13-amaliy mashg’ulot Mavzu: Risklarni baholash usullari. Rad etish daraxtining tahlili Ishdan maqsad



Download 49,78 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi49,78 Kb.
#103127

13-amaliy mashg’ulot

Mavzu: Risklarni baholash usullari. Rad etish daraxtining tahlili

Ishdan maqsad: Mazkur ishda talaba rad etish daraxti usulidan foydalangan holda risklarni baholashni o’rganadi.



Qisqa sharh

Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bo’lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish (deduktsiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt ko’rinishida aks ettiriladi.

Rad etish daraxtida ko’rsatilgan omillar - kompьyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog’liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa hodisalar bo’lishi mumkin.

FTA misoli 1-rasmda ko’rsatilgan.



Qo’llash sohasi

Agar boshlang’ich hodisalar ehtimolining qiymati ma’lum bo’lsa, ohirgi hodisani sodir bo’lish ehtimolini hisoblashda baholash miqdorini, yakuniy hodisaga olib borilishini, rad etish sabablari va yo’llarini aniqlashda sifatli baholash uchun rad etish daraxti usulidan foydalanish mumkin.

Mazkur usul rad etish sabablarini aniqlash uchun tizimni loyihalash bosqichlarida foydalanish mumkin. SHuningdek loyiha variantlarini tanlashda ham ishlatiladi. Asosiy rad etish turlari va oxirgi hodisaga olib borish yo’llarining nisbiy ahamiyatini aniqlash uchun loyihani ishlab chiqish bosqichlarida FTA usulidan foydalanish mumkin. SHuningdek rad etish daraxti tadqiq qilinayotgan muvofaqiyatsizlikka olib keluvchi hodisalar kombinatsiyasini tahlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.


1-расм. FTA усулига мисол.



Kirish qismi

Sifatli tahlil qilish uchun tizimni yaxshi bilish va rad etish sabablarini yaxshi tushunish zarur. SHuningdek yana tizim qanday qilib ishdan chiqishi mumkinligi haqida bilishi lozim. Rad etish daraxtining tizim detallaridan foydalanish ham samarali hisoblanadi.

Miqdoriy tahlilni amalga oshirish uchun rad etish daraxtida ko’rsatilgan barcha asosiy hodisalarni rad etish ehtimolligi yoki intentsivligi haqidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi.
Usulni bajarish jarayoni

Rad etish daraxtining sxemasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

- tahlil qilinishi kerak bo’lgan hodisani aniqlash. Bu rad etish yoki rad etishlar ketmaketligi bo’lishi mumkin. Rad etilish oqibatlari tahlil qilingandan so’ng, rad etish daraxtiga oqibatlarni rad etish va intentsivlikni pasaytirish qismini kiritish mumkin.

- oxirgi hodisaga olib keladigan sabablar va oqibatlarni rad etilishini aniqlash;

- aniqlangan raddiyalar va sabablarni tahlil qilish, aynan nimaga olib kelganligini aniqlash;

- keyingi tahlil amalga oshirilmaguncha quyi darajadagi tizimga o’tish tizimni nomaqbul funktsiyanallashtirilishi ketma-ket aniqlanaveriladi. Texnik tizimlarda – bu kompanentalarni rad etish darajasi bo’lishi mumkin. Tahlil qilinuvchi tizimning yeng quyi darajasidagi hodisa va omillar asosiy hodisalar deyiladi;

- Asosiy hodisa ehtimolligini baholash(agar qo’llanilsa) va oxirgi hodisa oqibatlarining ehtimolligini hisoblash. Miqdoriy baholashning ishonchliligini ta’minlash uchun har bir element uchun kirish ma’lumotlarining to’liqligi va sifatitalab qilinadigan ishonchli natijalarni olish uchun yetarli ekanligini ko’rsatish kerak. Aks holda, rad etish daraxti ehtimollikni tahlil qilish uchun yetarlicha ishonchli emas, ammo sabab-oqibat munosabatlarini o’rganish uchun foydali bo’lishi mumkin.

Miqdoriy bahoni aniqlashda rad etish daraxti Bulь algebra yordamida soddalashtirilishi mumkin, bu esa takroriy raddiya turlarini hisobga olishga imkon beradi.

Ushbu usul oxirgi hodisa ehtimolligini hisoblashdan tashqari, oxirgi hodisaga olib keladigan minimal qism to’plamini aniqlash va ularni oxirgi hodisaga ta’sirini hisoblashga imkon beradi.

Oddiy holatlardan tashqari, Ilova dasturlar paketi odatda diagramma tuzishda ishlatiladi. Bu rad etish daraxtining bir nechta takrorlangan hodisalar bo’lgan joyda va minimal kesishuvlarni va vaziyatni hisoblash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish usulni to’g’ri va ketma-ket bajarilishini hamda tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi.



Olinadigan natija

Rad etish daraxti tahlilining natijasi quyidagicha:

- bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq hodisa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatda oxirgi hodisa va o’zaro ta’sir qiluvchi yo’llarni vizual tasvirlash;

- minimal kesishmalar to’plami (tizimning rad etish yo’llarini paydo bo’lishi) va har bir qism uchun tizimni rad etish ehtimolligini baholash;

- oxirgi hodisa ehtimolligini baholash.

Ishni bajarish tartibi: Ushbu ishda talaba bo’lishi mumkin bo’lgan ihtiyoriy xavfli hodisani rad etish daraxtini quradi va hodisalar ehtimolliklarini aniqlaydi hamda berilgan nazorat savollariga javob yozadilar.

Nazorat savollari

1. Rad etish daraxtining taxlili tushunchasiga ta’rif bering.

2. Rad etish daraxtida ko’rsatilgan omillarini tushuntiring.

3. Axborot xavfsizligi tushunchasiga ta’rif bering.

4. Axborot himoyasi deganda nimani tushunasiz?

5. Xavf-xatar so’ziga ta’rif bering.

6. Axborot xavfsizligiga bo’ladigan qanday tahdidlar mavjud?

7. Hujum deganda nimani tushunasiz?



8. Tarmoqdan bo’ladigan qanday hujumlarni bilasiz?
Download 49,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish