12-ma’ruza: Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika. Reja



Download 124 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2022
Hajmi124 Kb.
#510050
  1   2
Bog'liq
12-ma'ruza


12-ma’ruza:Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika.
Reja:
1.Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika.
2.Afaziya va uning turlari.
Tayanch tushunchalar: nevrologiya, neyrolingvistika, afaziya, motor afaziya, sensor afaziya, amnestik afaziya, akustik-mnestik afaziya.
Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo’limi bilan ham uzviy aloqada. So’nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig’ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog’i vujudga keldi.
Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o’rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o’rganish obyekti afaziyadir.
Kishilar o‘rtasidagi muomalaning asosiy vositasi nutq hisoblanadi. Inson nutqi yordamida o‘z fikrini, his-tuyg‘ularini izhor qiladi hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Bu nutqiy faoliyat og‘zaki va yozma tarzda amalga oshiriladi. Jamiyatda ko ‘ramizki, nutqida nuqsoni bor insonlar ko‘p uchraydi. Nutqdagi nuqsonlarni neyrolingvistikaning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan afaziologiyada ko‘rib chiqamiz.
Afaziya – bu bosh miyaning shikastlanishi natijasida nutqni to‘liq yoki qisman yo‘qotishdir. Afaziya (yunoncha a - inkor qo`shimchasi, fasis –nutq, ya’ni gapira olmaslik, so‘zlash qobiliyatining buzilishi). Afaziyaga bosh miya po‘stloq qavatidagi so‘zlashish markazining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Nutqiy kamchiliklarni o‘rganuvchi soha afaziologiya bo‘lib, keng tadqiqotlar olib borilgan sohalardan biri hisoblanadi. O‘ng qo‘lda yozadiganlar va ish qiladiganlarda nutqiy zonalar chap yarimsharda joylashgan bo‘ladi. Shunday ekan afaziologiya chap yarim sharning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Afaziyani o‘rganish, nomlari XIX asr nevrologlari, psixiatrlari, lingvistlari, anatom va fiziologlari, keyinroq XX asr psixologlari va neyropsixologlari, defektolog va logopedlari darsliklari va monografiyalari varaqlaridan tushmayotgan, butun dunyoga mashhur olimlar bilan bog‘liq. Masalan, Gall, Dakslar (ota va o‘g‘il), fiziolog Flurens kabi vrachlarning asarlari keng tanilgan. XIX asr oxirida tadqiqotlar olib borgan P.Broka, K.Vernike, Dj.Djekson, L.Lextgeym, K.Klayst, A.Pik, P.Mari kabi olimlarning asarlari muhim ahamiyatga ega. Motor afaziya. Sensor afaziya. Amnestik afaziya. Akustik- mnestik afaziya
Motor afaziya inson miyasidagi Broka markazi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Afaziyaning bu turida afaziyaga chalinganlar nutqni tushuna oladi, lekin gapirmoqchi bo‘lganda so‘zlarni topa olmasligi sababli gapira olmaydi. Motor afaziya bosh miya o‘ng yarim shar maydonini harakatga keltiruvchi a‘zolarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Harakatga keltiruvchi markaz Broka markazidir. 1)Afferent motor afaziya orqa markaziy va bosh miya po‘stlog‘ining tepa qismi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Afferent motor afaziya (afferent – olib kiruvchi, afferentlar – asab tugallanmalari). Afferent uchun tovushni tanlash zanjirining buzilishi xosdir. Shuning uchun afaziyaning bu turi tovushlar tarkibini buzilishi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki davri nutq organlariga yaqin ko‘rib bo‘lmaydigan kamchiliklarni o‘z ichiga oladi.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish