12- mavzu: Suvdagi karbonat kislota. Tabiiy suv havzalarining



Download 70.08 Kb.
bet1/5
Sana08.07.2021
Hajmi70.08 Kb.
  1   2   3   4   5

12- Mavzu: Suvdagi karbonat kislota. Tabiiy suv havzalarining

nordonlanish va oksidlanish –qaytarilish jarayonlari.

Reja:

  1. Karbonat kislota va uning suvdagi shakllari

  2. Suvning barqarorligi

  3. Tabiiy suv havzalarining buferlik xususiyatlari

  4. Tabiiy suv havzalarining nordonlanishi

  5. Suv havzalaridagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari

Karbonat kislota va uning suvdagi shakllari

Karbonat angidrid gazi - C02 suvda erishi hisobiga suvda karbonat kislotasi paydo bo'ladi. Erkin H2S03 miqdori yer ustidagi suvlarda 10— 30 mg/1, yer osti suvlarda esa 100 mg/1 dan ortiq.

Karbonat kislotasi ikkita bosqich orqali dissotsiatsiyalashadi:

Birinchi bosqichda gidrokarbonatlar hosil bo'ladi:

H2C03 H++HCO-3;

Karbonat kislotasi ta'sirida karbonat jinslarining erishi hisobiga ham suvda gidrokarbonatlar hosil bo'lishi mumkin:

CaC03 +C02 +H20  Ca (HC03)2

MgC03 +C02 +H20  Mg (HC03)2

Gidrokarbonatlar — bu karbonat kislotasining suvdagi eng keng tarqalgan shaklidir. Ular suvning ishqoriyliligini belgilaydi.

Karbonat kislotasi ikkinchi bosqichda parchalanganda karbonat ionlari hosil bo'ladi:

HC03- H+ + C032-

Ular faqat ishqoriy suvlarda mavjud (pH > 8,4).

Tabiiy suvlarda karbonat kislotaning turli shakllari orasida muvozana saqlanib turadi:

H20+C02 H2C03 H+ +HCO32- 2H+ + C032_


Lekin, lanibkarbonat kislotasining hamma shakllari ham suvda saq turmaydi. Barqaror shakllarga quyidagilar kiradi:

  1. H2O + CO2 4. CO2 + HCO3-

  2. HCO3- 5. HCO3- + CO32-

  3. CO3- + OH-

Qolgan sistemalar nobarqaror bo'lib, tezlik bilan barqaror sistemalarning biriga o'tadi:

CO32- + C02 + H2 = 2HCO3-

HCO3- + OH- = CO32- + H20

CO2 + OH- = HCO32-

Tabiiy suvlaming asosiy karbonat sistemasi erkin karbonat kislota bilan gidrokarbonatlardan tashkil topgan:

H2O + CO2 H2C03 H++ HCO3-

Bu sistema buferlik xususiyatlarga ega bo'lib, tabiiy suvlarning pH ko'rsatkichini o'zgartirmasdan saqlab turadi.

Tabiiy suvlarning pH ko'rsatkichi karbonat kislotasining turli shakllarining miqdorini bir biriga nisbatiga bog'liq.

H2C03 ning turli shakllarining pH ga bog'Iiqligi diagramma orqali ifodalanadi

(1-rasm). pH past bo'lganda (pH<4,2) suvda faqat erkin karbonat kislotasi mavjud. pH ko'tarilagnda (4,24-8,3) suvda erkin karbonat kislota bilan gidrokarbonatlar muvozanatda saqlanib turadi. pH oshib borishi bilan gidrokarbonatlar miqdori ortib boradi, erkin karbonat kislota esa kamayib boradi. pH=8,3—8,4 bo'ganda suvda faqat gidrokarbonatlar bo'ladi (98%).

pH=8,4 - suvda karbonat ionlari paydo bo'lib, ular HC03 ionlari Man muvozanatda saqlanib turadi.

pH >12 - suvda karbonat ionlarining miqdori oshib ketadi.

Bu diagramma yordamida ma'lum pH da karbonat kislotasining turli shakllarining miqdorini hisoblab chiqarsa bo'ladi.

Muvozanat holatida suvda erkin karbonat kislotaning ma'lum miqdoriga ma'lum miqdordagi gidrokarbonatlar to'g'ri keladi. Bu kislota muvozanatli karbonat kislotasi deyiladi.





Download 70.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat