalar zaruriy, ayrimlari esa zarruriy emas.
Konkret struktura va predlojeniya mazmuni o’zgarishi mumkin. Ko’pgina
predlojeniyalar jadval yoki ustun nomini o’zida saqlaydi. Ba’zilari esa qo’shimcha
kalit so’zlar, o’zgarmaslar va ifodalarni o’zida saqlaydi.
1-jadval SQL dagi asosiy operatorlar
Operatorlar Tavsif
Ma’lumotlarni kayta ishlash operatorlari.
SELECT BBsidan ma’lumotlarni o’qiydi
INSERT BBiga yangi malumot kushadi
DELETE BBdan satrlarni uchiradi
UPDATE BBda mavjud ma’lumotlarni uzgartiradi
Strukturani xosil qilish(ma’lumotlarni aniqlash) operatorlari
CREATE TABLE BBda
yangi jadval xosil kiladi
DROP TABLE BBdan jadvalni uchiradi
ALTER TABLE mavjud jadval strukturasini uzgartiradi
CREATE VIEW BBda yangi kurinish xosil kiladi
DROP VIEW BBdan kurinishni uchiradi
CREATE INDEX ustun uchun indeks xosil kiladi
DROP INDEX ustun indeksini uchiradi
CREATE SYNONYM jadval nomi uchun sinonimni aniqlaydi
DROP SYNONYM jadval nomi sinonimini uchiradi
COMMENT jadval yoki ustun uchun izox tuzadi
Ma’lumotlarga kirish imkonini boshqarish
GRANT foydalanuvchiga kirish imkonini beradi
REVOKE kirish imkonini bekor qiladi
Tranzaktsiyani boshqarish
COMMIT joriy tranzaktsiyani tugallaydi
ROLLBACK joriy tranzaktsiyani bekor kiladi
Dasturiy SQL
DECLARE so’rov uchun kursor xosil kiladi
EXECUTE SQL operatorlarini dinamik bajaradi
ANSI / ISO standartida fe’l sifatida va operator predlojeniyasida
qo’llaniladigan kalit so’zlar aniqlangan. Standartga
muvofik xolda bu kalit
so’zlardan berilganlar bazasi ob’eklarini nomlashda qo’llash mumkin emas.
Ushbu qo’llanma SQL operatorining shakllari 5.2-rasmda ko’rsatilgan
sintaksis diagrammasi yordamida namoyish kilinadi. SQL operatorlari yoki
predlojeniyalarni tugri tuzish uchun sintaksisli
diagramma chizigi buyicha
diagramma oxirini kursatuvchi nuktagacha borish lozim. Sintaksis diagrammasi va
misollarda kalit so’zlar doimo bosh xarflar bilan yoziladi.
Sintaksis diagrammasida SQL operatolarining uzgartiriladigan elementlari
kichik kursiv xarflarda yoziladi. Operator tuzishda dasturchi
mustakil tarzda bu
elementlarni aniqlaydi. Zaruriy bulmagan predlojeniyalar va kalit so’zlar sintaksis
diagrammada kushimcha chiziklar yordamida kursatiladi.