211-17 guruh talabasi Askarov Abror ning 1-oraliq nazorat ishi:
Bilеt 6
Biznеs Tizimni boshqarish tuzilmasi
Loyixa va uning bajarilish qadamlari
BTT olib borish tеxnologiyalari va vositalariga kiruvchi «Affinity diagram» usulini misol kеltirib tushuntiring.
1-savolga javob:
Biznesni boshqarish tizimlari
Bo‘limlararo jarayonlarni
Avtomatlashtirish
Qanday qilib biznesni avtomatlashtirish savdoni boshqarish, savdoni shaffof qilish va mahsulotlar distribyutsiyasi haqida tahlillarni yig‘ishga yordam beradi.
Distribyutorlik kompaniyalarining ko‘pchilik top-menejerlari o‘z oldiga savdoni oshirish va biznesni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilib qo‘yadi. Ammo ko‘pchilik kompaniyalar hali hamon eski usullarda ishlayotgan bir paytda, O‘zbekistonning zamonaviy bozor sharoitlarida ushbu vazifani yechish mumkin emasdek tuyuladi.
Bu yerda yirik tashkilotdagi bo‘limlar odatda hisobotlarni turli dasturlarda yoki qog‘ozda olib borishadi. Biznes jarayonlarini olib borishning yagona tizimi bo‘lmaganligi bois, kompaniyaning markaziy boshqaruvini ta’minlay olmaydi, bo‘lim rahbarlari esa xodimlar va marketing samaradorligini ob’ektiv tarzda munosib baholay olishmaydi. Hisobga olishning yagona tizimi yo‘qligi bois, ma’lumotlarni yig‘ish muammolari ham kelib chiqadi, natijada to‘liq tahlil chiqmaydi. Qarabsizki, hech kim o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ya olmaydi va to‘g‘ri qarorlarni qabul qilmaydi. Mazkur muammolarni hal qilish va tashkilot faoliyatini shaffof holga keltirish uchun, biznes jarayonlarining zamonaviy avtomatlashgan tizimi yordam beradi.
Tashrif qadamlarini kuzatish
Avtomatlashtirish rahbarga o‘z savdo vakillarining har qanday bosqichdagi tashrif qadamlarini kuzatish imkonini beradi. Tizimda savdo nuqtasi haqida ma’lumot olsa bo‘ladi, qaysi savdo agenti u uchun javob beradi, undan qachon xabar oldi va qanday savdoni amalga oshirdi, degan savollarga javob topadi. Dastur, qaysi mahsulot yaxshi sotildi, nuqtaning qanday qoldiq mahsulotlari bor va qanday qarzlari mavjudligi haqidagi ma’lumotni yig‘ma shaklda ko‘rsatadi.
Savdo agentlari uchun avtomatlashtirish ishlarni yaxshiroq olib borish va o‘z savdosini nazorat qilishga yordam beradi. Ular tashriflarining barcha halqasini boshqarishlari mumkin – birinchi tashrifdan boshlab, omborxonada buyurtmani olishgacha. Tizim savdo nuqtasi uchun chegirmalar va bonuslarni ko‘rish, shartnomalarni tuzish, qoldiq mahsulotlarni yig‘ib, ular asosida tavsiya etilgan buyurtmani shakllantirishga imkon beradi. Qo‘shimcha bonus: dasturning o‘zida bajarilgan ishlar haqida fotohisobotni yaratish, audit va so‘rovnomalarni o‘tkazish mumkin.
Sunlight Group kompaniyalar guruhi: «Avtomatlashtirish tizimi savdoni masofadan boshqarish, savdo xodimining tashrifi qadamlarini kuzatish va ular bilan bog‘liq barcha jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Natijada u savdo jamoalari tomonidan amalga oshiriladigan mahsulotlarni reklama qilish ishlariga ta’sir qilishga yordam beradi. „1C“ dasturi bilan sinxronlash imkoniyati undan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklarni taqdim etadi».
Savdoni boshqarish
Savdoni avtomatlashtirish omborxona ishini shaffof va samarali qiladi. U omborxona aylanmalarini onlayn rejimda to‘liq boshqarishga yordam beradi: kirim, chiqim, bronlash, ichki va tashqi o‘tkazish. Dastur ko‘p valyutalilikni qo‘llaydi, bu degani, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston va Yevropada savdoni o‘tkazish va amaldagi kurs bo‘yicha mablag‘ni har qanday valyutaga konvertatsiya qilish mumkin. Savdoni avtomatlashtirishda sichqonchaning bir nechta kliklari yordamida birdaniga O‘zbekistonning barcha filiallari bo‘yicha mahsulot narxini yangilash yoki tugmani bosish bilan tashrif qadamlarining yangi protokollarini kiritish mumkin.
Tizim quyidagi xaridlarni nazorat qilishga imkon beradi: nima xarid qilindi, nima sotildi, qanday narxga, yetkazib beruvchiga necha pul to‘lash kerak (kassadan yoki bo‘lib to‘lash orqali). U shuningdek, qolib ketgan mahsulotni uni tezroq sotish uchun ko‘rsatadi. Avtomatlashtirish savdoni cheklashga yordam beradi, masalan, qarzi bor yoki konsignatsiya muddati kelib qolgan savdo nuqtalarida mahsulot sotishni bloklab qo‘yish mumkin. Buning ustiga top-menejerlar dasturda tanlangan hudud uchun joriy strike rateni har doim bilib olishlari, P&L hisobotni shakllantirishi va savdo agentlari marshrut yo‘llari tahlilini o‘tkazishlari mumkin.
«Platinum Trade Group» MCHJ ta’sischisi, L’Oréal, Kraft Foods, Johnson & Johnson, Heinz, JTI, Colgate & Palmolive va P&Gning O‘zbekistondagi distribyutori Qahramon Alimov:«Savdoni avtomatlashtirish bizga omborxonada qolgan mahsulotlarni hisobga olgan holda, buyurtmalarni onlayn-rejimda sinxronlashga yordam beradi. Shuning uchun 10 nafar savdo agentining omborxonada bir xil mahsulotni sotish holatlari yuz bermaydi. Bundan tashqari biz qog‘ozlarga kam sarflayapmiz va buyurtma paytidagi xatolarni qisqartirdik, bu esa savdo nuqtalarining turg‘unligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi».
Ma’lumotlarni yig‘ish
Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish real vaqt rejimida katta hajmdagi ma’lumotlarni markaziy to‘plash imkonini beradi. U inson omiliga ega emas, shuning uchun ma’lumotlarni almashtirib yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi, bu esa qo‘shib yozishlarga o‘xshash muammolarni hal etadi. Avtomatlashtirish tizimi bilan uzoq filiallardan ma’lumotlarni kutishning yoki ularni boshqa manbalardan olishning keragi yo‘q, chunki ular onlayn-rejimda kerakli shaklda kelib tushadi. Masalan, rahbar birgina dasturda mahsulotning sotib olish narxi, omborxonada qancha miqdorda qolgani, savdo jadalligi va kelgusi oy uchun xaridlar prognozini ko‘radi.
Eng muhimi, dastur barcha ma’lumotlarni “bulut”da saqlaydi, demak ma’lumotlar qattiq disk buzilib qolganda yoki noutbuk yo‘qolganda o‘chib ketmaydi. Platformadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, internet tarmog‘iga chiquvchi har qanday gadjetning o‘zi yetarli, shuning uchun korxonani xizmat safari chog‘ida ham boshqarish mumkin. Barcha ma’lumotlar ishonchli ravishda shifrlangan va buzg‘unchi o‘g‘rilar ularga yeta olmaydi.
Markaziy Osiyo bo‘yicha BIC kompaniyasi vakili Shuhrat Niyazmetov: «Men uchun CRM tizimining eng asosiy plyusi, mijozlar, bozorlar va jamoa haqida yig‘ilgan katta hajmdagi ma’lumotlardir. Biznesni avtomatlashtirish tizimi paydo bo‘lgunga qadar, bunday imkoniyat mavjud emas edi. Faqat bazali yoki yuzaki axborotni yig‘ish mumkin edi, hozir esa hattoki eng mayda shakldagi katta hajmli ma’lumotlarni yig‘ish mumkin. Katta ma’lumotlar bo‘lganda esa, bilishing lozim bo‘lgan yagona ish — bu ushbu ma’lumotlar tahlili natijalarini to‘g‘ri tahlil qilish va talqin etishdir».
To‘liq va batafsil tahlil
Avtomatlashtirish tizimidagi har soniyada yig‘iladigan ma’lumotlar, tahlil uchun hisobotlarni shu fursatning o‘zida olish imkonini beradi. Yig‘ma dashbord butun faoliyatga doir to‘liq manzarani ochib beradi. Barcha ma’lumotlarni har qanday vaqt oralig‘i uchun o‘nlab xususiyatlari bo‘yicha guruhlash va hisobot uchun olish mumkin. Bu to‘g‘ri strategiyani qurish, qoldiq mahsulotlarni nazorat qilish va kelgusi savdoni prognozlash imkonini beradi. Tahlil shuningdek, marketing kompaniyalari samaradorligi va savdo nuqtalaridagi merchandayzingni tez baholashga imkon beradi.
O‘zbekistondagi PepsiCo Inc. rasmiy vakili - IBT MCHJ QK rejalashtirish va tahlil bo‘limi rahbari Azizbek Sultonov: «Ilgari biz ma’lumotlarga ishlov berish uchun juda ko‘p vaqtni sarflardik, chunki ular bizga xatolar bilan yetib kelardi. Avtomatlashtirish tizimini joriy qilganimizdan keyin, biz kerakli axborotni sanoqli daqiqalarda olamiz, bunda inson omili mavjud emas. Endi tahlil uchun ko‘proq vaqtimiz va resurlarimiz qolyapti, va tahlil uchun hisobotni ancha tezroq tuzish mumkin».
Green White Solutions kompaniyasi 8 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston bozori uchun turli sohalarda biznesni avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minot mahsulotlari seriyasini ishlab chiqmoqda. Bugunga kelib kompaniya ishlanmalaridan 200 dan ortiq yirik tashkilotlar foydalanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |